Ishlab chiqarish sikli va uning davomiyligini qisqartirishning iqtisodiy ahamiyati
Download 36.17 Kb.
|
1 2
Bog'liqishlab chiqarish
Qisqa xulosalar.
Ishlab chiqarish jarayoni - mahsulot ishlab chiqarish uchun mehnat resurslari va ishlab chiqarish vositalari harakatlarining majmuidir, yoki boshqacha qilib ta’rif berilsa, ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat qurollari yordamida mehnat buyumlariga maqsadga muvofiq ta’siri. Texnologik jarayon buyumlar holatini o’zgartirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni bir qismidir. Texnologik operatsiya ish o’rnining ishlov berilayotgan mahsulotning va ishchining o’zgarmasligi bilan xarakterlanadi. Ana shu elementlardan birortasining o’zgarishi bir operatsiya tugab ikkinchisi boshlanganidan dalolat beradi. Ishlab chiqarishni samarali tashkil etish tamoyillari: parallellik, proprsionallik,aniqlilik, uzluksizlik, maromiylik, ixtisoslashuv. Buyumlar partiyasini tayyorlash sikli materiallarni ishlab chiqarishga kelib tushgan vaqtdan detallarni ishlab chiqarishni tugatishgacha bo’lgan kalendar vaqtdir. Ishlab chiqarish sikli ko’rsatkichi ichki rejalashda xususan korxona, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturini asoslashda, mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayonidagi harakati kalendar grafigini tuzishda, tugallanmagan ishlab chiqarish va aylanma vositalar miqdorini aniqlashda keng qo’llaniladi. Texnologik sikl davomiyligi bajariladigan operatsiyalar mehnat sig’imi va detallar partiyasining operatsiyadan mehnat buyumlarining harakat turiga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarining 3 xil harakat turi kuzatiladi- ketma- ket, parallel, parallel ketma-ket. Download 36.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling