Ishlab chiqarish amaliyotining
malakavIy Ishlab chIqarIsh
Download 37.62 Kb.
|
3-KURS AMALIYOT DASTURI
malakavIy Ishlab chIqarIsh AMALIYOT O‘TKAZILISHINI TASHKIL ETISH
Kafedrada malakaviy ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishdan oldin “Olmaliq KMK” AJ ning zavod va sexlarini tanlab olish zarur. Malakaviy ishlab chiqarish amaliyotini olib borish uchun quyidagi zavod va sexlari tavsiya etiladi: «Olmaliq KMK» AJ ning tarkibiga kiruvchi zavod va sexlar Mis eritish zavodi Ruh zavodi Markaziy ta’mirlash sexi Angren quvur zavodi Angren oltin saralash fabrikasi Chodak oltin saralash fabrikasi va boshqa korxonalar. Talabalar amaliyotini o‘tkazishdan oldin kafedrada yig‘iladi va quyidagi ma’lumotlarni oladilar: - amaliyotni o‘tkazish va uni rasmiylashtirish tartibi xaqida ma’lumot; - me’yoriy-uslubiy xujjatlar to‘plami-amaliyot o‘tadigan korxonaga xat, amaliyot yo‘riqnomasi, kundalik va boshqalar. Amaliyotga o‘quv-uslubiy rahbarlik ixtisoslik kafedrasi tomonidan olib boriladi va o‘qituvchi-rahbar tayinlanadi. Talabalar amaliyot ob’ektining hodimlar bo‘limiga keganlarida korxona tomonidan albatta amaliyot rahbarini tayinlash bilan rasmiylashtiriladilar. Amaliyotning o‘tkazilishini nazorat qilish va amaliyot ma’lumotlarini to‘plashda o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish kafedra o‘qituvchisi amaliyot rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Talabalar amaliyot boshida korxona texnik xavfsizligi va ichki tartib qoidalar bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan tanishdilar. Kafedra tomonidan tayinlangan rahbar amaliyot o‘tkazish uchun taqvim reja tuzadi. Talabalar korxona vakili bilan birgalikda texnika xavfsizlik bo‘yicha instruktaj o‘tkazadilar. Rahbar talabalarni qaysi korxonalarda amaliyot o‘tishi va hisobot uchun qanday ma’lumotlar to‘plashi kerakligi bilan tanishtiradi. Rahbar amaliyot o‘tish jarayonida ekskursiya tashkil qiladi, korxonaning umumiy faoliyati, uning xizmatlari va bo‘limlari bilan talabalarni tanishtiradi. Download 37.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling