Ishlab chiqarish nazariyasi reja I. Kirish II. Asosiy qism


Download 0.92 Mb.
bet1/10
Sana08.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#246944
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ishlab chiqarish nazariyasi reja I. Kirish II. Asosiy qism


ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI

REJA

I. Kirish

II. Asosiy qism

1. Rejalashtirish va prognozlashning mohiyati, ahamiyati va vazifalari

2. Rejalashtirishning tamoyillari va usullari

3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi

4. Ishlab chiqarish rejasini tuzib chiqish va tasdiqlashni tashkil etish

5. Rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari

6. Prognozlash maqsadi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Bozor iqtisodiyotiga o`tishda, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirish va shu asosda jamiyat ahzolarining moddiy va mahnaviy farovonligini tahminlashda xalq xo`jaligining yetakchi tarmog`i bo`lgan sanoatning mavqei alohida o`rin egallaydi. Ana shu juda muhim soha iqtisodiy asoslarining ham nazariy, ham amaliy mohiyati va ahamiyatini tushunadigan, bu boradagi barcha yangiliklar va tashkiliy o`zgarishlarni his eta oladigan iqtisodchilarni tayyorlashda «Sanoat iqtisodiyoti» fanining roli alohida ahamiyat kasb etadi.

Bu fanning asosiy maqsadi ilm-toliblarida zamonaviy iqtisodiy fikrlashni, mamlakat milliy iqtisodiy-ijtimoiy ishlab chiqarish tizimida sanoat kompleksining egallagan o`rnini tavsiflash, xalq xo`jaligi va aholining sanoat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va sanoat ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish zaruriyati to`g`risidagi umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan iborat.

«Sanoat iqtisodiyoti» fani talabalarga nafaqat muayyan axborot, mahlumotlar, bilim va ilm berishi, balki ularni o`z faoliyatining eng muhim yo`nalishlarini to`g`ri tanlab olishga, murakkab iqtisodiy muammolarning yechimini topa bilishga o`rgatishi kerak.

Talabalarning bu fan bo`yicha bilim va malakalarini shakllantirishning asosini mahruzalar, amaliy mashg`ulotlar, mustaqil ishlar, ilmiy-tadqiqotlardagi ishtiroki tashkil etadi.

Ma`ruzalar talabalarga nazariyaning asosiy negizlarini yoritib bersa, seminar va amaliy mashg`ulotlar mahruza materiallarini mustahkamlashga, fanni chuqur o`rgatishga, materialni yozma va og`zaki bayon etib berish sanhatini egallashga yordam beradi.

«Sanoat iqtisodiyoti» fani umumiqtisodiy mutaxassislik bo`yicha iqtisodiy kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun iqtisodiy darslardan biri bo`lgani bois uni o`qitish alohida darslik va o`quv qo`llanmasi asosida amalga oshirilishi zarur.

Kitobxonga tavsiya etilayotgan o`quv qo`llanma Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «Namunaviy dastur»ga binoan yozilgan. U, eng avvalo, «Iqtisodiyot (sanoat)» ixtisosligi talabalariga mo`ljallangan. CHunki korxona (firma)larning iqtisodiy masalalari alohida kursda, yahni «Korxona iqtisodiyoti» fani bo`yicha o`rgatiladi. Ushbu o`quv qo`llanmadan Akademiyalar, Oliy va o`rta maxsus-tahlim o`quv yurtlarining iqtisod fakulg’tetlarida bilim oluvchi talabalar va o`quvchilar, shuningdek, sanoat ishlab chiqarishini boshqarish, rejalashtirish va prognozlash, tashkil etish sohasida xizmat qilayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling