Ishlab chiqarish korxonasining innovatsion faoliyati asoslari


Innovatsion strategiyani tanlash uslublari


Download 72 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi72 Kb.
#1212838
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu ICHM

6.2. Innovatsion strategiyani tanlash uslublari.

Innovatsion strategiyani ishlab chiqishning asosini mahsulot hayotiy sikli nazariyasi, firmaning bozoriy holati va u о‘tkazayotgan ilmiy - texnikaviy siyosat tashkil etadi.


Innovatsion strategiyaning quyidagi turlarini ajratadilar:
1. Hujum strategiyasi - bu strategiya tadbirkorlik raqobatchi­ligi prinsiplariga ega bо‘lgan firmalar uchun mо‘ljallangan. U kо‘pincha kichik innovatsion firmalar uchun taalluqli.
2. Himoya strategiyasi - firmaning raqobat prinsiplarini saq­lab qolish. Bunday strategiya jadal ilmiy tadqiqot ishlarini talab etadi.
3. Immitatsion strategiya (immitatsiya - hayotda bо‘ladigan voqealarni simvollar orqali ifodalash). Bu strategiya kuchli bozoriy va texnologik holatlarga ega bо‘lgan firmalarga taalluqli. U yoki bu yangiliklarni birinchi marta о‘zlashtirmayotgan firmalar tomoni­dan qо‘llaniladi.
Mahsulot hayotiy sikli nazariyasiga asoslanib ishlab chiqilgan innovatsion strategiya, mahsulot qaysi hayot davri fazasida ekan­ligini hisobga oladi.
1. G‘oyaning tug‘ilishi. Masalan, kashfiyot davri va ishlab chiqa­rish davri.
2. Tug‘ilish. Masalan, texnik qarorning rasmiylashtirilishi va eksperiment firmaning patent firmaga о‘tish jarayonining boshlani­shi.
3. Tasdiqlash. Masalan, konstruktiv sxemani va dastlabki na­munalarni yaratish va patent firmadan violent firmaga о‘tish jara­yonining boshlanishi.
4. Barqarorlik. Masalan, violent firmaning jahon bozoriga chiqishi.
5. Qisqartirish - sо‘nishning boshlanishi. Masalan, yaratilgan texnikaviy tizimni optimallashtirish tо‘g‘risida fikrning birinchi marta tug‘ilishi.
6. Sо‘nish. Masalan, yirik ishlab chiqarishdan о‘rta va kichik biznesga moslashtirish.
7. Oxirat. Masalan, foydalaniladigan texnika funksiyasini о‘zgartirish tо‘g‘risida fikrning paydo bо‘lishi.
8. Destrukturizatsiya - tizimning hayot faoliyati hamma jarayon­larining tо‘xtalishi. Masalan, firmaning tugatilishi.
Fan va texnikaning rivojlanish tendensiyasini aniqlash uslub­lari quyidagi tо‘rtta uslubda mujassamlashgan:
1. Struktura - morfologik taxlil uslubi. Bu uslub yangi tad­qiqotlarning ichki tarkibini aniqlash uchun qо‘llaniladi va tarmoq ichi darajasida fan - texnika taraqqiyoti strategiyasini shakllanti­rishga imkon beradi.
2. Chop etish faolligi xarakteristikalarini aniqlash uslubi. Bu uslub tarmoq darajasida fan - texnika taraqqiyotini shakllanti­rish uchun qо‘llaniladi.
3. Terminologik va leksik taxlil uslubi. Yangiliklarning dastlabki bosqichlarida prinsipial yangiliklarning tug‘ilishini aniqlash va kutiladigan о‘zgarishlarning yо‘nalishini bashorat qilishga imkon beradi.
4. Kо‘rsatkichlar uslubi. Texnik tizim kо‘rsatkichlarining di­namik (kо‘p yillik) tavsiflarini о‘rganish.
Strategiya tanlovi qо‘yilgan maqsaddagi har bir yо‘nalish bо‘yi­cha amalga oshiriladi.
Strategiyani tanlashda BKG matritsasi ham qо‘llaniladi. Bunda "Yulduzlar"ga qarashli firmalar о‘sish strategiyasini tanlaydi. Barqaror tarmoqlarda yuqori о‘sish hissasiga ega bо‘lgan firmalar ("Sog‘in sigirlar") cheklangan о‘sish strategiyasini tanlaydi. Bo­zorda kam hissaga ega bо‘lgan firmalar ("Itlar") ortiqchani ayi­rish strategiyasini tanlaydi.
Strategiyani tanlashda mahsulot - bozor matritsasini ham qо‘l­lash mumkin.
U yoki bu strategiyani tanlashda rahbariyat 4 ta omilni hisobga olishi kerak:
1. Tavakkallik.
2. Oldingi strategiyalarni bilish.
3. Vaqt omili.
4. Mulk egalariga moslashish.
Strategiyani ishlab chiqish quyidagicha bо‘lishi mumkin:
- yuqoridan pastga;
- pastdan yuqoriga;

  • maslahatchi firmalar yordami bilan.


Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling