Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning omillari va tamoyillari
Tabiiy sharoit va agroiqlimiy resurslar
Download 32.9 Kb.
|
3S42Vu qK6ijIknHyb7MlHjqwgCLQ14
Tabiiy sharoit va agroiqlimiy resurslar. Xo„jalikning barcha tarmoqlari, shuningdek, aholining joylashuvida tabiiy sharoitining roli katta. Bu borada ayniqsa yer, suv, harorat, tuproq kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Yerning ishlab chiqarishni joylashtirishdagi o„rni uning maydoni, katta –kichikligi, geomorfologik xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Yer jamiyat rivojlanishining eng qadimiy, eng birlamchi omildir. Ksenofont (ye.o 430-355 yy..) «Yer insonni sog„lom to„q va adolatli qiladi», deb yozgan edi. Ingliz iqtisodiyoti va statistikasining asoschilaridan biri U.Petti (1623-1687 yy.) fikricha, mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir. Yana shuni ta‟kidlash lozimki, agar yer ko„pgina xo„jalik tarmoqlari-sanoat, transport va boshqalar uchun oddiy sharoit sifatida xizmat qilsa, u qishloq xo„jaligida bebaho boylik, muhim resurs hisoblanadi. Ayni vaqtda sanoat korxonalarining (masalan, yirik metallurgiya, kimyo yoki mashinasozlik zavodlari) katta maydonlarni egallashni ham unutmaslik kerak. Shuningdek, bunday maydonlar aeroportlar uchun ham talab etiladi. Suv resurslarining ham ahamiyati ko„p hisoblanadi. Sanoatda suv va issiqlik elektr stansiyalari, qora va rangli metallurgiya, sellyuloza- qog„oz, gidroliz, sintetik tola ishlab chiqarishda, to„qimachilikda ko„p sarflanadi (ayrim ma‟lumotlarga ko„ra, sanoat butun xalq xo„jaligida sarflanadigan suvning 40 foizini iste‟mol qiladi). Masalan, sintetik tola ishlab chiqarish uchun 2000 m3, 1 tonna ip gazlamasiga 1260 m3, 1200 ming kvt quvvatga ega bo„lgan issiqlik elektr stansiyasi uchun esa 1200 mln3 suv sarflanadi. Demak, bu va shunga o„xshash sanoat korxonalarining suv sig„imi juda yuqori. Mazkur omilning qishloq xo„jaligi va ayniqsa sug„orma dehqonchilikdagi o„rni yanada yuqori va an‟anaviyroq. Zero, dastlabki madaniylashgan, rivojlangan joylar aynan Yer yuzining sugorma dehqonchilik rayonlarida, vohalarda vujudga kelgan (Nil deltasi, Mesopotamiya, Hind-Gang pasttekisligi, Xuanxe daryosining o„rta qismi, Movaraunnahr va b.). Issiq iqlim sharoitida sanoat korxonalarini ochiq usulda qurish, suv va boshqa alkogolsiz ichimliklar, ip gazlama ishlab chiqarishga o„xshash tarmoqlarni ko„proq rivojlantirish talab etiladi. Ob-havo va iqlim transportining ko„pgina turlarini rivojlantirish va joylashtirishga ham ta‟sir qiladi. Shuningdek, tabiiy geografik sharoitlar rekreatsiya va turizm sohalarini tashkil etishda ham katta ahamiyatga ega. O„zbekiston Respublikasining yer boyligi ancha katta (maydoni 448,9 ming kv.km.). Uning iqlim sharoitlari ham qulay-ba‟zi qishloq xo„jalik mahsulotlarini bir yilda 2-3 marta hosilni olish mumkin. Biroq, qishloq xo„jaligida mavjud yerlardan unumli foydalanish uchun irrigatsiya va melioratsiya, agroinfrastruktura tizimini rivojlantirish, ekologik muammolarni hal qilib berish talab etiladi. Download 32.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling