Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish tizimlari bilan ishlash
Download 0.52 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4 Avtomatlashtirish bosqichlari.
Yarimavtomat – avtomatik ish sikli bilan ishlaydigan mashina hisoblanadi. Bunda ish davrini takrorlanishi uchun ishchining aralashuvi kerak bo’ladi. Masalan, zagotovkalarni yuklash, mashinani ishga tushirish va to’xtatish, tayyor buyumlarni olish va tekshirish shular jumlasidandir.
Avtomat – o’z-o’zidan boshqariladigan ish mashinasi bo’lib, tekshirish va sozlashdan tashqari, barcha ish davrlarini va salt yurishlarni bajaradi. Har qanday ishchi mashina uchtaasosiy mexanizmlar (yuritish, uzatish, bajaruvchi) dan iborat. Ularning eng asosiysi ishlov berish aniqligi va unumdorligi, hamda mashina imkoniyatlarini aniqlovchi bajaruvchi mexanizmlar hisoblanadi. 2.4 Avtomatlashtirish bosqichlari.Avtomatning avtomatik ishlashi uchun ishchi va salt yurishalarni boshqarish mexanizmlari bo’lishi va ular ma’lum dastur asosida ketma-ket ishlashini ta’minlanishi zarur. 2.2-rasmda avtomatning taxminiy struktura sxemasi ko’rsatilgan. Sxemadan ko’rinib turibdiki, mexanizmlar majmuini, o’z navbatida, har biri ish siklining ma’lum operatsiyasini bajaradigan bir qancha mexanizmlarga bo’lish mumkin. Ma’lum vazifani bajaradigan mexanizmlarning soni va vazifasi avtomatning texnologik vazifasi hamda ish sxemasi bilan belgilanadi. Hamma mexanizmlarning ish davri taqsimlash vali va kulachoklar sistemasi orqali mexaniq tarzda boshqarib turiladi. Birinchi bosqichda avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning oliy formasi – yarimavtomatlar va avtomatlardan to’zi lgan potok liniyalar. Bunda odam mashinani sozlaydi, texnologik jarayon to’g’ri ketayotganligini tekshirib turadi va Yuz bergan kamchiliklarni tuzatadi (asbobni almashtiradi, mashina mexanizmlarini rostlaydi va xokazo). 2.3-rasm. Avtomatning struktura sxemasi. Shunday qilib, birinchi bosqichda texnologik jarayon avtomatlashtiriladi, avtomatlashtirish esa, odatda, ishning operatsiyalarinigina qamrab oladi. Texnologik jarayonlarning mexanizasiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi to’liq (bunda qo’l mehnati mashina mehnati bilan to’liq almashtiriladi) yoki qisman (qo’l mehnatining bir qismi mashina mehnati bilan almashtiriladi) bo’lishi mumkin. Texnologik jarayonni sifat va son jihatidan uchta ko’rsatgich: texnologik jarayonning turi, bosqichi va kategoriyasi bo’yicha baholash mumkin (GOST 14.309—74). Turiga ko’ra yakka va kompleks mexanizasiyalashtirish (shartli belgisi M va KM) hamda yakka hamda kompleks avtomatlashtirish (A va KA) farq qilinadi. Masalan, bitta operatsiyada faqat zagotovkani yuklash mexanizasiyalashtirilgan (yakka mexanizasiyalashtirish) yoki detallar ishlashdagi beshta operatsiyadan faqat bittasi avtomatlashtirilgan (yakka avtomatlashtirish) bo’ladi. Texnologik jarayonlarni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishning o’nta bosqichi (texnologiya’ni yakka operatsiyalardan tortib to butun sanoat miqyosida tashkil qilishigacha) belgilangan. Buni tushunib olish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. Avtomobil ishlab chiqarishda sanoatni ko’pgina soxalari: xom-ashyo, metallurgiya, mashinasozlik va avtomobil tarmoqlari o’zaro borliq holda va bir maromda ishlashlari kerak. Bu birin ketinlik boshqa soxadagi ishlab chiqarish korxonalari uchun ham taaluqli hisoblanadi Shuni hisobga olish kerakki avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlov, asbobsozlik, quyish, mexaniqa, yig’ish sexlari, shuningdek transport, ta’minot hizmatlari mavjud. Sex strukturasi uchastkalar, bo’limlar, guruhlardan iborat. Endi tarmoqdan tortib guruhdagi dastgohgacha bo’lgan avtomobil tayyorlash bo’yicha jarayonlar mexanizasiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan, deb tasavvur qilaylik. Mahsulot tayyorlashda mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirishni qo’llashning barcha bosqichlarini aniqlaymiz. Birinchi - to’rtinchi bosqichlardagi bajariladigan ishlar bevosita sex iChidagi jarayonlarning mexanizasiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishini belgilaydi. Birinchi bosqichda yakka texnologik operatsiya, ikkinchi bosqichda - tugallangan texnologik jarayonning sistemasi, uchinchi bosqichda - sex uchastkasida yoki bo’limida bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi va, nihoyat, to’rtinchi bosqichda - seh ichida to’liq bajariladigan texnologik jarayonlar sistemasi avtomatlashtiriladi. Beshinchi bosqichda texnologik jarayonlar sistemasini korxonaning bir turdagi sexlari (masalan, mexaniqa sexlari) guruhi doirasida, oltinchi bosqichda esa - korxona doirasida mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish ko’zda tutiladi. Oltinchi - to’qqizinchi bosqichlarda texnologik jarayonlarning oliy sistemasini ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari doirasida (ettinchi bosqich), territorial, region sistemasida (sakkizinchi bosqich) va mamlakatning bitta tarmog’i chegarasida (to’qqizinchi bosqich) mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish nazarda tutiladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling