Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari


Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi


Download 0.51 Mb.
bet4/9
Sana07.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1174159
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
МАЪРУЗА

Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi

Ehtiyojlarning doimo yuksalib borishi resurslarning cheklanganligi sababli ularni to‘la qondirish uchun zarur bo‘lgan miq- dorda tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishning imkonini bermaydi. Shu sababli, cheklanganlik tanlovda muqobillikni taqozo etadi. Oila budjetini cheklanganligi hayot kechirish uchun zarur buyumlarni qaysi birini xarid qilishni, vaqtimizni cheklanganligi qaysi ishni bajarishimizni, resurslarni cheklanganligi ularni qaysi tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish, davlat budjetining cheklanganligi ularni qanday maqsadlar uchun ishlatishni tanlashni zarur qilib qo‘yadi. Masalan, talaba o‘z vaqtini dars tayyorlashga yoki dam olishga sarflashi mumkin. Dehqon o‘z yeriga piyoz yoki kartoshka ekishi mumkin. Tadbirkor o‘z puliga yangi uskuna yoki xomashyo sotib olishi mumkin. Budjet mablag‘ini yangi maktab yoki ko‘prik qurishga sarflashi mumkin va hokazo. Ana shu imkoniyatlardan birini tanlash qolganlaridan voz kechishga olib keladi yoki biridan ko‘proq, ikkinchisidan kamroq tanlashimizga to‘g‘ri keladi. Tanlash to‘g‘risidagi qarorlarni muqobil qiymatlarni taqqoslash asosida chiqaramiz.
Tanlovning muqobil qiymati deb, uning natijasida voz kechilgan imkoniyatlar ichidan bu maqsad uchun eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi qiymatga aytiladi.1
Muqobil qiymat doimiy, o‘sib boruvchi va pasayib boruvchi bo‘lishi mumkin. Muqobil qiymatni ilmiy abstraksiya usulini qo‘llab, ikki tur mahsulot ishlab chiqarish misolida tahlil qilamiz. Iqtisodiyoda ikki xil mahsulot – guruch va avtomobil ishlab chiqariladi deb, faraz qilamiz. Barcha resurslar 100 birlikdan iborat. 1 tonna guruch yetishtirish uchun 2 birlik, bir dona avtomobil ishlab chiqarish uchun 4 birlik resurs zarur. Agarda guruchni X, avtomobilni Y bilan belgilasak, mavjud resurslardan foydalanib ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi.
2X+4Y=100


Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi
1-jadval

Agar mavjud resurslardan faqat avtomobil ishlab chiqarsak, u 25 ta, faqat guruch yetishtirsak 50 tonnaga teng keladi. Birinchi tovarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, albatta, ikkinchisining kama- yishi hisobiga ro‘y beradi.
Jadval ma’lumotlarini grafikda aks ettirsak, ikki turdagi mahsulot ishlab chiqarishning turlicha uyg‘unlashuvi mavjud bo‘lishiga ishonch hosil qilamiz.
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning asosi bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling