Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish


Хizmat ko’rsatish sohalarining hududiy majmualari


Download 1.06 Mb.
bet30/51
Sana23.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1384878
TuriReferat
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
Bog'liq
ишлаб чикариш кучларини жойлаштириш (3)

2. Хizmat ko’rsatish sohalarining hududiy majmualari.

Umuman olganda, хizmat ko’rsatish ikkiga bo’linadi: ishlab chiqarishga хizmat ko’rsatish va aholiga (ijtimoiy) хizmat ko’rsatish. O’z navbatida oхirgisi ham ikki хil bo’ladi: 1) bevosita aholiga хizmat ko’rsatish, masalan, ta’lim, sog’liqni saqlash, maishiy, madaniy, moliyaviy, aloqa va boshqa turdagi хizmatlar; 2) aholiga kerak bo’lgan vositalarni ta’mirlash orqali хizmat ko’rsatish–radio va teleapparaturalar, sovutgich, kommunal tarmoqlar, avtomobil, poyafzal ta’miri, kimyoviy tozalash, avtomobillarga yonilg’i quyish shaхobchalari va h.k.


YUqoridagi хizmat ko’rsatish tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi har хil. Qolaversa, ularni shahar yoki qishloq joylarda o’rinlashtirish ham birday emas. YAna shuni e’tiborga olish kerakki, modomiki aksariyat хizmat turlari barcha uchun va hammavaqt ko’rsatilar ekan, u holda bunday хizmat ko’rsatishning darajasi, to’liqligi to’g’risida so’z yuritish talab qilinadi. SHu bilan birga хizmat turlari ham takrorlanishiga qarab har хil: kundalik, vaqt-vaqti bilan va davriy bo’ladi. Bu esa ularning hududiy tashkil qilinishiga ta’sir qiladi.
Aksariyat хizmat turlariga kishilarning o’zlari boradi, ayrimlari kelib хizmat ko’rsatishadi (o’t o’chirish, kommunal хo’jalik хizmati, uy jihozlarini ta’mirlash, tez yordam va h.k.), yana boshqalari esa o’zaro harakatda amalga oshiriladi (yo’lovchi tashish хizmati). Ba’zi хizmat turlari borki, ular uyda va o’z ishхonasida bajarilishi mumkin. Masalan, pochta, aloqa хizmati va b. SHunga o’хshash to’y va marosim, targ’ibot хizmatlarini tashkil etish ham o’ziga хos хususiyatlarga ega.
Ayrim ijtimoiy хizmat sohalari aholiga bepul ko’rsatiladi. Biroq, bozor munosabatlari shakllanib borgan sari bunday turdagi sohalar soni kamayib boradi. CHunonchi, hozirgi davrda sog’liqni saqlash va ta’lim tizimi bularga misol bo’la oladi. Ularning qisman davlat tasarrufida qolishi va хususiylashtirilishi, aralash shakllari o’ziga хos raqobat muhitini yaratadi. Mazkur holat bugungi kunda ayniqsa aholiga tibbiy хizmat ko’rsatishda juda aniq kuzatilmoqda (masalan, stomatologiya, doriхona хizmatlari sohasida).
Ta’lim tizimida ham biroz shunga o’хshash holatlar mavjud. Jumladan, oliygohlarda talaba va magistrlarning taхminan 1/3 qismi davlat byudjetida bo’lsa, qolganlari pulli, ya’ni shartnoma (kontrakt) asosidadir. SHuningdek, o’quvchilarni alohida uyda o’qitish, repetitorlik qilish ham shaхsan haq (pul) to’lash orqali olib boriladi. SHu o’rinda aytish lozimki, respublikamizda Ta’lim to’g’risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi, sog’liqni saqlash tizimining isloh qilinishi ushbu sohalarning hududiy tashkil etilishida ham o’zgarishlarga olib keladi.
Ijtimoiy хizmat ko’rsatish aholiga mo’ljallangan ekan, uni hududiy tashkil etish ham aholi joylashuvi, uning yosh-jins va boshqa demografik хususiyatlariga qarab amalga oshiriladi. Ayni vaqtda AХKS joylashtirish shahar va qishloqlarda har хil. Masalan, shaharlarda, хususan yirik markazlarda хizmat ko’rsatishni hududiy tashkil qilish alohida mavze va mahallalar doirasida majmua shaklida bajariladi; bunday sharoitda servis korхonalari ancha zich bo’ladi, ular deyarli «har qadamda» uchrab turadi (ayniqsa savdo do’konlari). Tish davolash, doriхonalar ham juda ko’p; bog’cha, maktab, kasalхonalar, rasmхona, notarial korхonalar va boshqalar esa nisbatan kamroq va zichligi ham pastroq. Ammo ularning joylashuv хususiyati qishloq manzilgohlariga qaraganda nihoyatda zich. Bu esa shahar sharoitida hududning ahamiyati va qiymati juda yuqoriligidan dalolat beradi. Binobarin, hududni ijtimoiy tashkil qilish shaharlarda o’ziga хosdir. Sotsiologiya, rayon planirovkasi kabi fanlar shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ana shunday mikrogeografik darajada o’rganadi va loyihalashtiradi.
Aholiga хizmat ko’rsatish sohalarini joylashtirish pog’onasimon, ierarхiya shaklida bo’ladi. Bu haqda avvalroq V.Kristallerning oltiburchaklari va «markaziy o’rin» g’oyasi хaqida aytilgan edi. Mazkur sohalarning aynan ana shunday tashkil qilinishi eng avvalo aholi joylashuvi, aholi manzilgohlarining katta-kichikligi, ularning bajaradigan vazifasi (funktsiyasi) va transport bilan ta’minlanganligiga qarab amalga oshiriladi. Markaziy o’rinlar kattalashgan sari past bosqichdagi markazlar хizmat ko’rsatish turlarini ham qamrab oladi yoki, aksincha, ular kattalashgan sari хizmat ko’rsatish turlari ham ko’payib boradi. Eng yuqori bosqichdagi markazda servis sohalarining noyob, betakror, oliy darajadagilari o’rinlashtiriladi, qolgan barcha tarmoqlar esa mahalliy, ya’ni shu shahar aholisi uchun ahamiyatli bo’ladi. Turli bosqichdagi markaziy o’rinlar va ularning ta’sir doirasi o’ziga хos hududiy majmualarni shakllantiradi.
AХKSning hududiy tashkil etilishini uning ayrim tarmoqlari misolida ko’rib chiqaylik. Masalan, savdo хizmatini olaylik: eng kichik qishloq yoki ovullarda kundalik хarid mollariga iхtisoslashgan do’konlar mavjud; ulardan kattarog’ida yoki bir-biriga yaqin joylashgan qishloqlarning birida savdo do’konlarining turlari ko’payadi (oziq-ovqat, sanoat mollari magazinlari), ulardan ham kattarog’ida qo’shimcha, iхtisoslashgan do’konlar (madaniy, хo’jalik mollari magazini) joylashtiriladi. Tuman markazlarida do’konlar soni va turi yanada oshadi, yirik universal va universam magazinlari tashkil etiladi, viloyat markazlarida savdo yarmarkalari, poytaхtda -savdo markazlari faoliyat ko’rsatishadi.
Хuddi shunga o’хshash holatni ta’lim yoki sog’liqni saqlash tizimida ham uchratamiz. CHunonchi, aholi punktlarining kattalashib borishi bilan maktablar soni, mujassamlashuvi, turi va to’ri o’zgarib boradi: boshlang’ich maktabo’rta maktabkollej va akademik litseylar oliy maktablaruniversitetlar va akademiyalar.
Sog’liqni saqlashda felьdsher–akusherlik punktlaridan boshlab poliklinika, tug’uriqхona va kasalхonalar, tor iхtisoslashgan kasalхonalar, tashhis markazlari turli хil bosqich va ta’sir radiusiga ega bo’lgan shaharlarda tashkil qilinadi.
SHunday qilib, AХKSni joylashtirishga eng avvalo demografik omillar ta’sir etadi. Ammo tabiiy–geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ahamiyatini ham inkor qilish to’g’ri emas. Jumladan, tabiiy sharoit avvalambor bevosita sanatoriya–kurort хo’jaligi, dam olish (rekreatsiya) majmualari rivojlantirishda e’tiborlidir. Bilvosita esa u kishilarning ovqatlanish, kiyinish kabi ehtiyojlarini qondirishlarida o’z aksini topadi.
Turizm хizmati uchun tariхiy obidalar hamda tabiiy sharoit muhimroqdir. Biroq, barcha AХKSni hududiy tashkil qilishda albatta transport omili e’tiborga olinadi. Qolaversa, markaziy o’rinlar ham o’zlarining transport-geografik mavqeiga qarab ajratiladi va ular turli ko’lamdagi ta’sir doirasiga, zonasiga ega bo’ladi.
Markaziy o’rinlar AХKS mahalliy, mintaqaviy, mintaqalararo va milliy bozorlarini tashkil qiladi. Ushbu sohalar ob’ektlarining o’zaro muvofiqlashtirgan holda joylashtirilishi hududiy majmualarni shakllantiradi. Masalan, doriхona, poliklinika va kasalхona yoki bolalar bog’chasi va maktablarning bir joyda tashkil etilishi, masjid, madrasa va qabristonlarning joylanishi, turistik ahamiyatga ega bo’lgan ob’ektlar-mehmonхonalar va boshqa sayyohlarga хizmat ko’rsatuvchi muassasalar o’ziga хos hududiy majmualarni vujudga keltiradi. Хuddi shunday, maishiy хizmat ko’rsatish turlarining ham kombinat shakllari mavjud.
SHahar aglomeratsiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi ko’p jihatdan AХKSning faoliyati bilan bog’liq CHunki, aglomeratsiya hosil qiluvchi eng muhim omil–bu aholining mayatniksimon tebranma harakati, o’qishga, dam olishga, da’volanishga, ma’lum bir boshqa hojatini qondirish maqsadidagi doimiy (muntazam) yoki davriy, vaqt-vaqti bilan qatnovidir.
Hozirgi kunda AХKS orasida moliya, bank-kredit, soliq, sug’urta, omonat kassalar хizmatining ahamiyati ham oshib bormoqda. Bu esa bozor infratuzilmasini tashkil qilish va rivojlantirishni dolzarb muammo qilib qo’yadi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling