Ishlab chiqarish jarayonlarini prognozlash va tahlil qilish. Reja


Download 139.46 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi139.46 Kb.
#1014505
Bog'liq
6-labaratoriya


Ishlab chiqarish jarayonlarini prognozlash va tahlil qilish.
Reja:

  1. Ishlab chiqarish.

  2. Ishlab chiqarish jarayoni va natijalari.

  3. Ishlab chiqarish mazmuni va vazifalari.

  4. Excelda bajarilgan pragnoz.

  5. Xulosa.



1.ISHLAB CHIQARISH.
Jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 element — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va isteʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil topadi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi
2.ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA NATIJALARI.
Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi.
Boshqacha qilib aytganimizda, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.
Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umuminsoniy kategoriyadir (tushunchadir).
Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo’lib, oddiy tosh va yog’och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan tortib to hozirgi zamon murakkab texnologiyasiga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, kompyuter texnikalarini, zamonaviy radio va televideniye vositalarini ishlab chiqarishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi davrda mamlakatimiz hududida bir necha yuzlab tarmoqlar va sohalarda xalqimizning iste’moli va ishlab chiqarishning o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlari va asbob uskunalar ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov tashkilotlari, kommunal va uy – joy xo’jaliklari, turli xil texnik va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridan iborat. Har bir mamlakat o’z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo’lgan tarmoqlar tarkibini vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab chiqarishni o’stirish va xalqning talabini qondirish uchun o’ta zarur bo’lgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo’ladigan hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi.
3.ISHLAB CHIQARISH MAZMUNI VA VAZIFALARI.
Ehtiyojlar turi qancha ko’p bo’lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o’rganish oson bo’lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga bo’linadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
Respublika milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining YaIMdagi mutloq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi.
4.EXCELDA BAJARILGAN PRAGNOZ.


Xulosa.
Biz bu Labaratoriya mashg’ulotimizda Korxonada ishlab chiqarish hajmini 2001-yildan 2021-yilgacha olib, ushbu korxonada ishlab chiqarish hajmini pragnoz ko’rsatkichlar yordamida tahlil qildik. Va bizni pragnoz ko’rsatkichlarimiz ishlab chiqarish hajmini yil sayin o’sganini ko’rsatdi.
Download 139.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling