Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi
Download 41.02 Kb.
|
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rtacha jismoniy ishlar
Engil jismoniy ishlar (1-kategoriya)ga o‘tirib, turib yoki yurish bilan bog‘liq bo‘lgan holda bajariladigan, biror muntazam jismoniy zo‘riqish yoki og‘ir yuklarni ko‘tarish talab qilinmaydigan ishlar misol bo‘lib, bunda soatiga 150 Kkal (172 j/s) energiya sarf qilinadi.
O‘rtacha jismoniy ishlar (2-kategoriya)ga soatiga 150-250 Kkal (172-293 j/s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og‘irligi 10 kg gacha bo‘lgan yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar misol bo‘ladi. Og‘ir jismoniy ishlar (3-kategoriya)ga muntazam jismoniy zo‘riqish, og‘ir (10 kg dan ko‘p) yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Harorat, nisbiy namlik va havo harakati tezligi optimal va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlar ko‘rinishida normalanadi. Optimal miqdorlar deganda odamga uzoq muddat davomida va muntazam ta’sir qilganda issiqlik boshqarilishi reaksiyasini ko‘paytirmasdan organizmning normal funksional va issiqlik holatini saqlashni ta’minlaydigan mikroiqlim parametrlarining yig‘indisi tushuniladi. Ular issiqlik sezish mo‘‘tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini oshirishda muhim shart-sharoit hisoblanadi. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari organizmning funksional va issiqlik holatdagi o‘zgarishlarni, fiziologik moslashish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan issiqlik boshqarilishi reaksiyalariing kuchayishini bartaraf etadigan va me’yorga soladigan mikroiqlim parametrlari yig‘indisini ifodalaydi. Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo‘‘tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin. 1, 2, 3- jadvallarda sovuq va o‘zgaruvchan davr uchun mikroiqlimning optimal va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan (YQMB) parametrlari keltirilgan: GOST 12.1.005-76 da xonalarning katta-kichikligi, issiqlik va namlik ajralishining birga uchrashi, doimiy harorat va namlikni sun’iy usulda ushlab turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qo‘shimcha tavsiyalar, aniqliklar berilgan. 1-jadval Download 41.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling