Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning omillari va tamoyillari


Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari


Download 32.9 Kb.
bet7/13
Sana05.01.2022
Hajmi32.9 Kb.
#204642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
3S42Vu qK6ijIknHyb7MlHjqwgCLQ14

Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari. Ishlab chiqarish tarmoqlari o„z-o„zidan, tasodifan hududiy tarqalmaydi, balki ma‟lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o„rganishga asos bo„ladi.

Ishlab chiqarishni joylashtirish ma‟lum qonuniyat, prinsip va omillar asosida amalga oshiriladi. Qonuniyatlar, eng avvalo, omillarning o„zaro aloqadorligi, ishlab chiqarish korxona va tarmoqlarining ma‟lum hududiy va texnologik majmua shaklida tashkil etilishi, bu tarmoqlar rivojlanishidagi mutanosibliklardan kelib chiqadi. Masalan, hozirgi bozor iqtisodiyotiga o„tish davrini o„zining qonuniyatlari mavjud. Ishlab chiqarishga nisbatan iste‟mol, taklifga ko„ra talabning ustunligi, erkin raqobat, ochiq iqtisodiyot yurgizish, uni liberallashtirish shular jumlasidandir. Bular, albatta, ishlab chiqarishni joylashtirishga, iqtisodiy makonning shakllanishiga katta ta‟sir ko„rsatadi.

Tabiiyki, iqtisodiyot tarmoqlari hamda mintaqalarning rivojlanishi turli xil omil va sharoitlarga ham bog„liq bo„ladi.

Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilg„i, elektr quvvati, suv va iqlim sharoitlari, mehnat resurslari, iste‟mol va transport, iqtisodiy geografik o„rin kabi omillar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ekologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyoti omillarining bu boradagi roli ham oshib bormoqda.

Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart- sharoitlar, omillardan kelib chiqiladi. Lekin ma‟lum tarmoqni hududiy tashkil etishda hamma omil emas, ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol o„ynaydi. Buning uchun yaratiladigan mahsulot birligiga, masalan, suv yoki elektr quvvati, ishchi kuchining qay darajada sarflanishini aniqlash talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, «kasr maxrajida» mahsulot birligi, uning suratida esa alohida-alohida omillar (masalan, 1 tonna shakar olish uchun qancha xom ashyo, ya‟ni qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr quvvati yoki mehnat sarflanadi va h.k.) turadi. Qaysi omil bo„yicha yirik son chiqsa uning ahamiyati shuncha yuqori bo„ladi va ko„rilayotgan ishlab chiqarish tarmog„ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifasini o„taydi.

Alohida shuni qayd etish lozimki, ma‟lum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar xili yoki kichik «tarmoqchalar» uchun bittagina omil tegishli bo„lmaydi. Jumladan, mashinasozlik tarmog„iga tegishli ba‟zi bir korxonalarni joylashtirishda xom ashyo (metal) ko„proq ahamiyatga ega bo„lsa, boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim hisoblanadi.

Endi yuqorida ko„rsatilgan asosiy omillarga qisqacha to„xtalib o„tamiz.




Download 32.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling