Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning omillari va tamoyillari
Download 32.9 Kb.
|
3S42Vu qK6ijIknHyb7MlHjqwgCLQ14
Mujassamlashuv, eng avvalo, korxona yoki boshqa ishlab chiqarish ob‟ektlarining katta-kichikligini anglatadi. Tabiiyki, jamiyat rivojlanishi bilan mujassamlashuv darajasi ham oshib boradi. Shu nuqtai nazardan o„ziga xos mujassamlashuv qonuniyati mavjud, bir vaqtlar mahsulotlar uncha katta bo„lmagan korxonalarda ishlab chiqilgan bo„lsa, keyinchalik ular asta-sekin yiriklashib borgan.
Ishlab chiqarishning mujassamlashuvi katta iqtisodiy samaradorlikka (mujassamlashuv, aglomeratsiya samaradorligi) olib kelsa-da, bu jarayon cheksiz emas va uni har qanday sharoitda ham ijobiy baholab bo„lmaydi. Demak, mujassamlashuv qonuniyatining ham o„zining chegarasi, me‟yori mavjud. Ammo, bu bilan mujassamlashuv o„z mohiyatini yo„qotmaydi, balki u o„z shaklini o„zgartiradi, xolos. Majussamlashuv sanoat misolida juda aniq ko„rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondlari, yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarning turli yiriklikdagi korxonalarda yig„ilishi, to„planishi sof holdagi ishlab chiqarish yoki korxona mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlar joylashuvini esa o„rbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko„rsatish o„rinli. Majussamlashuvning bu shakllari bir-biriga o„tib turadi va turli rayon yoki mamlakatlarda har xil birikmada bo„ladi. Chunonchi, shaharning markazlashuv darajasi ma‟lum bir bosqichga yetgandan keyin o„ziga xos vaziyat vujudga keladi, ya‟ni endi mazkur shaharda qo„shimcha korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy, transport muammolari keskinlashadi, qurish uchun yer maydoni ham yetishmaydi va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham «istamaydi». Demak, yirik shaharda ham emas, undan uzoqda ham emas; shaharning ichki imkoniyati yo„q, korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. Natijada yangi korxona yoki ilmiy tekshirish muassasalari, oliy o„quv yurtlari yirik shaharning ta‟sir doirasida o„rnashadi shahar aglomeratsiyasi yoki sanoat tuguni vujudga keladi. Mujassamlashuvning yuqori yoki pastligi ayni paytda ma‟lum bir sohaining rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Bu yerda «umumiy maxraj» bo„lib shahar, viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi aholining ulushi, hissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Farg„ona vodiysida O„zbekiston Respublikasi aholisining 27 foizi joylashgan. Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko„rsatkichi shu raqamdan qancha yuqori bo„lsa, u holda mazkur ishlab chiqarish tarmog„i vodiyda rivojlangan, iqtisodiy mujassamlashgan bo„ladi. Mujassamlashuv qishloq xo„jaligi va ayniqsa transportda uncha sezilarli emas, chunki ularning joylashuvi «nuqtasimon» bo„lmay, balki areal (maydon) va lentasimon shaklga ega. Albatta, bu yerda sof holdagi ishlab chiqarish, ya‟ni korxona darajasidagi mujassamlashuv nazarda tutiladi. Bunday mujassamlashuv aholi joylashuvida, aholi manzilgohlarning katta-kichikligida, sog„liqni saqlash, ta‟lim tizimi, savdo, sport, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalar korxonalarini tashkil qilishda yaqqolroq namoyon bo„ladi. Biroq, yuqorida ta‟kidlaganimizdek, mazkur tarmoqlarda ham o„tish davrida faqat korxonalarni qurish ijobiy natijalar bermasligi mumkin. Tarixan qaraganda, ixtisoslashuv mujassamlashuvdan oldin paydo bo„lgan. Zero, dastlabki ijtimoiy mehnat taqsimoti oila a‟zolarini – ayol va erkaklarni turmushning turli sohalariga ixtisoslashuvida o„z aksini topgandi (ayollar uy yumushlari bilan, erkaklar ovchilik bilan shug„ullanardilar). Ma‟lumki, bu davrda kishilar tabiatda mavjud bo„lgan oziq-ovqat bilan kun kechirar edilar. Download 32.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling