Ishlab chiqarish korxonasining innovatsion faoliyati asoslari
Download 72 Kb.
|
6-mavzu ICHM
6. ISHLAB CHIQARISH KORXONASINING INNOVATSION FAOLIYATI ASOSLARI 6.1. Yangiliklar kiritish va innovatsiya. 6.2. Innovatsion strategiyani tanlash uslublari. 6.3. Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlash. Innovatsiyaning zarur xususiyatlari bо‘lib, fan - texnikada yangiligi, ishlab chiqarishda qо‘llanilishi mumkinligi va tijorat obyekti bо‘lishi mumkinligidir. Innovatsiya tо‘g‘risida gapiradigan bо‘lsak, quyidagi tushunchalarni о‘zlashtirishimiz lozim: 1. Yangilik - bu yangicha tartib, yangicha uslub, kashfiyot. 2. Yangilik kiritish - shu yangilikning amalda qо‘llanilishi. 3. Innovatsiya - yangilikning tarqatilishi. Innovatsion jarayonning uch shaklini ajratish zarur: - oddiy tashkilot ichidagi; - oddiy tashkilotlararo; - kengaytirilgan. Oddiy tashkilot ichidagi innovatsion jarayon bu - yangilikning tashkilot ichida yaratilishi va uning о‘zida qо‘llanilishi. Oddiy tashkilotlararo innovatsion jarayonda yangilik - savdo-sotiq predmeti sifatida namoyon bо‘ladi. Kengaytirilgan innovatsion jarayon bu - yangi yangilik kirituvchi ishlab chiqaruvchilarning namoyon bо‘lishi, ishlab chiqarish monopoliyasining buzilishidir. Oddiy innovatsion jarayon ikki fazada kengaytirilgan jarayonga о‘tishi mumkin: 1. Yangilikni yaratish va tarqatish. 2. Yangilik kiritish diffuziyasi. Innovatsiya diffuziyasi - о‘zlashtirilgan innovatsiyani tarqatish va yangi sharoitlarda qо‘llash. Innovatsion jarayon subyektlari quyidagi guruhlarga bо‘linadi: 1. Novatorlar (tashkilot ichida bо‘ladi) - fan-texnika taraqqiyoti generatori. 2. Dastlabki retsipiyentlar - birinchi bо‘lib yangilikni joriy qilgan tadbirkorlar. 3. Dastlabki kо‘pchilik - yangilikni joriy qilgan firmalar. 4. Qoloqlar - ma’naviy eskirgan yangilikni endi joriy qiluvchi firmalar. Innovatsion jarayon siklik xarakterga ega va quyidagicha yoziladi: FT - AT - ICH - L - K - U - SICH - M - S. FT - fundamental tadqiqotlar (FTR yangiliklaridan kashfiyot qilish); AT - amaliy tadqiqotlar (kashfiyotlardan amalda foydalanish); ICH - ishlab chiqish; L - loyihalash; K - qurilish; U - о‘zlashtirish; SICH - sanoatda ishlab chiqarish; M - marketing; S - sotuv. Innovatsion menejment - bu innovatsion jarayonlarni, innovatsion faoliyatni, bu faoliyat bilan band bо‘lgan tashkiliy struktura va uning personalini boshqarish tamoyillari, uslublari va formalari tо‘plamidir. Uning uchun quyidagilar taalluqli: - maqsadni qо‘yish va strategiyani tanlash; - sikl bosqichlari: - rejalashtirish; - sharoitlarni aniqlash va tashkil qilish; - ijro etish; - rahbarlik. Innovatsiyalar turkumlari. 1. Texnologik parametrlarga bog‘liq ravishda innovatsiyalar mahsulotli va jarayonli innovatsiyalarga bо‘linadi. Mahsulotli innovatsiya deganda yangi xom - ashyo, materiallar va yarim fabrikatlarni qо‘llash va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tushuniladi. Jarayonli innovatsiya - ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi uslublari (texnologik jarayon о‘zgarishlari) hisoblanadi. 2. Innovatsion bozor uchun yangiligi bо‘yicha innovatsiyalar quyidagilarga bо‘linadi: a) jahonda tarmoq uchun yangi; b) mamlakatda tarmoq uchun yangi; s) alohida korxona uchun yangi. 3. Tizimdagi о‘rni bо‘yicha innovatsiyalar quyidagilarga bо‘linadi: a) ishlab chiqarishga kirish tomonidagi innovatsiyalar; b) ishlab chiqarishdan chiqish tomonidagi innovatsiyalar; s) korxona strukturasi innovatsiyalari. 4. Kiritiladigan о‘zgarishlarning chuqurligi jihatidan quyidagilarga bо‘linadi: a) radikal (tubdan о‘zgartiradigan); b) takomillashtiruvchi (yaxshilaydigan); s) Modifikatsion (zamonaviylashtiradigan). 5. Faoliyat sohasi bо‘yicha innovatsiyalar quyidagilarga bо‘linadi: a) texnologik; b) ishlab chiqarish; s) iqtisodiy; d) savdo - sotiq; e) ijtimoiy; f) boshqarish. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling