Ishlab chiqarish faoliyati Tovar birjasining maqsadi. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining shakllari


Download 23.67 Kb.
bet2/3
Sana28.10.2023
Hajmi23.67 Kb.
#1728817
1   2   3
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining shakllari
Faoliyat murakkabligi bo‘yicha: maxsus bilim talab qilmaydigan, maxsus bilim talab qiladigan, yuqori texnologiyaga va maxsus bilimga asoslangan tadbirkorlik; Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va innovatsion tadbirkorlik faoliyati
Tadbirkorkning qanday vazifani bajarishiga qarab: ishlab chiqarish, boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik va konsalting xizmatiga qaratilgan tadbirkorlik;
Masʼuliyati cheklangan jamiyat — aʼzolari jamiyat majburiyatlari boʻyicha faqat oʻzlari qoʻshgan ulush doirasida javobgar boʻladigan jamiyat.
Ikkitadan kam boʻlmagan jismoniy yoki yuridik shaxslarning kelishuviga koʻra, umumiy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida ularning ulushlarini qoʻshish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat tarkibida yuridik shaxs boʻlgan ishtirokchilar oʻz mustaqilligini va huquqiy shaxsligini saqlab qoladilar. Jamiyat mablagʻlari qatnashuvchilarning ulushi hisobidan shakllantiriladi. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. Jamiyat aʼzolariga pay guvohnomalari beriladi. Jamiyat aʼzosi oʻz ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan oʻtkazishi, sotishi mumkin. Bunday jamiyatlar turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi
Mas., AQSH va Angliyada — Ltd. va LLC, Germaniyada — GmbH (Gesellschaft mit beschränkter Haftung), Fransiyada — SA va SARL va boshqa
Korporatsiya (aksionerlik jamiyati) - aksiva obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan ko‘pgina xususiy kapitallarni birlashtirish natijasida kapital yaratadigan korxonalarni tashkil etish shaklidir.
Xolding iborasi inglizcha “xolding” so‘zidan olingan bo‘lib, ega ma’nosini beradi. Xolding kompaniya mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil aksiyadoriik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyatidir. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksiyadoriik jamiyatlari “aksiyalarining nazorat paketi” kompaniyaning ixtiyorida bo‘ladi. Bundan maqsad aksiyadoriik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish va dividendlar ko‘rinishida foyda olishdir.
Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis hujjatlari, ya’ni korxona Nizomi, kor­xonani tashkil etish haqidagi ta’sischilar shartnomasi va boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va taftish komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli bayonnomasi rasmiylashtiriladi. So‘ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi. Bu hisob raqamiga korxona ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 30 kun ichida Nizom kapitalining 50 foizi kelib tushishi lozim. Keyin korxona ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hukumat idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tadi.
Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega korxonalar esa O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tadi. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vakolatli organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ta’sischilarning arizasi;
- notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari (korxona Nizomi, korxonaning ta’sis shartnomasi);
- korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat;
- davlat bojini to‘laganligi to‘g‘risida bankdan berilgan hujjat;
- hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxo­naning nomlanishi to‘g‘risida berilgan guvohnoma;
- muhr va tamg‘aning uch nusxadagi namunasi.
Yangi korxonani tashkil etishda qonun tomonidan belgilangan tartibning buzilishi yoki uning ta’sis hujjatlarining qonun talablariga mos kelmasligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etilishiga olib keladi.
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish sabablari asoslanmagan yoki korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, sudga murojaat etish mumkin.
Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bo‘lgan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Davlat statistika qo‘mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi qaroridan ko‘chirma nusxasi, hokimiyat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi davlat orderi topshiriladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etilgandan so‘ng korxona rahbariyati:
- dumaloq muhr va tamg‘aga buyurtma berishi;
- bankda hisobvarag‘i ochishi;
- soliq inspektsiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazishi;
- aholini ijtimoiy himoyalash fondidan ro‘yxatdan o‘tkazishi;
- bandlik markazidan ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Dumaloq muhr va tamg‘ani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo‘limi, korxonaning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko‘chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki nusxadagi muhr va tamg‘a chizmalarini taqdim etishi kerak.
Ichki ishlar bo‘limi ruxsatni alohida xat ko‘rinishida beradi. Chizmalar esa kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxona rahbarining arizasi;
- hokimiyat tasdiqlagan ta’sis hujjatlari;
- notarius tasdiqlagan imzo namunalari;
- muhr va tamg‘a bilan tasdiqlangan kartochkalar;
- hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi qaroridan ko‘chirma yoki notarius tasdiqlagan ma’lumotnoma;
- soliq organidan ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Shundan so‘ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini korxona Nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi qo‘yilib, bankning gerbli muhri bosiladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin barcha tabdirkorlik sub’ektlari soliq organiga ro‘yxat (identifikatsiya) raqami olish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat etishlari lozim.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami soliq to‘lovchilar va yuridik shaxslarga soliq organi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi.
Davlat soliq inspektsiyasida tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bir marta amalga oshiriladi va tad­birkorlik faoliyatini to‘xtashi munosabati bilangina bekor qilinadi.
Tadbirkorlik sub’ektlari o‘z identifikatsiya raqamini O‘zbekistan Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq qo‘llaniladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatishi shart.
Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar o‘z omonatlarini to‘laligicha kiritadilar (ro‘yxat­dan o‘tgandan keyin bir yildan kechikmaslik kerak), bankda doimiy hisob raqamini ochadilar, korxona tuman soliq inspek­tsiyasida ro‘yxatga olinadi, o‘zining dumaloq muhri va burchakli shtampiga ega bo‘ladi. Shu vaqtdan boshlab, korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat yurita boshlaydi.
Agar korxona aktsiyadorlik jamiyati sifatida shakllanayotgan bo‘lsa, uning ta’sischilari aktsiyalarni sotib olish uchun unga obuna bo‘lishi lozim. Aktsiyalarni sotib olish uchun obuna ochiq bo‘lganda ta’sischilar kelajakda aktsiyalarga obuna bo‘lish haqida xabarnoma chiqaradi. Xabarnomada aktsiyadorlik jamiyatining predmeti, maqsadi va muddati, ta’sis majlisining vaqti, Nizom jamg‘armasining hajmi, aktsiyalarning miqdori va turi, ularning qiymati, aktsiyalarga yozilish muddati va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Aktsiyaga obuna bo‘lganlar ta’sis majlisi bo‘lgan kuniga qadar aktsiyalar qiymatining 30 %ini kiritishi lozim. Agar aktsiyalar ta’sischilar o‘rtasida bo‘linadigan bo‘lsa, badal miqdori 50 %dan kam bo‘lmasligi lozim. Aktsiyador barcha aktsiyalarni aktsiyadorlik jamiyati ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng bir yildan kechiktirmasdan sotib olishi lozim. So‘ngra ta’sis majlisi o‘tkaziladi. U quyidagi masalalarni hal etishi kerak:
- aktsiyadorlik jamiyatini tuzish;
- aktsiyadorlik jamiyati nizomini tasdiqlash;
- aktsiyalarga obuna tugagandan so‘ng nizom jamg‘armasimiqdorini aniqlash;
- aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv organini saylash;
- jamiyatnin faoliyat yo‘nalishlarini belgilash vaboshqalar.
Ta’sis majlisi muvaffaqiyatli o‘tkazilgandan keyin yangi tashkil etilgan aktsiyadorlik jamiyati ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazilgan jamiyat o‘z faoliyatini yuritishgakirishadi.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi.
Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo‘lgan shaxsning ta’sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan so‘ng, 30 kun ichida litsenziya berish haqida qaror qabul qilinadi.
Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat davlat organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng, 15 kun mobaynida ariza va zarur hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza o‘tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi to‘laydi.
Litsenziya ikki nusxada bo‘lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo‘l qo‘yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi.
Litsenziyada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
- litsenziya berayotgan muassasa nomi;
- yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi;
- litsenziya berilayotgan faoliyat turi;
- faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari;
- litsenziyaning ro‘yxat raqami, berilgan vaqti va muddati.
Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziyada belgilangan qonun-qoidalar yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullansa, u holda litsenziya bergan muassasa tadbirkorni litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir.
Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor li­tsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda litsenziya bergan muassasa litsenziyani bekor qiladi.
Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bo‘lgan muhim vazifalardan biridir.

Download 23.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling