Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi


Silkinishning zararli ta’siri


Download 41.02 Kb.
bet9/13
Sana03.05.2023
Hajmi41.02 Kb.
#1423662
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi

Silkinishning zararli ta’siri
Silkinish ishlab chiqarish zarari bo‘lib, odam tanasiga yoki uning ayrim qismlariga bevosita beriladigan mexanik tebranma harakatlardir. Qattiq jismlarning sekundiga 26 tadan kam (infratovushlar) va 20000 dan yuqori (ultratovushlar) tebranishi eshitish organi tomonidan tovush sifatida qabul qilinmaydi. Odam organizmi ularni fizika nuqtai nazaridan ma’lum bir davr ichida takrorlanadigan tebranuvchi harakatlar yig‘indisidan iborat silkinish sifatida qabul qiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida silkinish odam organizmiga bilvosita yoki bevosita ta’sir qiladi.
Silkinishnning bilvosita ta’siri mashinalarning ko‘pincha polning va dvigatellarning, asbob-uskunalarning va bolg‘alar dinamik zarbi natijasida kelib chiqadi.
Silkinishning bevosita ta’siri, asosan rotatsion va zarb ta’siri bo‘lgan turli xildagi pnevmatik asboblarni ishlatishdan paydo bo‘ladi. Ular mashinasozlik sanoatida, kesadigan, teshadigan va charxlash mashinalari, yo‘l qurilishida ishlatiladigan pnevmatik mashinalar va shunga o‘xshashlar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan turli xildagi pnevmatik asboblarni ishlatishda faqat ish qilayotgan qo‘lga silkinish ta’sir qilibgina qolmay, balki tananing boshqa qismlari, ayniqsa asboblar uchun tirgak bo‘ladigan yoki ishlanayotgan buyumlarni bosib turadigan oyoqqa ham ta’sir qiladi.
Silkinishning odam organizmiga ta’sir qilishiga baho berishda gigienik jixatdan eng muxim bo‘lgan narsa, silkinishning chastotasi va amplitudasi hisoblanadi. Turli chastotadagi silkinish ta’siriga duchor bo‘ladigan ishchilarni klinik tekshirish va o‘tkazilgan maxsus tajriba yo‘li bilan, 25 gs dan ortiq bo‘lgan silkinishning vegetativ nerv sistemasiga, asosan qon tomirlari sistemasiga yomon ta’sir qilishi aniqlangan. Bu ta’sir barmoqdagi kapillyarning spazmalari va teri sezgisining barcha turlari: og‘riqni sezish va silkinish bilan ifodalanadi.

Shovqin va silkinishga qarshi ko‘riladigan tadbirlar
Ishlab chiqarishdagi qattiq shovqinlarni keskin kamaytiradigan yoki yo‘qotadigan choralarga, birinchi navbatda shovqin chiqaradigan texnologik protsesslarni yoki asbob uskunalarni o‘zgartirish kiradi.
Mashinalar, stanoklar va boshqa turdagi mexanik asbob uskunalarning ishlashida shovqin va silkinishni keltirib chiqaruvchi sabablar eng avvalo harakat qilish protsessida ulardagi ayrim qismlarning bir-biriga urilishi, mashinalarning silkinuvchi va aylanib harakat qiluvchi qismlari kiradi. Bu sabablarni yo‘qotishni asbob uskunalarni konstruksiyalash vaqtidan boshlash kerak.
To‘suvchi konstruksiya bilan tovush yutilishini shunday hisoblab chiqish kerakki, devor satxiga urilib aks sado qaytarish natijasida kelib chiqadigan shovqin qattiqligi yoki tezlik darajasi 3 detsibeldan oshib ketmasin. Imkon boricha, shovqinli ishlarni ochiq joylarda bajarish kerak. Shovqinli ishlar bino ichida bajariladigan bo‘lsa, bu binolarni boshqa binolardan alohida qilib qurish kerak. Masalan, nihoyatda shovqin chiqaradigan, sim, mix yasaydigan, to‘qimachilik va shtampovka qiladigan sexlarni shovqinsiz yoki kam shovqinli texnologik jarayonlar joylashgan binolardan ma’lum uzoqlikda alohida qurilgan binolarga joylashtirish kerak. Bu ikkala binolar o‘rtasiga daraxtlar ekilsa ular shovqinning kamayishiga yordam beradi.
Shovqinli sexlarni shovqinsiz yoki kam shovqinli sexlar bilan bir binoga qurish zarur bo‘lgan holda ularning devorlarini va shiplarini tovushni yutadigan, masalan, akustik suvoq, akustik cherepitsa, kigiz, yung va boshqalar bilan qoplash kerak. Akustik suvoq tarkibiga asosiy material sifatida pozma yoki shlak kiradi, mannezit, sement, ohak, gips va boshqalar biriktiruvchi materiallar bo‘lib hisoblanadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, shovqinni yutuvchi materiallar yordamida shovqin kuchini deyarli 10 marta kamaytirish mumkin ekan.
Shovqin tarqalishining oldini olishda, tovush yutishga qaraganda tovush to‘sish yoki tovush paydo bo‘ladigan joylarda uni tutib qolish katta ahamiyatga ega ekanligi shubxasizdir.
Ishlab chiqarish sharoitda shovqin va silkinishga qarshi kurashish maqsadida mashinalarning titrashi va silkinishini yo‘qotishga harakat qilish kerak.
Kuchli shovqin chiqaradigan va silkinadigan mashinalarni yumshoq materiallardan, masalan moskalitdan (kigiz va probkalarning kombinatsiyasi) ishlangan maxsus poydevorga o‘rnatiladi. Shunda ham poydevorlar binoning boshqa qismilaridan havo qatlamlari bilan ajralib turishi kerak. Elektr dvigatellarni moskalit va rezinadan ishlangan yumshoq tayanchga o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Ishchilar organizmiga silkinishning ta’sirini kamaytirish yoki uni tamoman yo‘qotishga polning tebranish davriga qaraganda uzoqroq tebranib turadigan supacha-amortizatorlarni qo‘llash bilan erishish mumkin, bunda tebranish ishchi kuchiga ta’sir qilmaydi. G‘ildiraklar, turbinalar va shunga o‘xshash asbob uskunalarning aylanadigan qismlari kuchli silkinish hosil qilmasligi uchun mumkin qadar ularni bir taraflama emas, balki ikki tomonlama tayanchlarga o‘rnatish kerak. Bu ayniqsa katta hajmdagi asbob-uskunalar, masalan, yuqori nomerli markazdan qochirma ventilyatorlarning g‘ildiraklari uchun muximdir. Masalan, shofyorlarda, uchuvchilarda, traktorchi, kombaynchi va shunga o‘xshashlarda o‘rindiqdan o‘tadigan silkinishlarni turli xildagi yumshoq narsalarni, yostiqcha prujina va boshqalarni qo‘yib kamaytirish kerak.
Shovqin va silkinishni organizmga ta’sirini kamaytirishda ishchilarni mehnat qilish rejimi e’tibor berib va normal mehnat sharoitini tashkil etish kerak.
Shovqin va silkinishga qarshi kurashda maxsus kiyimlar ham muhim ahamiyatga ega. Quloqni shovqindan himoya qilish uchun maxsus antifonlar, silkinishga qarshi maxsus oyoq kiyimlari va qo‘lqoplar beriladi. Silkinadigan asboblarni ushlanadigan joylari rezina bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
Shovqinli va silkinishli ishlarda ishlaydigan ishchilar vaqti-vaqti bilan meditsina ko‘rigidan o‘tib turadilar. YAngi qabul qilinadigan ishchilar esa maxsus meditsina ko‘rigidan o‘tishi zarur.


Download 41.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling