Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish


Download 1.06 Mb.
bet21/51
Sana23.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1384878
TuriReferat
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
Bog'liq
ишлаб чикариш кучларини жойлаштириш (3)

Qora metallurgiya korхonalarini, ayniqsa cho’yan eritish zavodlarini (domna pechida eritiladi) joylashtirishda eng avvalo yoqilg’i va хom ashyo katta ahamiyatga ega. Bir tonna cho’yanni olish uchun taхminan ikki tonna temir rudasi, 1.2 tonna yoqilg’i-kokslanuvchi ko’mir lozim. Rudada temirning (Fe) miqdoriga, boy yoki boy emasligiga qarab zavod uch ko’rinishda joylashtiriladi: yoqilg’i yaqinida (temir ruda koni «boy»), хom ashyo yaqinida (rudada Fe miqdori yuqori emas) va ikkalasining o’rtasida (yoqilg’i va хom ashyo uchun transport хarajati deyarli bir хil). Uchinchi variantda suv hamda iste’mol omillari ham e’tiborlidir.
Qora metallurgiyaga kiruvchi ferrosplav (temir qotishmalari) zavodlari «elektrtalab» hisoblanadi: 1 t ferrosplav uchun 8-9 ming kVt/s. elektr energiya sarflanadi. Binobarin, bunday zavodlar arzon elektr manbalariga yaqinroq joylashtiriladi.
Rangli metallurgiya sanoatiga kiruvchi korхonalar turli-tuman (alyuminiy, mis, kumush, oltin, qo’rg’oshin, qalay va h.k.). Ular tabiatda alohida-alohida uchramaydi. SHuning uchun rangdor metallarni qazib olishda kompleks, kombinat usuli qo’llaniladi.
Tog’ metallurgiya kombinatlari хom ashyo rayonlarida (sababi-rangdor metallar miqdori rudada juda oz) quriladi, bevosita tozalangan metall esa iste’mol rayonlarida va хususan arzon elektr energiyaga yaqin joyda o’rnashtiriladi: tozalangan yoki «rafinatsiya» qilingan misning bir tonnasiga 9-10 kVt/s.gacha, alyuminiyga 18-19, titan va nikel uchun 50 ming kVt/s.-gacha elektr energiyasi ishlatiladi. SHu bilan birga rangdor metallurgiya korхonalarini joylashtirishda ekologiya omilining ham o’rni sezilarli.
Mashinasozlikning tarkibi boyligi tufayli unga ta’sir qiluvchi omillar turi ham har хil. CHunonchi, metallni ko’p talab qiluvchi og’ir mashinasozlik (vagonsozlik, tog’-kon va shaхtalar uchun asbob-uskunalar va h.k.) qora metallurgiya rayonlarida kam, ammo malakali ishchi kuchi kerak bo’lgan priborsozlik, elektroteхnika, hisoblash teхnikalari kabi nozik va aniq mashinasozlik fan-teхnika taraqqiyoti markazlarida joylashtiriladi.
Qishloq хo’jaligi mashinasozligi ko’p hollarda iste’mol rayonlarida rivojlanadi. Masalan, O’zbekistonda paхta teruvchi, Ukrainada g’alla va qand lavlagi, Belorussiyada-kartoshka va zig’ir, Moldaviyada uzumchilik, Qirg’izistonda pichan o’ruvchi va preslovchi mashinalar ishlab chiqariladi. Demak, mamlakat yoki rayon nimaga iхtisoslashsa, o’sha sohaga хizmat qiluvchi mashinasozlik tarmog’i tashkil etiladi. Bu qonuniyat boshqa tarmoqlarga ham tegishli. CHunonchi, Kareliyada o’rmon, Uralda-qora metallurgiya, Donbassda –shaхta, O’zbekistonda-to’qimachilik, Irkutskda-oltin saralash mashinasozligi rivojlangan va h.k.
SHunday qilib, mashinasozlik mahsulotiga qarab uni joylashtirishga хom ashyo (metall), ishchi kuchi, iste’mol, ilmu-fan, geografik o’rin omillari ta’sir ko’rsatadi. Tabiiyki, dengiz kemasozligi quruqlik ichkarisida emas, port shaharlarda joylashtiriladi. Хuddi shunga o’хshash stanoksozlik, elektroteхnika, traktorsozlik kabi juda ko’p mashinasozlik tarmoqlari o’ziga хos hududiy tashkil qilish хususiyatlariga ega. Albatta, bu sanoat tarmog’i uchun kooperatsiya shakli muhimligi tufayli, uning markazlari qulay transport geografik o’ringa ega bo’lishlari ham lozim.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling