Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning omillari va tamoyillari
Download 32.9 Kb.
|
3S42Vu qK6ijIknHyb7MlHjqwgCLQ14
Kombinatsiya yoki kombinatlash kooperatsiyaga o„xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu yerda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi, texnologik va tashkiliy birligi tushuniladi. Shu sababli kombinatsiyada, kooperatsiyadan farqli o„laroq, hududiylik xususiyati ko„proq namoyon bo„ladi. Binobarin, unda mujasssamlashuv yaqqol ko„zda tashlanadi, sababi-ko„p hollarda kombinatlashuv muayyan xom ashyoni birgalikda, atroflicha qayta ishlash bilan bog„liq. Bu ikki, yuzaki qaraganda bir- biriga o„xshash tushuncha o„rtasida boshqa farqlar ham bor. Xullas, bu shakli qayerda «kombinat» so„zini uchratsak, uni sohada ko„ramiz, hatto aholiga xizmat ko„rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy xizmat kombinatlari).
Sanoatda kombinatlar bir necha texnologik jihatdan bog„liq bo„lgan zavod yoki sexlardan tashkil bo„ladi. Chunonchi, qora metallurgiya kombinatlari, aniqroq to„liq siklli kombinatlar cho„yan, po„lat va prokat ishlab chiqaruvchi zavodlar birlashmasidir. Agar ularning bittasi bo„lmasa, u holda kombinat to„liq siklga ega emas (Bekoboddagi O„zbek metallurgiya kombinati xuddi shunday korxonalardandir). To„qimachilik kombinatlari yigiruv, bo„yoqlash, tayyorlash sexlaridan iborat, xom ashyo bita-paxta tolasi yoki pila mahsuloti. Go„sht kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha mahsulot: go„sht, konserva, kolbasa kabi boshqa mahsulotlar olinadi. Uning chiqindisidan, masalan, suyak va qondan qishloq xo„jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin. Terisi esa oshlagandan so„ng charm-poyafzal sanoatida ishlatiladi. O„rmon, sement-shifer, kimyo kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, markazlashgan issiqlik elektr stansiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug„) beradi. Shunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko„pchiligiga xosdir. Faqat mashinasozlikda «kombinat» so„zini uchratamiz, ammo mohiyatan bu yerda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda xalq iste‟mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba‟zi bir ehtiyoj qismlar, bolalar aravachasi (kolyaska) va shunga o„xshash turli xil xalq iste‟mol mollarini ishlab chiqaradi. Umuman olganda, ishlab chiqarishning barcha ijtimoiy shakllari o„zaro bog„liq. Jumladan, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish bo„g„inlari ham u yoki bu ko„rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq, bu yerda ularning bir joyda to„planganligi, yig„ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo„lishi lozim, aks holda tom m‟anodagi mujassamlashuv bo„lmaydi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari bozor iqtisodiyoti sharoitida o„ziga xos xususiyatga ega bo„ladi. Eng muhimi shundaki, korxonalarning katta-kichikligi, ularning ixtisoslashuvi va o„zaro uyg„unlashuvi va o„zaro uyg„unlashuvi endi ko„p jihatdan davlatga, yagona markaz va rejalashtirishga bog„liq emas. Korxonalar, ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar bir-birlari bilan to„qridan-to„g„ri aloqa, sheriklik qiladilar. Davlatning vazifasi esa bu jarayonni turli mexanizmlar orqali tartibga solish va boshqarib borishdan iborat bo„ladi.
Download 32.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling