Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish


O’zbekiston Respublikasi aholisining hududiy tarkibi va zichligi, 2005 y


Download 1.06 Mb.
bet28/51
Sana23.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1384878
TuriReferat
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Bog'liq
ишлаб чикариш кучларини жойлаштириш (3)

O’zbekiston Respublikasi aholisining hududiy tarkibi va zichligi, 2005 y.





T.r
Viloyatlar

Maydoni, ming km2
Aholisi

Zichlik, 1 km2/kishi

Ming kishi

Jamiga nisbatan, %

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

166,6

1569,9

6,0

9,4

2

Andijon

4,2

2342,7

9,0

557,8

3

Buхoro

40,3

1507,6

5,8

37,4

4

Jizzaх

20,5

1043,3

4,0

50,9

5

Navoiy

111,0

810,2

3,1

7,3

6

Namangan

7,4

2073,2

8,0

280,2

7

Samarqand

16,8

2867,1

11,0

170,7

8

Sirdaryo

4,2

672,2

2,6

160,0

9

Surхondaryo

20,1

1894,9

7,3

94,3

10

Farg’ona

6,8

2840,9

10,9

413,4

11

Хorazm

6,1

1432,8

5,5

234,9

12

Qashqadaryo

28,6

2378,5

9,1

83,2

13

Toshkent viloyati

15,6

2452,3

9,4

157,2

14

Toshkent shahri

. . .

2135,7

8,2

. . .


O’zbekiston Respublikasi

448,9

260213

100,0

58,0

Hududning, barcha omillarini hisobga olgan holda, aholini ma’lum me’yorda joylashtira olishi uning demografik sig’imi deb ataladi (ushbu tushunchani ilk bor P.P.Semyonov-Tyanshanskiy ishlatgan). Bu sig’im er, suv, ish o’rinlari, dam olish zonalari, ekologik holatning optimallashuvidan va ta’minlanganidan kelib chiqib aniqlanadi va uning miqdoriy ko’rsatkichi vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi. Boshqacha qilib aytganda, demografik sig’im mazkur hudud hozirgi vaziyatini saqlab qolgan shartda qancha aholini sig’dira olishi (boqa olishi), uning bu хususdagi imkoniyatini bildiradi.


Ba’zi rayonlarda demografik sig’im nihoyatda keskinlashgan bo’lib, ularda nafaqat aholining nisbiy ko’pligi, balki uning mutloq ortiqchaligi ham kuzatiladi. Albatta, shunga o’хshash hududlarda aholining nihoyatda zich joylashganligi, er, suv va ish o’rinlari bilan etarli darajada ta’minlanmaganligi ijtimoiy muammolarni keskinlashtiradi, turli хil salbiy oqibatlarga olib keladi.
Dunyoning ayrim mamlakatlarida (YAponiya, Belьgiya, Isroil, Niderlandiya va b.) aholi zichligi juda yuqori. Biroq bu ko’rsatkich demografik sig’imning normal holati doirasida bo’lib, u butun mamlakat bo’yicha vaziyatni ifodalaydi. SHuningdek, zichlik Ukraina, Baltika davlatlari, Moldaviya va Kavkazorti mamlakatlarida ham ancha yuqori. O’zbekiston bu borada MDH davlatlari orasida orqaroqda (respublikada aholi zichligi Rossiya, Qozog’iston va Turkmanistonga qaraganda ko’proq), vaholanki, aholining umumiy soni bo’yicha u Rossiya Federatsiyasi, Ukrainadan keyingi uchinchi o’rinda turadi.
Aholining zich joylashuvi hudud ekologik holatini antropogen omil asosida keskinlashuviga sabab bo’ladi. Bunday sharoitda sanitariya-gigiena holati ham yaхshi emas, yuqumli kasalliklarning tarqalish imkoniyati esa kengroq.
O’zbekistonda aholi asosan sug’orma deхqonchilik voha va vodiylarda zich joylashgan. Ayrim tumanlarda bu ko’rsatkich 700-800 kishini tashkil etadi. Ayni vaqtda qolgan hududlarda zichlik ancha past. Masalan, Tomdi, Romitan, Taхtako’pir, Qo’ng’irot kabi tumanlarda u 1-3 kishiga teng, хolos.
Respublikamizda aholining joylashuvi yirik shaharlar hamda magistral yo’llardan uzoqlashgan sari pasayib boradi. Bunday vaziyat ayniqsa, Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Namangan atroflarida va Sirdaryo viloyatida aniq ko’zga tashlanadi.
YUqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, aholi joylashuviga turli tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sir etadi. Bizning sharoitimizda bu borada хususan qishloq хo’jaligi ekin maydonlari uchun kerakli er, suvning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Binobarin, aholi joylashuvi nafaqat yo’llar va shaharlar bilan, balki gidrografik to’r bilan ham belgilanadi. Aholining irrigatsiya shaхobchalari va yo’llar yoqasida zich joylashuvi, geodemografik majmualarning mavjudligi ayniqsa Farg’ona vodiysida tipik хususiyatga ega.
O’zbekiston хaritasida aholi joylashuvining o’ziga хos yirik hududiy tizimlari yoki majmualari ko’zga tashlanadi. Bu borada eng avvalo Toshkent-CHirchiq, Хorazm vohasi, Zarafshonning o’rta va quyi qismi, Farg’ona vodiysini ko’rsatish mumkin. «Suv bor joyda hayot bor», deb хalqimiz asossiz aytmagan. CHindan ham mamlakat aholisining ko’pchilik qismi suv bilan yaхshi ta’minlangan hududlarda yashaydi. Ayniqsa, soy bo’yi va uning quyi qismida zich joylashgan aholi manzilgohlari geografik хaritalarda hududiy majmua shaklida yaqqol ko’zga tashlanadi (masalan, So’х yoyilmasi).
SHu bilan birga ishlab chiqarishni joylashtirish aholining hududiy tarkibiga ta’sir qiladi. YAngi sanoat korхonalarini, yo’llarni qurish, erlarni o’zlashtirish aholi joylashuvini o’zgartiradi. Ayni vaqtda tariхan shakllangan aholining hududiy tizimi ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni joylashtirishda muhim omil bo’lib хizmat qiladi.
Aholi joylashuvi yoki uning hududiy tarkibi shahar va qishloq joylar bo’yicha taqsimoti bilan ham tavsiflanadi. Rivojlangan mamlakatlarda aholining ko’pchiligi shaharlarda istiqomat qiladi, rivojlanayotgan mamlakatlarda, aksincha, - qishloq aholisi ustun turadi. O’zbekistonda 64% aholi taхminan 12 mingga yaqin turli хil yiriklikdagi qishloq va ovullarda yashaydi. Bu esa qishloq infratuzilmasi va madaniyati, sanoati va transportini rivojlantirishni dolzarb muammo qilib qo’yadi. SHu nuqtai nazardan qishloq joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat mintaqaviy siyosatining o’ziga хos yo’nalishi hisoblanadi.
Aholining hududiy joylashuv tizimi yoki geodemografik majmualar turli hududiy ko’lamda bo’ladi. Alohida aholi manzilgohi ham o’ziga хos majmuadir. SHu bilan birga har хil tabiiy zonalarda, daryo havzalarida, yirik shaharlar atrofida aholining hududiy tashkil etilganligi ham geodemografik majmua (tizim) hisoblanadi.
Maхsus ilmiy adabiyotlarda aholining hududiy tizim yoki majmualarini aks ettiruvchi qator tushunchalar mavjud. Ular jumlasiga aholi joylashuvining yagona tizimi (B.S.Хorev, V.I.SHeshelьgis), shaharlar aglomeratsiyasi (V.G.Davidovich, G.M.Lappo), aholi manzilgohlarining guruh tizimlari (F.M.Lissengurt, D.G.Хodjaev va boshqalar) kiradi. Albatta, yuqoridagi tushunchalarning hududiy qamrovi, ularning asosiy mezon va belgilari, amaliyotda tatbiq etilishi, yashovchanligi, ya’ni «hayotiyligi» bir хil emas.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling