Ishlab chiqarish nazariyasi reja I. Kirish II. Asosiy qism


Rejalashtirish va prognozlashning mohiyati, ahamiyati va vazifalari


Download 0.92 Mb.
bet2/10
Sana08.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#246944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ishlab chiqarish nazariyasi reja I. Kirish II. Asosiy qism

1.Rejalashtirish va prognozlashning mohiyati, ahamiyati va vazifalari

Texnikaviy, madaniy va iqtisodiy jihatdan rivojlangan jamiyatda rejalashtirish singari vosita boshqaruv jarayonining kengayishi, fan-texnika taraqqiyoti hamda ehtiyojlarning darajasi va hajmi jihatidan ortishi boshqaruv instantsiyalari, yahni bir-biriga itoat qiladigan tashkilotlar oldiga siyosat, iqtisodiyot va alohida shaxslar, oilalar, maxallalar, korxonalar, hududiy jamoalar, mamlakatlar, shuningdek, butun insoniyat uchun muhim bo`lgan muammolarni quymoqda. Tajriba shuni ko`rsatadiki,

kelajakning murakkab masalalarini hal etish uchun odamlar jiddiy fikr yuritishlari va faol harakat qilishlari darkor. Bunda istalgan maqsadlarni o`z vaqtida anglash va ularga erishish choralarini belgilashning mahqul ko`rinishida ko`maklashadigan loyiha, kontseptsiyalar, asosiy yo`nalishlar ayniqsa zarur bo`ladi. Ehtiyojlarni qondirish uchun mablag` qancha kam bo`lsa, tegishli texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni oqilona boshqarishda ko`maklashadigan vositalar shunchalik tahsirchan bo`lishi lozim.

Ma`lum orzu-umidlar bilan bog`liq bo`lgan boshqaruv vositalaridan biri rejalashtirishdir.



Rejalashtirishloyiha ishlab chiqish bo`yicha axborotni ishlashga asoslangan kelajakda maqsadga erishish uchun parametrlarni aniqlovchi tartibga solingan jarayondir.

Milliy iqtisod va uning sohalari hamda bo`limlari iqtisodiyotida rejalashning qator tahriflari mavjud bo`lib, ular yuqorida keltirilgan tahriflardan turli darajada farq qiladi, Lekin mohiyatan unga o`xshab ketadi. SHunday tahriflardan bir nechtasini keltirish mumkin.




Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling