«elektronika va avtomatika» fakulteti
Download 117.51 Kb.
|
Hamrayev Mirzohid bek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalqovichli zichlik o’lchagichlarning turlari va ularning tekshirish usullari
- II BOB Suyuqliklarning zichligini o‘lchash asboblari va usullari bilan tanishish 2.1 Qalqovichli zichlik o‘lchash asboblari ish prinsipini o‘rganish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI «ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI «ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH» KAFEDRASI «Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari» fanidan «Qalqovichli zichlik o’lchagichlarning turlari va ularning tekshirish usullari» mavzusida KURS ISHI Bajardi: 12s-20tja guruh talabasi Hamrayev Mirzohid Rahbar: ass. Ortiqov E.E. MUNDAREJA Kirish I.BOB Nazariy qism 1. Qalqovichli zichlik o’lchagichlarning turlari. II BOB Suyuqliklarning zichligini o‘lchash asboblari va usullari bilan tanishish 2.1 Qalqovichli zichlik o‘lchash asboblari ish prinsipini o‘rganish 2.2 Ishni o‘tkazish uslubi. 3.Xulosa 4.Foydalanilgan adabyoshtlar. Kirish Bizga miqdor emas, sifat kerak. Bunga erishish uchun esa xorij tajribasini yaxshilab о 'rganish zarur, Qaysi davlat kadrlar tayyorlashga alohida e ’tibor qaratsa, o'sha yutadi. Umiy asoslangan tajriba asosida kadrlar tayyorlash tiziminiyo ‘Iga qo ‘yish eng muhim vazifamizdir. Sh.M. Mirziyoyev. Barchaga ma’lumki, o‘lchashlaming umumiy nazariyasi metrologiyaning asosiy muammolari bo‘lib hisoblanadi. “O'lchash” tushunchasi ham falsafiy (anglash nazariyasida), ham maishiy (bir litr suvga qancha tuz zarur), ham tijoriy (o'lchangan miqdorga to‘lov qilish, masalan, elektr energiyasi uchun), ham texnik (mahsulot tayyorlashda kerak bo‘lgan komponentlaming o'lchami, vazni, parametrlari), ham ilmiy nuqtayi nazardan talqin qilinishi mumkin. Qaysi talqinda bo'lishidan qat’iy nazar, o'lchash natijasining aniqlik bilan hamohang bo'lishligi zarur talablardan biridir. Bu esa o‘z navbatida, olingan o'lchash natijalariga tayangan holda, qaror qabul qilishda yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan tavakkalchilikni (risk) ta’minlash uchun zurur hisoblanadi. Qaror qabul qilish esa o'z navbatida turli subyektlarning o'zaro kesishuvida amalga oshiriladi. O'lchash birliligini ta’minlash inson oldida asrlar osha o'ta muhim masala bo'lib kelgan, u hozir ham aktual, kelajakda ham shunday bo'lib qoladi, zero, vaqtga bog'liq tarzda talablar ham ortib bormoqda. Umuman olganda, o'lchash orqali haqiqiylikdan abstraksiyaga o'tish amalga oshiriladi, ya’ni, obyektlaming haqiqiy xossalari va holatlaridan ulaming xossalarini baholovchi kattaliklar va bu kattaliklaming qiymatlariga o'tish. Boshqacha qilib aytganda, borliqni anglash nuqtayi nazarida o'lchash - inson (yoki mashina) ongi tomonidan haqiqiylikni aks ettirish va qayta tiklash deb qaralishi mumkin. Metrologiya uchun (uning fundamental qismi bo'lgan o'lchash nazariyasi uchun) muntazam rivojlanib borayotgan tushunchalar tizimini tartiblashtirish asosiy gnoseologik aspekt bo'lib hisoblanadi. Shu sababdan atamalar bo'yicha yangi xorijiy yoki milliy normativ 6 hujjatlar ishlab chiqilganda “oichash” atamasiga odatda qandaydir aniqlovchi qoidalar kiritiladi. Eslatib o‘tamiz, falsafiy ma’nosi bo'yicha: oichash - material obyektlaming tavsiflarini tegishli oichash asboblari yordamida aniqlashni maqsad qilib qo'ygan anglash jarayonidir. Bu jarayon empirik darajada amalga oshiriladi. Boiajak metrologlar hamda sifat bo‘yicha mutaxassislar uchun oichash protseduralarini tahlil qila olish ko'nikmalari ulaming kompetentligini tasdiqlovchi asosiy omil hisoblanadi. Joriy yilda respublikamizda energetika, neft-gaz, mashinasozlik, geologiya, transport, yo‘1 qurilishi, qishloq va suv xo'jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog'ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o'tgan yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport - 28 foizga ko‘paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019-yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi.3 Sanoatning barcha sohalarida manfaatdorlikni oshirish borasidagi o‘rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg'or texnologiyalar joriy etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida oliy ta’limdagi mayjud holatni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish hamda modemizatsiya qilishni talab etadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida “0 ‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Biming uchun, awalambor, tashabbuskor islohotchi boiib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o'quv yurtigacha - ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun, awalo, ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak, Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va, albatta, to‘g‘ri yoidan 3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MiromonovichMirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 25.01.2020 y. 7 adashish bo'ladi”4 degan fikrlami ilgari surib, bu borada o'z tavsiyalarini berdi. Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklami yaratish bilan birga, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga etkazish vazifasi ustuvor qilib belgilandi. 0 ‘zbekistonda islohotlar, shu jumladan, oliy ta’lim tizimida jadal amalga oshirilmoqda, zero mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish uchun oliy ta’lim muassasalarida ham muayyan o‘zgarishlar qilishni talab etadi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada ko‘rib chiqilayotgan yettita asosiy bo‘limlar “O'lchash usullari va vositalari” fanining dasturida o‘z aksini topgan hamda kelgusida o‘tiladigan ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirish jarayonida keng qo'llaniladi. Birinchi bo'lim mavzusi (metrologiyaning fundamental tushunchalari) original hisoblanib, ko'plab adabiyotlarda va monografiyalarda yoritilgan o'lchash nazariyasi haqidagi ma’lumotlami to'ldirib borishda yordam beradi Download 117.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling