Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning omillari va tamoyillari


Download 32.9 Kb.
bet4/13
Sana05.01.2022
Hajmi32.9 Kb.
#204642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3S42Vu qK6ijIknHyb7MlHjqwgCLQ14

Ixtisoslashuv ham, ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo„lab, u mehnat taqsimoti bilan chambarchas bog„liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuv uch bosqichi-korxona, shahar yoki rayon, miqyosidagi ixtisoslashuvdir. Boshqacha qilib aytganda, ularning har biriga ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma‟lum bir mahsulotning ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O„z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo„jaligi bo„lishi ham mumkin), shahar yoki rayonlarning «qiyofasini», ularning mehnat taqsimotida tutgan o„rnini belgilab beradi.

Ixtisoslashuvning uch turi – bu qism (detal), texnologik yoki yarim mahsulot (polufabrikat) va predmet (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidan iborat. Uning bunday ko„rinishlari bir-biri bilan uzviy bog„liq va ular turli hududiy bosqichda o„zgacha xususiyatga ega. Ixtisoslashuv oqibatida xo„jalikning turli tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional tiplari shakllanadi. Shu bilan birga, u tashqi iqtisodiy aloqalarini taqazo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste‟moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi va mazkur rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joylardan keltiriladi.

Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zarur. Muhimi-mahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa rayonlarga bozorga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo„lishi kerak. Masalan, Respublikamiz paxta tolasi, pila, tog„-kon, tabiiy gaz sanoati, qishloq xo„jaligi mashinasozligi va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Un, ip yoki ipak gazlamasi, neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish biroz mushkulroq, sababi-bu mahsulotlar O„zbekistonda hozircha yetarlicha ishlab chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to„la qondiganicha yo„q.

Mintaqa va mamlakatlarning u yoki bu mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi, eng avvalo, ulardagi mutloq va nisbiy afzalliklarga bog„liq (A. Smit, D. Rikkardo), bu yerda yaratilgan mahsulot uni boshqa joyda yetishtirishga ko„ra arzonroq, kam harajatliroq bo„lishi kerak. Odatda, har bir mamlakat yoki uning alohida qismlari o„zidagi qulay va arzon omillardan foydalanib, qiyin va qimmat omil mahsulotlarini chetdan olib keladi. Bunday qonuniyatni dastlab shved iqtisodchilari XX asrning 30- yillarida E. Xeksher va B.Olinlar asoslab berishgan.

Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda va qisman o„zimizda ham bozor munosabatlariga mos ravishda iste‟mol, talab individuallashib, xususiylashib bormoqda. Avvallari bir mamlakat yoki rayon mahsalotning bir turiga ixtisoslashgan va u bilan mintaqaviy va jahon bozorida qatnashgan bo„lsa, endigi sharoitda o„sha mahsulotning o„zi turli shaklga, ko„rinishga ega bo„lishi kerak. Masalan, hozirgi davrda yengil mashinalar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar faqat bir turda bo„lishi ularning raqobatbardoshligi va haridorligini ta‟minlamaydi. Binobarin, endigi sharoitda klnveyr usuli, miqdor ko„rsatkichlari muhim emas, aksincha «postfordizm», masshtab (miqdor) samaradorligining o„rniga turli xillik, sifat samaradorligi oldinga surilmoqda.

Shunday qilib, ixtisoslashuv ham mujassamlashuv kabi rivojlanganlikning muhim belgisidir. Ammo, har ikkisining ham chegarasi bo„lishi kerak. Xudi shu nuqtai nazardan kooperatsiya yoki hamkorlik yanada samaraliroq hisoblanadi. Bu o„rinda aytish mumkinki, kooperatsiya ixtisoslashuv bilan yaqindan bog„liq va usiz vujudga kelmoqda. Chunki, har qanday kooperatsiya turli kasb, hunar, mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarning hamkorligidan boshqa narsa emas.




Download 32.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling