«Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi


PJS tipidagi zichlik o`lchash sxemasi


Download 64.08 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi64.08 Kb.
#1499025
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kursavoy

PJS tipidagi zichlik o`lchash sxemasi.

O`lchash kamerasi ichida bir-biridan ma’lum masofada silfonlar 11 va 14 joylashtirilgan bo`lib, ular koromislo 13 bilan birlashtirilgan bo`ladi. O`lchash kamerasi ichidagi suyuqlikning zichligi o`zgarganida silfonlarning deformasiyasi o`zgaradi va koromislo o`zining tayanch nuqtasi atrofida buriladi. Koromislo 13 burchakli richag 9 orqali unifikasiyalangan pnevmo o`zgartkichning T- simon richagi И bilan birlashgan. Richagning chiqishidagi germetiklikni membrana 10 ta’minlaydi. Chiqish konstruksiyasi richag 9 ning burilish ehtimolini ko`zda tutadi.


Silfonlar 11 va 14 ning, shuningdek, o`lchanayotgan suyuqlik temperaturasining o`zgarishi keltirib chiqaradigan xatolikni kompensasiyalash uchun mo`ljallangan silfon 12 ning ichki bo`shliqlari ketma-ket ventilli naycha bilan birlashtirilgan. Silfonlar zichligi minimal bo`lgan nazorat qilinayotgan suyuqlik bilan to`ldirilgan. PJS-P zichlik o`lchagichi 500-2500 kg/m3 diapozonidagi zichlikni o`lchashga imkon beradi.
3-rasmda tenzometrik zichlik o`lchagichning sxemasi keltirilgan. Nazorat qilinayotgan suyuqlik idish 1 ga shtuser 2 orqali uzluksiz tushib turadi va undan to`kish shtuseri 3 orqali chiqib ketadi, bu esa idishda doimo bir xil sath bo`lishini ta’minlaydi. Asosiy idish 1 ning ichida etalon suyuqlik bilan to`ldirilgan idish 4 joylashtirilgan bo`lib, uning zichligi nazorat qilinayotgan mahsulotning minimal zichligiga teng bo`lishi kerak. Etalon suyuqlik tuynuk 5 orqali kiradi, ortiqchasi esa to`kish trubasi 6 orqali chiqib ketadi. Bu bilan sathning doimiyligiga, ballast bosimning va temperatura o`zgarishlarining kompensasiya qilinishiga erishiladi.


3-rasm



Tenzometrik zichlik o`lchagich sxemasi
Nazorat qilinayotgan mahsulot zichligi ozgina o`zgarishi bilan elastik element 8 ning markaziga elimlab yopishtirilgan tenzodatchik 7 ning qarshiligi o`zgaradi. Zichlik o`lchagichi sifatida elektron avtomatik ko`prik 9 ko`llanilgan bo`lib, uning elkalarining biriga tenzodatchik 7 ulangan. Ko`prik shkalasi zichlik birliklarida darajalangan. O`lchashning pastki chegaralari ko`prik shkalasini darajalashda idishlar 1 va 4 ni zichligi tekshirilayotgan suyuqlikning minimal zichligiga teng bo`lgan suyuqlik bilan to`ldirishda aniqlanadi.

4-rasm


Download 64.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling