Ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi
Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo‘l bilan o‘tishi mumkin
Download 426.64 Kb.
|
8-mavzu
Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo‘l bilan o‘tishi mumkin:
1.Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya orqali havo almashinuvi); 2.Tanani o‘rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya); 3.Terining terlab,bug‘lanishi va nafas olish yo‘llari orqali suyuqliklarning bug‘lanishi natijasida. Normal sharoitda, kuchsiz havo harakati bo‘lgan holatda harakatsiz odam organizmi radiatsiya yo‘li bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45%, konveksiya natijasida 30% va terlash orqali 25% yo‘qotish aniqlangan. Bunda teri orqali umumiy issiqlikning 80% ortig‘i, nafas olish a’zolari orqali 13 % va taxminan 5% issiqlik ovqat, suv va havoni isitishga sarflanadi. Radiatsiya va konveksiya orqali issiqlikni yo‘qotish,faqat tashqi muhit harorati tana haroratidan kam bo‘lgan hollarda bo‘lishi mumkin. Shuni aytib o‘tish kerakki, tashqi muhit harorati qancha past bo‘lsa, issiqlik yo‘qotish shuncha kuchli bo‘ladi. Tashki muhit harorati tana haroratidan yuqori yoki teng bo‘lsa,u holda issiqlik ajratish terlab bug‘lanish hisobiga bo‘ladi. 1 gramm terni bug‘latish hisobiga 2,5 kDj (0,6 kkal) issiqlik yo‘qotilishi mumkin. Organizmdan chiqadigan terning miqdori tashqi muhit haroratiga va bajariladigan ish kategoriyasiga bog‘liq. Harakatsiz organizmda,tashqi muhit harorati 15 oS ni tashkil qilsa,terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil kiladi. Yuqori haroratlarda esa (30 oS va undan yuqori), ayniqsa og‘ir ishlarni bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi. Shuni aytib o‘tish kerakki,terlash yo‘li bilan issiqlik sarflash faqatgina tana yuzasida ter bug‘langandagina amalga oshadi. Terni bug‘lanishi esa havoning harakatiga va nisbiy namligiga,kiygan kiyimining materialiga bog‘liq. Tashqi muhitga moslashishning bu xildagi buzilishi va tana haroratining keskin ko‘tarilishi issiqlik gepatermiyasi deb ataladi. Sanoat korxonalarida olib borilayotgan gigiyenik chora-tadbirlar natijasida ishlab chiqarish sharoitida qaltirash kasalligi va issiq urish deyarli yo‘qolib bormoqda. Issiq sexlarning hammasida organizm yo‘qotgan tuzni tiklash uchun maxsus ichimliklar tashkil qilingan. Tashqi nerv sistemalarining sovuq qotishi natijasida suyak sistemalarida radikulit,oyoq qo‘l va bel bo‘g‘inlarida hamda paylarda revmatizm kasalligi, shuningdek plevrit, bronxit va boshqa shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan yuqumli kasalliklar kelib chiqish mumkin. Odam organizmga sovuqning ta’siri,ayniqsa havo harakati kuchli bo‘lib, havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan vaqtda kuchli bo‘ladi. Chunki sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o‘tkazadi va konveksiya orqali issiqlik yo‘qotishni kuchaytiradi. Download 426.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling