«Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi


Zichlik o`lchagich – plotnomer−densitometr


Download 64.08 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi64.08 Kb.
#1499025
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kursavoy

Zichlik o`lchagich – plotnomer−densitometr
Sanoatda suyuqlikning zichligini o`lchash uchun qalqovichli, vaznli, gidrostatik va radioizotopli zichlik o`lchagichlar eng ko`p qo`llaniladi va ular odatda texnologik zichlik o`lchagichlar deb nomlanadi.
Yana sanoatda ultratovushli, laboratoriya zichlik o`lchagichlari ham ishlatiladi. Laboratoriya zichlik o`lchagichlariga aerometrlar, piknometrlar va gidrostatik tarozilar kiradi.
Qalqovichli yoki areometrik zichlik o`lchagichlar Arximed qonuniga asoslanib ishlab chiqilgan bo`lib, suyuqlikka solingan areometr itarib chiqqan suyuqlik massasi areometr massasiga teng. Bunday o`lchash asboblari zichlikni ko`rsatish diapazoni bo`yicha 0,2-2 % gacha xatolikka ega bo`ladi.
Vaznli zichlik o`lchagichlar suyuqlikning ma’lum hajmini doimiy ravishda tortib turishga asoslangan bo`lib, 0,5-1 % xatolikka ega.
Gidrostatik zichlik o`lchagichlar o`zgarmas balandlikdagi suyuqlik ustuni hosil qildayotgan bosimni o`lchashga asoslangan bo`lib, xatoligi 4%.
Radioizotopli zichlik o`lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlik qatlamiga berilgan nurlanish dastasini yutilishi natijasida kuchsizlanishini aniqlashga asoslangan, xatolig 2%.
Vibrasion zichlik o`lchagichlar suyuqliklarda qo`zg`atilgan tebranishlarning rezonans chastotalari suyuqlikning zichligiga bog`liqligiga asoslanib ishlaydi, xatoligi (1–2) x10-4 g/sm3 ni tashkil etadi.
Ultratovushli zichlik o`lchagichlar muhitlardagi tovush tezligi muhitlar zichliklariga bog`liqligiga asoslangan, bunday asboblarning xatoligi taxminan 5%.
Laboratoriya zichlik o`lchagichlari moddalarning nisbiy zichligini dastakli tarzda davriy o`lchash uchun ishlatiladi. Asosan ularga aerometrlar, piknometrlar va gidrostatik tarozilar kiradi.
Areometrlar o`zgarmas massali va o`zgarmas hajmli turlarga farqlanadi. O`zgarmas massali areomaetrlar zichlik shkalasi, termometr bilan bog`lab turuvchi ballastdan tashkil topadi. O`zgarmas hamjlilarida belgi va tosh tarelkasini ulab turuvchi ballast bo`ladi.
- Densimetrlar o`zgarmas massali areometrlar bo`lib, zichlik birliklarida darajalanadi.
- shuningdek, ushbu guruhga eritmalar konsentrasiyasini aniqlovchi asboblar ham kiradi, faqat ularning shkalalari hajm yoki massa bo`yicha foizlarda darajalanadi. Bunday asboblar laktometr (sutning yog`lilik darajasini o`lchaydi), spirtomer (suvdagi spirt miqdorini o`lchaydi), saxarometr (siroplardagi shakar miqdorini aniqlaydi).
Qattiq jismlar zichligini o`lchash ularning vaznini ikki marta o`lchashga to`g`ri keladi. Birinchi marta havoda o`lchanadi bu natija uning massasini aniqlash uchun kerak. Ikkinchi marta zichligi oldindan ma’lum bo`lgan suyuqlikda. Ko`pincha distillangan suv ishlatiladi. Suvda va havoda o`lchash natijalarining farqi qattiq jism hajmini aniqlash uchun ishlatiladi.
Gidrostatik o`lchashlar analitik, texnik va namunaviy tarozilarda o`lchashlarda turli aniqlik darajasini ko`rsatadi. Ko`pincha o`lchashlar tezkor tarozilarda o`tkaziladi, ularning aniqligi pastroq. Bunday tarozilarga Mor va Vestfal tarozilarini misol keltirish mumkin..
Qalqovichli zichlik o`lchagichlarda Arximedning qalqovichga ta’sir etuvchi itarib chiqaruvchi kuchining suyuqlik zichligiga bog`liqligidan foydalaniladi. Bu asboblar suzib yuruvchi va batamom cho`kadigan qalqovichli bo`ladi. Birinchi tur asboblarda zichlikni o`lchash sifati qalqovichning cho`kish chuqurligiga bog`liq bo`ladi. Ikkinchi tur asboblarda qalqovichning cho`kish chuqurligi o`zgarmaydi, faqat uning itaruvchi kuchi o`lchanadi, bu kuch esa suyuqlikning zichligiga proporsional bo`ladi.

Birinchi tur zichlik o`lchagichlarda qalqovichning og`irlik kuchi qalqovichga zichligi ρ bo`lgan, tekshirilayotgan muhit tomonidan, ham suyuqlik yuzasida bo`lgan, zichligi ρ0 bo`lgan muhit tomonidan ta’sir etadigan itaruvchi kuch bilan muvozanatlashadi. Qalqovich muvozanatda turganida itaruvchi kuch qalqovichning og`irlik kuchiga teng bo`ladi. Bunda tekshirilayotgan muhit zichligining har bir qiymatiga qalqovichning ma’lum botish chuqurligi mos keladi..



Download 64.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling