Ishlab chiqarish korxonasining innovatsion faoliyati asoslari


Talab va uni tahlil qilishning vazifasi


Download 72 Kb.
bet3/4
Sana18.02.2023
Hajmi72 Kb.
#1212838
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu ICHM

Talab va uni tahlil qilishning vazifasi.
Yangilikka bо‘lgan talabni taxlil qilish kuyidagi yunalishlarda amalga oshiriladi:
a) chiqariladigan yangi mahsulot yoki xizmatga bо‘lgan ehtiyojni taxlil qilish;
b) kiritiladigan yangilikka talabni va unga ta’sir qiladigan turli omillarni tahlil qilish;
s) korxona faoliyati natijasiga talabning ta’sirini tahlil qilish;
d) sotishning maksimal imkoniyatlarini aniqlash va sotish reja­si avvalgi uchta vazifasini, hamda, firmaning ishlab chiqarish im­koniyatlarini hisobga olgan holda asoslash.
Yangilik kiritishga bо‘lgan talab tahlilining о‘ziga xos xusu­siyatlari mavjud bо‘ladi.
Talab ma’lum bozorda va ma’lum vaqt oralig‘ida mahsulot so­tilishi mumkin bо‘lgan narxlarning birida xaridor sotib olishni xohlaydigan va qodir bо‘lgan mahsulotning hajmini aks ettiradi.


6.3. Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlash.

Yangi mahsulotni yaratishni, ishlab chiqarishning texnik bazasini rivojlantirishni va uni tashkil qilishni takomillashtirishni ta’minlovchi texnik tashkiliy tadbirlarning yig‘indisi ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni anglatadi. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash korxonada texnik rivojlanish rejasining bajarilishida о‘z ifodasini topadi. Bu reja korxonaning biznes rejasida ham о‘z aksini topib uning bо‘limlari quyidagilardan iboratdir:



  • ilmiy izlanish, konstruktorlik ishlarini о‘tkazish;

  • yangi mahsulot turlarini yaratish, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini oshirish;

  • progressiv texnologiyani ishlab chiqarishda tadbiq qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish;

  • mehnatni ilmiy tashkil qilishni tadbiq qilish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish, rejalashtirish va tashkil qilishni takomillashtirish.

Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash quyidagilarga bо‘linadi:

    1. Ilmiy izlanishli tayyorlanish,

    2. loyihali konstruktorlik tayyorlanish,

    3. texnologik tayyorlanish,

    4. moddiy tayyorlanish,

    5. tashkiliy rejali tayyorlanish.

Biror bir vazirlikka qarashli korxonada shu vazirlik topshirig‘iga asosan izlanishlar asosida ilmiy izlanishli tayyorlanish о‘tkaziladi. Izlanishlar texnik, texnologik, iqtisodiy, psixologik va ijtimoiy muammolarda о‘tkazilishi mumkin. Bunda xarajatlar va samaradorlik aniqlanadi.
Ishlab chiqarishni loyihali konstruktorlik tayyorlash - korxonani rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash, mahsulot yangi turlarini yaratish loyihalarini о‘z ichiga oladi. Texnologik tayyorlash ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini loyihalash, jihozlarni tanlash va ularni о‘rnatish, texnik nazorat metodlarini ishlab chiqish, mehnat, materiallar, yoqilg‘i, energiya sarflarini normalash kabilarni о‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlash (ICHTTT) mahsulot hayotiy davri bosqichi sifatida ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkiliy tayyorlashni о‘z ichiga oladi. ICHTTTning maqsadi yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologik va tashkiliy xujjatlarni tayyorlash hisoblanadi. ICHTTTning vazifalari: yangi mahsulot texnologikligi tahlili, korxonaning mavjud ishlab chiqarish quvvati, texnologiyasi va jihozlari tahlili, yangi mahsulot ishlab chiqish, yangi ishlab chiqarish uchastkalarini loyihalash, moddiy texnik resurslar yangi ta’minotchilari bilan shartnomalar tuzish.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash - bu о‘rnatilgan davlat standartlari (andozalari) va sifatning texnik sharoitlari asosida mahsulot ishlab chiqarishni korxonada ta’minlovchi о‘zaro bog‘langan ilmiy texnik jarayonlar majmuidir. Tashkiliy rejali tayyorlash korxona ishlab chiqarish strukturasidagi о‘zgarishlarni hamda og‘ir mehnatni yо‘qotish, xom ashyoni saqlash, potok metodlarini tadbiq qilish kabi muammolarini о‘z ichiga oladi. Yangi texnologik jarayonlarni tadbiq qilish, yangi jihozlarni о‘rnatish, yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish kadrlarning о‘z malakasini oshirishga va qayta tayyorlashga olib keladi.



Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling