Ishlab chiqarish korxonasining innovatsion faoliyati asoslari


Download 72 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi72 Kb.
#1212838
  1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu ICHM


6. ISHLAB CHIQARISH KORXONASINING INNOVATSION FAOLIYATI ASOSLARI
6.1. Yangiliklar kiritish va innovatsiya.
6.2. Innovatsion strategiyani tanlash uslublari.
6.3. Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlash.
Innovatsiyaning zarur xususiyatlari bо‘lib, fan - texnikada yan­giligi, ishlab chiqarishda qо‘llanilishi mumkinligi va tijorat obyekti bо‘lishi mumkinligidir.
Innovatsiya tо‘g‘risida gapiradigan bо‘lsak, quyidagi tushuncha­larni о‘zlashtirishimiz lozim:
1. Yangilik - bu yangicha tartib, yangicha uslub, kashfiyot.
2. Yangilik kiritish - shu yangilikning amalda qо‘llanilishi.
3. Innovatsiya - yangilikning tarqatilishi.
Innovatsion jarayonning uch shaklini ajratish zarur:
- oddiy tashkilot ichidagi;
- oddiy tashkilotlararo;
- kengaytirilgan.
Oddiy tashkilot ichidagi innovatsion jarayon bu - yangilikning tashkilot ichida yaratilishi va uning о‘zida qо‘llanilishi.
Oddiy tashkilotlararo innovatsion jarayonda yangilik - sav­do-sotiq predmeti sifatida namoyon bо‘ladi.
Kengaytirilgan innovatsion jarayon bu - yangi yangilik kirituv­chi ishlab chiqaruvchilarning namoyon bо‘lishi, ishlab chiqarish monopo­liyasining buzilishidir.
Oddiy innovatsion jarayon ikki fazada kengaytirilgan jarayonga о‘tishi mumkin:
1. Yangilikni yaratish va tarqatish.
2. Yangilik kiritish diffuziyasi.
Innovatsiya diffuziyasi - о‘zlashtirilgan innovatsiyani tarqatish va yangi sharoitlarda qо‘llash.
Innovatsion jarayon subyektlari quyidagi guruhlarga bо‘linadi:
1. Novatorlar (tashkilot ichida bо‘ladi) - fan-texnika ta­raqqiyoti generatori.
2. Dastlabki retsipiyentlar - birinchi bо‘lib yangilikni joriy qilgan tadbirkorlar.
3. Dastlabki kо‘pchilik - yangilikni joriy qilgan firmalar.
4. Qoloqlar - ma’naviy eskirgan yangilikni endi joriy qiluv­chi firmalar.
Innovatsion jarayon siklik xarakterga ega va quyidagicha yozi­ladi:
FT - AT - ICH - L - K - U - SICH - M - S.
FT - fundamental tadqiqotlar (FTR yangiliklaridan kashfiyot qilish);
AT - amaliy tadqiqotlar (kashfiyotlardan amalda foydalanish);
ICH - ishlab chiqish;
L - loyihalash;
K - qurilish;
U - о‘zlashtirish;
SICH - sanoatda ishlab chiqarish;
M - marketing;
S - sotuv.
Innovatsion menejment - bu innovatsion jarayonlarni, innovatsi­on faoliyatni, bu faoliyat bilan band bо‘lgan tashkiliy struktura va uning personalini boshqarish tamoyillari, uslublari va formalari tо‘plamidir.
Uning uchun quyidagilar taalluqli:
- maqsadni qо‘yish va strategiyani tanlash;
- sikl bosqichlari: - rejalashtirish;
- sharoitlarni aniqlash va tashkil qilish;
- ijro etish;
- rahbarlik.
Innovatsiyalar turkumlari.
1. Texnologik parametrlarga bog‘liq ravishda innovatsiyalar mahsulotli va jarayonli innovatsiyalarga bо‘linadi.
Mahsulotli innovatsiya deganda yangi xom - ashyo, materiallar va yarim fabrikatlarni qо‘llash va yangi mahsulotlarni ishlab chiqa­rish tushuniladi.
Jarayonli innovatsiya - ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi uslublari (texnologik jarayon о‘zgarishlari) hisoblanadi.
2. Innovatsion bozor uchun yangiligi bо‘yicha innovatsiyalar quyi­dagilarga bо‘linadi:
a) jahonda tarmoq uchun yangi;
b) mamlakatda tarmoq uchun yangi;
s) alohida korxona uchun yangi.
3. Tizimdagi о‘rni bо‘yicha innovatsiyalar quyidagilarga bо‘linadi:
a) ishlab chiqarishga kirish tomonidagi innovatsiyalar;
b) ishlab chiqarishdan chiqish tomonidagi innovatsiyalar;
s) korxona strukturasi innovatsiyalari.
4. Kiritiladigan о‘zgarishlarning chuqurligi jihatidan quyidagilarga bо‘linadi:
a) radikal (tubdan о‘zgartiradigan);
b) takomillashtiruvchi (yaxshilaydigan);
s) Modifikatsion (zamonaviylashtiradigan).
5. Faoliyat sohasi bо‘yicha innovatsiyalar quyidagilarga bо‘linadi:
a) texnologik;
b) ishlab chiqarish;
s) iqtisodiy;
d) savdo - sotiq;
e) ijtimoiy;
f) boshqarish.



Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling