Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va tariflari. Ishlab chiqarish sanitariyasi


Download 15.45 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi15.45 Kb.
#1576116
1   2   3   4   5
Bog'liq
P8BAjKKHrob6iq2XVpUkJpWtbx3KzgrtTo395ldg

Mehnat sharoitlari – insonning sog‘ligi va ish qobiliyatiga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarining birligidir. Mehnat sharoitlari gigienik tasniflanishga asosan quyidagi turlarga bo‘linadi: optimal; ruxsat etilgan; zararli; ekstremal (xavfli).
Optimal mehnat sharoitlarida maksimal ish unumdorlik va organizmning minimal zo‘riqishi yuzaga keladi. Har qanday mehnat sharoitlarida muhit va mehnatning zararli omillari darajasi (miqdori) gigienik me’yorlardan ortiq bo‘lmasligi zarur.
Ruxsat etilgan mehnat sharoitlarida muhit va mehnat omillarining gigienik me’yorlari ruxsat etilgan miqdordan (“PDK”- “REM”) ortiq bo‘lmasligi kerak.
Zararli mehnat sharoitlari ishlab chiqarishdagi zararli omillar miqdorini ruxsat etilgan gigienik me’yorlardan biroz ortiqcha bo‘lishi bilan xarakterlanadi va bunday sharoit vaqt o‘tishi bilan sekin-asta inson sog‘ligini yomonlashuviga olib keladi yoki uning nasliga salbiy ta’sir etadi.
Ekstremal mehnat sharoitlari – ish vaqtida zararli va xavfli omillar ta’sirida og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarishi yoki inson hayotiga real xavf tug‘dirishi bilan xarakterlanadi.
Ishlab chiqarishdagi zararli omillarni inson organizmiga ta’sir chegarasi ish joyi maydoni va holati bilan baholanadi.
Mehnat sharoitlarini asosan turt guruh omillarga ajratish mumkin.
Birinchi guruh omillar – atrof muhitning sanitariya – gigiena holati. Bunga havo harorati, atrof-muhitning tozaligi (toza, changlangan, boshqa zararli moddalar bilan ifloslangan va b.), yorug‘lik va shovqin darajasi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh omillarga – mehnat vositalari: ishlab chiqarishda foydalaniladigan mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar va moslamalar kiradi.
Uchinchi guruh omillarga tashkiliy tadbirlar, ya’ni ish va dam olish rejimini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat taqsimoti, mehnat intizomi kabilar kiradi.
Turtinchi guruh – odamlarning o‘zaro munosabatlari, ishchining ish joyi va mehnat natijalariga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liq ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi.

Download 15.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling