«Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi
Ximotronli zichlik o`lchagich sxemasi
Download 64.08 Kb.
|
kursavoy
Ximotronli zichlik o`lchagich sxemasi.
4-rasmda ximotron zichlik o`lchagichining sxemasi keltirilgan. Zichligi o`lchanishi kerak bo`lgan suyuqlik idish 1 ga kirish shtuseri 2 orqali uzluksiz kirib turadi va undan to`kish shtuseri 3 orqali chiqib ketadi. Idish 1 ning ichida etalon suyuqlik solingan idish 4 joylashtirilgan. Etalon suyuqlik idish 4 ga tuynuk 5 orqali beriladi va undan to`kish trubasi 6 orqali chiqib ketadi. Etalon suyuqlikning zichligi nazorat qilinayotgan suyuqlikning minimal zichligiga teng qilib olinadi. Asbobning konstruksiyasi sathning o`zgarmasligini va ballast bosimning kompensasiyalanishini ta’minlaydi. Nazorat qilinayotgan suyuqlik kirayotgan oqimining mavjlanish ehtimolining oldini olish uchun to`siq 7 ko`zda tutilgan. Plastmassa korpusli ximotron datchik 8 elektrolit bilan to`ldirilgan. Elektrolit kaliy yodidning bir oz yod qo`shib tayyorlangan suvdagi eritmasidir. Datchikning elastik membranasi 9 bosim ozgina o`zgarganida ham egiladi. Datchik korpusining ichida ikkita to`rsimon platina elektrod bor, ulardan biri ko`shimcha katod 10 bo`lib xizmat qiladi va tok manbai 11 ning minusi bilan birlashtirilgan, ikkinchisi anod 12 bo`lib xizmat qiladi va ta’minlash manbaining plyusiga ulangan. To`siqdagi parron teshikda o`rnatilgan uchinchi elektrod anod hamda katod kameralarini ajratib turadi va asosiy katod 13 hisoblanadi. Ximotron datchikning membranasi 9 shtok 14 yordamida idish 4 ning elastik elementi 15 bilan biriktirilgan. Zichlikning ozgina o`zgarishi elastik element 15, binobarin, ximotron dat¬chikning membranasi 9 ning egilishini vujudga keltiradi. Datchik membranasining siljishi natijasida elektrolit anod kamerasidan katod kamerasiga oqib o`tadi, bu esa mikro¬ampermetr zanjirida tokning ancha ko`payishiga olib keladi, uning shkalasi bevosita zichlik birliklarida darajalangan bo`ladi. Bugungi kunda ishlab chiqarishda kech miqyosda qo`llaniladigan gidrostatik zichlik o`lchash asboblari: Honeywell STF800 Smartline Hydrostatic Level Trasnmitter. Honeywell Multivariable Transmitters and products Xulosa Men bu kurs ishini bajarish mobaynida zichlik o`lchash vositalarining turlari: Download 64.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling