Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Download 0.51 Mb.
|
МАЪРУЗА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat vositalari deb, inson
- Mehnat predmetlari
Ishchi kuchi deb, insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
“Кapital” tushunchasi har xil yondashuvlarda turlicha mazmunga ega. Iqtisodiy resurs sifatidagi kapital ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladigan investitsion vositalardan, ya’ni barcha turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, binolar, inshootlar, ombor xo‘jaliklari, saqlash va transport vositalari hamda boshqa shu kabilardan iborat bo‘ladi. “Кapital” tushunchasiga birinchi yondashuvda uning iqtisodiy resurs sifatidagi moddiy va ashyoviy ko‘rinishini, ikkinchi yondashuvda esa uning umumiy ma’nodagi qiymat ko‘rinishi e’tiborga olinadi. Umumiy ma’noda kapital tushunchasi o‘z egalariga daromad keltiradigan barcha sohalarda ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, moliyaviy resurslar va ishchi kuchini sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘larini qamrab oladi. Bu yerda umumiy ma’nodagi kapital turli shaklda: pul, ishlab chiqarish vositalari, tovar va boshqa moddiy vositalar shaklida bo‘lishi mumkin. Кapital omil sifatida inson tomonidan yaratilgan ishlab chiqarish vositalar, ya’ni mehnat vositalari va predmetlarini o‘z ichiga oladi. Mehnat vositalari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xomashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuloti, ya’ni xomashyo bo‘lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi, shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling