Ishlab chiqarish nazariyasi reja I. Kirish II. Asosiy qism
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi
Download 0.92 Mb.
|
Ishlab chiqarish nazariyasi reja I. Kirish II. Asosiy qism
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi
Ma`lumki, milliy iqtisodiyot, jumladan, sanoat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun aniq topshiriqlar, yahni xo`jalik vazifalari va amaliy chora-tadbirlar belgilanadi. Ular reja shaklida namoyon bo`ladi. Reja – bu davlat ijtimoiy–iqtisodiy siyosatini, jamoa va shaxs o`z ishlarini amalga oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. SHu sababli reja va rejalashtirish masalasiga alohida ehtibor beriladi va ularning mohiyati, ahamiyati, mazmuni va vazifalarini chuqur bilish zaruriyati yuzaga keladi. Reja – bu biror ish, dastur, tadbir va shu kabilarni amalga oshirishning oldindan belgilangan tartibi, loyihasi. Ko`pincha uni topshiriq deb ham ataydilar. Ishlab chiqarish rejasi har xil bo`lishi mumkin. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish rejasi yoki yagona xalq xo`jaligi kompleksining, ya`ni mamlakat xalq xo`jaligi rejasi, milliy iqtisodiyot va uning real tarmog`I rejasi (sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport va h.k.lar rejasi). Rejaning bir qancha shakllari mavjud: vaqti va muddatiga qarab har qanday reja soatlik, kunlik, haftalik, o`n kunlik, bir oylik, bir kvartallik, bir yillik bir necha yillik bo`lishi mumkin. rejalashtirishning maqsadi va vazifasiga ko`ra reja ikki turga: operativ reja texnik-iqtisodiy rejaga bo`linadi. Bu rejaning ikkinchi turi o`z navbatida ikki shaklda, yahni joriy (taktik) reja va istiqbolli (strategik) reja shakllarida bo`ladi. Reja tuzish va uni ro`yobga chiqarish, yahni reja bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish jarayoni «Rejalashtirish» deb ataladi. «Rejalashtirish» atamasi haqida so`z borganda shuni tahkidlash kerakki, turli ilmiy asarlar, darslik va o`quv qo`llanmalari, entsiklopediya va lug`atlarda turlicha tahriflar berilgan va ular o`zbek tiliga tarjima qilingan. Lekin O`zbekiston SSR ensiklopediyasida «Reja» va «Rejalashtirish» terminlari umuman keltirilmagan, uning o`rniga «Plan» va «Planlashtirish» terminlari ishlatilgan. Mustaqillik, istiqlol va ular tufayli yuzaga kelgan keskin o`zgarishlar bu kategoriyaning mohiyati, ahamiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalarini tubdan tadqiq qilishni talab etadi. Ayniqsa markazlashgan rejalashtirishning tubdan o`zgarganligi va tarmoqlar, korxonalar kata erkinlik olganliklari muammolari o`z yechimini topishi kerak. Bozor va rejalashtirish bir birini taqozo etadi va ularni bir biridan ajratib bo`lmaydi. Bu yerda shuni aytish kerakki, mustaqillikning birinchi yillarida «Reja» va «Rejalashtirish» so`zlaridan qo`rqa boshlagan edik. Buni anglagan Respublika Prezidenti 1995 yil yakunlari va 1996 yil vazifalariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida taajublanib shunday degan edi: «Xorijiy mamlakatlarda, agar fermer foyda olishga ishonmasa unda umuman ishga qo`l urmaydi. Bizda-chi? Hech kim iqtisodiy tahlil bilan shug`ullanmaydi, hech kim yil boshida hisob qilmaydi». Bundan ko`rinib turibdiki, yil boshida rejalar aniqlanmaydi. Reja va rejalashtirish mahlum ko`rsatkichlar tizimi, ya`ni topshiriqlar majmui tariqasida aks ettiriladi. Ular rejaning asosiy g`oyasi, maqsadi va vazifalarini ifodalaydi hamda natijalarini tavsiflaydi. Ko`rsatikichlar yordamida bir qator funktsiyalarni baholash, hisob-kitob qilish va topshiriqlarning mutanosibligini tahminlash mumkin. a
Reja tuzish jarayonida qo`llaniladigan barcha ko`rsatkichlarning belgilanish tartibi, ishlab chiqarish xodimlarining xo`jalik faoliyatida qo`llanish miqyosi va vazifasiga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Belgilanish tartibiga ko`ra ular tasdiqlanadigan va hisoblanadigan ko`rsatkichlarga bo`linadi. Tasdiqlanadigan ko`rsatkichlar yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi. Hisoblanadigan ko`rsatkichlar esa boshqarishning ma`lum bo`g`ini tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Qo`llanish miqyosiga binoan ko`rsatkichlar umumiy va differentsiyalashgan turlarga bo`linadi. Umumiy ko`rsatkichlar sanoat tarmog`ining barcha bo`g`inlari uchun taalluqli bo`lib, ular xalq xo`jaligi va uning tarmoqlari bo`yicha ko`rsatkichlarni o`zaro taqqoslashni ta`minlash maqsadida belgilanadi. Differentsiyalashgan ko`rsatkichlar ham sanoatda amalga oshiriladigan ko`pgina jarayonlarni aniq ifodalashga yordam berib, ularni takomillashtirishga olib keladi. Ishlab chiqarishning xo`jalik faoliyatidagi vazifasiga qarab, plan ko`rsatkichlarini miqdor va sifat ko`rsatkichlariga ajratish mumkin. Miqdor ko`rsatkichlari ishlab chiqarish hajmi, ish haqi fondi, xomashyoga bo`lgan ehtiyojlardan iborat. Sifat ko`rsatikichlari moddiy resurslar va ishchi kuchidan foydalanish darajasini ifodalaydi. Sifat ko`rsatkichlari o`z navbatida sintetik va texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarga bo`linadi. Sintetik ko`rsatkichlar (masalan, mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, mahsulot birligining tannarxi, foyda yoki daromad) korxona faoliyatini har tomonlama aks ettiradi. Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar esa ayrim ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi. Masalan, uskunalardan foydalanish, mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo, yoqilg`i va elektr energiya, ko`p mehnat talab etadigan jarayonlarni mexanizatsiyalash, eng mukammallashgan texnologik jarayonlarni qo`llash shular jumlasidandir. Ko`rsatkichlar rejalashtirish tajribasida eng ko`p ishlatiladigan, belgilanadigan va hisoblanadigan, umumiy va xususiy, miqdoriy va sifat ko`rsatkichlaridan iborat bo`lishi mumkin. Natura ko`rsatkichlar ishlab chiqarishning moddiy buyum nisbatlarini, mahsulotni tayyorlovchi va istehmol etuvchilar orasidagi aloqalarni belgilab, mahsulotning turlari yoki ish hajmining o`lchov birliklari (dona, metr, kubometr, tonna, kilovat-soat va hokazolar) ifodalanadi. Tovar-pul munosabatlari sharoitida qiymat ko`rsatkichlari alohida o`rin egallaydi. Bu ko`rsatkichlar ishlab chiqarishning hajmini, sarflarini va moliyaviy natijalarini aniqlash uchun keng qo`llaniladi. O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlash yo`llaridan biri – sanoatni yuqori surhatlar bilan rivojlantirishdir. Bunga erishish uchun, dastavval, uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko`rsatkichlardan foydalanish kerak bo`ladi. Bir tomondan, qo`llaniladigan ko`rsatkichlar sanoatning umumiy taraqqiyotini ifoda etsa, ikkinchidan, sanoatning o`zining shart-sharoitlarini ifodalovchi ko`rsatkichlar ham mavjud bo`lishi mumkin. Bunday ko`rsatkichlarga asoslanib sanoatning texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari aniqlanadi. Sanoat taraqqiyotini ifodalaydigan ko`rsatkichlar sanoat tarmoqlarining korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmini natural o`lchov birligida, qiymat birligida ifoda etadigan ko`rsatkichlaridir. Sanoat mahsulotlarining hajmini aniqlashda qo`llaniladigan natural birliklar bo`lib kilovat-soat, tonna, kubometr, kvadratmetr, diko-litr, dona va boshqalar hisoblanadi. Bu o`lchovlarga tayangan holda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, O`zbekistonda 2001 yilda 47,9 mlrd. kilovat-soat elektr energiya, 7,3 mln. tonna neftg’, 57,4 mlrd. kubmetr gaz, 428,3 mln. kvadrat metr gazlama va 38,2 mln. dona trikotaj kiyimlari ishlab chiqarish mo`ljallangan edi. Sanoat mahsulotlarining natural o`lchov birliklari orqali barcha sanoat tarmoqlarining rivojlanishini solishtirib bo`lmaydi, chunki bir tarmoqning mahsuloti kilovat-soatda o`lchansa, ikkinchisiniki tonnada, uchinchisiniki kubmetrda o`lchanadi va h.k. SHuning uchun barcha sanoat tamoqlarining ishlab chiqaradigan mahsulotlarini va bajaradigan ishlarini hisoblashda yagona o`lchov birligi bo`lishi lozim. Bu o`lchov birligi har tomonlama bo`lishi kerak. Bunday vazifalarni qiymat ko`rsatkichlari bajaradi. Qiymat ko`rsatkichlari baholar yordamida sanoatning umumiy rivojlanishini, o`sish surhatlari va uning strukturasini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Qiymat ko`rsatkichlarini ishlatishning yana bir afzal tomoni borki, bu har xil tarmoqlar ish faoliyatini bir biriga solishtirish imkoniyatini yaratib beradi. Hozirgi davrda sanoat rejasini tuzishda qo`llaniladigan qiymat ko`rsatkichlari quyidagilardan iborat: yalpi ichki mahsulot, tovar mahsuloti, realizatsiya qilingan mahsulot, normativ sof mahsulot, sof mahsulot. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchta katta guruhga bo`linadi: mehnat buyumlari, mehnat qurollari va xalq istehmol mollari. Mehnat buyumlariga xomashyo, materiallar, yoqilg`i, elektroenergiya va boshqa ishlab chiqarishda qo`llaniladigan buyumlar kiradi. Bu buyumlar sanoatni yuqori surhatlar bilan va samarali rivojlantirish uchun ko`p miqdorda talab qilinadi. Rejalashtirish qanchalik mukammal bo`lsa, taraqqiyot shunchalik muvaffaqiyatli bo`ladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling