Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
Download 0.51 Mb.
|
МАЪРУЗА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Кonglomerat diversifikatsiya
- Mahalliylashtirish mahsulot
Diversifikatsiyalash (lotincha “diversys” – har xil, “facese” qil- moq, bajarmoq) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, maqsadida korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, chiqa- riladigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirishga qaratilgan jarayondir. Diversifikatsiyalash vertikal, gorizontal va konglomerat bo‘lishi mumkin. Vertikal diversifikatsiyalash – bir xil yo‘nalishda ixtisoslashgan korxonalarning tarmoq darajasida ishlab chiqaradigan mahsulotlari turini ko‘paytirish va faoliyatlarini tarmoq ichida kengaytirishni bildiradi.
Gorizontal diversifikatsiyalash – turli tarmoq korxonalari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish va h.k.) ning yagona texnologik jarayonga qo‘shilib borishi orqali mahsulot turlarining ko‘payishi va faoliyatlarining tarmoqlararo kengayishini anglatadi. Кonglomerat diversifikatsiya korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini texnologik jarayon, tovar turlari va turli bozorlar talabini hisobga olib ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. Istiqbolda mahsulot turlarini ko‘paytirish, tijorat faoliyatini rivojlantirish va bozorni kengaytirishga qaratilgan harakat diversifi- katsiya strategiyasi mazmunini anglatadi. Bu korxonalarda mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, milliy va chet el kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish kabi usullarda amalga oshiriladi. 60Xarajatlarni kamaytirish va mahsulot tannarxini pasaytirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mahalliylashtirish darajasini o‘stirib borish muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev qayd qilib o‘tganlaridek samaradorlikni oshirishning muhim omili... “..asosiy va yordamchi tarmoqlarni barqaror rivojlantirish, ortiqcha xarajatlar va tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va importning qisqarishi”3 dan iborat. Mahalliylashtirish mahsulot ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanishga ustuvorlik berishni anglatib, bu 4pirovardida nafaqat tannarxni pasaytirish, balki import qilinadigan tovarlar hajmini qisqartirish imkonini ham beradi. Importning qisqarishi sof eksportni ko‘paytirish orqali milliy iqtisodiyot samaradorligini o‘sib borishiga olib keladi. Respublikamizda faqat 2017-yilning o‘zida mahalliylashtirish dasturlari to‘liq amalga oshirilmaganligi natijasida unda ko‘zda tutilgan “qariyb 400 million dollarlik mahsulot chetdan import qilingan”11. Shu sababli, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi”*da ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda eng avvalo, iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hiso- biga uning raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraladi. Tayanch tushunchalar Ishchi kuchi – insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yig‘indisi. . * keyingi o‘rinlarda qisqacha “Harakatlar strategiyasi” deb ketiladi. 61Mehnat qurollari – insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qilishga xizmat qiladigan vositalar: mashinalar, stanoklar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar. Mehnat predmetlari – bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar (yer - suv, xomashyo, materiallar va boshqalar). Ishlab chiqarish jarayoni – kishilarning maqsadni ko‘zlab amalga oshiriladigan faoliyati bo‘lib, iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan jarayon. Ijtimoiy ishlab chiqarish – o‘zaro bog‘liqlikda va doimiy aloqada bo‘lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning birligidan iboratdir. Ishlab chiqarishning umumiy samarasi – ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga sarflangan resurs xarajatlari o‘rtasidagi nisbat. Ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik. Qo‘shilgan kapital – ishlab chiqarishda mavjud band bo‘lgan kapital miqdori ustiga yangi qo‘shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda kapital miqdorining o‘sgan qismi. O‘rtacha mahsulot – jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir-birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori. Qo‘shilgan mahsulot – so‘nggi qo‘shilgan omil: kapital yoki ishchi kuchi hisobiga o‘sgan mahsulot. Muhokama uchun savollar 1. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat? 2. Omil sifatidagi kapital tushunchasiga ta’rif bering va uning tarkibiga nimalar kirishini tushuntirib bering. 3. Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini tushuntiring. 4. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushun- tirib bering. 5. Milliy mahsulotning tarkibi nimalardan iborat? 6. Кeyingi qo‘shilgan mehnat, kapital va qo‘shilgan mahsulot tushunchalarini izohlab bering. 627. Qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borish qonunini tushuntiring. 1 Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 11. 2 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. 3 10 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: «O‘zbekiston», 2017 14-yanvar. 14 bet. 4 11 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: «O‘zbekiston», 2017 14-yanvar. 26 bet Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling