Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va tariflari. Ishlab chiqarish sanitariyasi


Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini isitish


Download 15.45 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi15.45 Kb.
#1576116
1   2   3   4   5
Bog'liq
P8BAjKKHrob6iq2XVpUkJpWtbx3KzgrtTo395ldg

Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini isitish. Isitish qurilmalari Davlat standartlari talablari asosida me’yoriy mehnat sharoitini ta’minlash maqsadida, ish zonasi havosi haroratining belgilangan miqdorda bo‘lishini saqlashga xizmat qiladi.
Isitish qurilmalariga qo‘yilgan asosiy talablar ishlab chiqarish xonalarida havo haroratini me’yoriy miqdorda sanitar-gigienik talablar asosida saqlash va ishchilar uchun sog‘lom ish sharoitini ta’minlashdan iboratdir. Ishlab chiqarishda asosan mahalliy va markaziy isitish tizimlari ishlatiladi.
Mahalliy isitishelektrik, gazli yoki boshqa turdagi issiqlik manbaidan (ko‘mir, o‘tin va b.) foydalanuvchi isitish jihozi yordamida amalga oshiriladi va ular asosan asosiy ishlab chiqarish binolaridan uzokda joylashgan binolarda, hamda mashina va traktorlarning kabinalarida ishlatiladi.
Markaziy isitish suv, bug‘, suv-bug‘ bilan va havo bilan ishlovchi qurilmalarga bo‘linadi.
Yuqori bosimli suv bilan isitish tizimi mexanik suv aylanishini yuzaga keltiruvchi yopiq tizimdan tashkil topgan bo‘ladi. Yuqori bosimli isitish tizimlari, jumladan isitish jihozlarida harorat 120-135 0C ga etadi.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish. Ishlab chiqarish xonalarini shamollatish deb xonadagi iflos havoni haydab, o‘rniga toza havo uzatuvchi tashkillashtirilgan va rostlanuvchi havo almashish tushuniladi. Shamollatish qurilmalari havo almashish usuliga ko‘ra tabiiy va sun’iy (mexanik) turlarga bo‘linadi.
Tabiiy havo almashinish xona tashqarisi va ichidagi havo bosimi orasidagi farq asosida amalga oshiriladi. Tabiiy shamollatish qurilmalarida havo almashish samaradorligini oshirish maqsadida deflektor (deflegmator)lardan foydalaniladi.
Ishlab chiqaish xonalariga havo shamollatish kanallari orqali mexanik vositalar asosida uzatilsa yoki chiqarilsa, bunday havo almashish tizimi mexanik yoki sun’iy deb ataladi.
Mexanik havo almashish tizimi umumiy, mahalliy, aralash, avariyaga oid va havoni konditsionirlash kabi turlarga bo‘linadi.
Download 15.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling