O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» fakulteti
«Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi
«Soxaning texnologik o`lchashlari va asboblari» fanidan
« Gidrostatik zichlik o`lchash vositalarini tekshirish usullari» mavzusida
Kurs ishi
Bajardi:
Qabul qildi:
Toshkent – 2023
Gidrostatik zichlik o`lchash vositalarini tekshirish usullari
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
Gidrostatik zichlik o`lchash vositalarining turlari.
Gidrostatik zichlik o`lchash vositalarini tekshirish usullari.
Zamonaviy gidrostatik zichlik o`lchagichlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Moddalarning zichligi texnologik mahsulotning sifatini, ba’zi hollarda esa tarkibini ham xarakterlovchi asosiy parametrlardan hisoblanadi. Zichlikni avtomatik o`lchash asboblari kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlaridagi bir qator jarayonlarni kompleks avtomatlashtirishdagi muhim elementlardandir. Masalan, bug`latuvchi qurilmalar, absorber, distillyasion, rektifikasion qurilmalar va boshqa apparaturalar ishini nazorat qilish hamda boshqarish zichlikning uzluksiz o`lchab turilishini talab qiladi. Ba’zi ishlab chiqarishda suyuqliklarning zichligi erigan modda konsentrasiyasini aniqlash maqsadida o`lchanadi.
Modda massasining hajmga nisbati zichlik deyiladi, ya’ni
bu erda ρ – zichlik, kg/m3, t – moddaning massasi, kg; В – moddaning hajmi, m3.
Suyuqlikning zichligi haroratga bog`liq va normal (20° C) haroratda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bu erda ρt – suyuqlikning ish haroratidagi zichligi, kg/m; β – suyuqlik hajmiy issiqlik kengayishining o`rtacha koeffisienti 1/°S; t– suyuqlikning temperaturasi, °C.
Do'stlaringiz bilan baham: |