Ishlab chiqarish ta’limini
Download 21.75 Kb.
|
Ishlab-chiqarish-talimini-rejalashtirish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- PROGNOZ (Basharot)
- Rejalashtirish
Prognozning maqsadi – bozorga ta`sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo`jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste`molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta`sir ko`rsatishi, an`anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarini belgilashdadir.
PROGNOZ (Basharot) – bu, korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to`g`risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir. Rejalashtirish va prognozlashtirish o`zaro aloqada bo`lgan ikkita jarayon bo`lib, xo`jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko`zda tutadi. Prognozlarni ishlab chiqish jarayoni prognoz qilish, ya`ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko`ra bilish deb ataladi. Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo`lib, bu jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari atrofda ro`y berayotgan o`z- garishlarni inobatga olgan holda vaqt bo`yicha aniqlanadi va belgi- lanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. Mazmuniga ko`ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish turlariga bo`linadi. Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtiso- diy, texnik, ijtimoiy va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashti- rish turi bo`lib, asosan bir yilga mo`ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy ri vojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi. Mazkur rejalashtirish turining soddalashtirilgan ko`rinishi ko`pincha korxona faoliyatining yillik rejasi deb ataladi. Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari prognoz qilish ham katta rol o`ynaydi. Prognoz qilish xo`jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko`ra bilishini ifodalaydi. Prognoz qilish rejalashtirish tavsifida o`z aksini topadi: ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish –o`rta va uzoq muddatli prognozlar asosida hamda joriy rejalashtirish – qisqa muddatli prognozlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo`nalishlarning ikkalasi ham o`zaro uzviy aloqada o`lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning real voqeligi bilan bog`laydi. Download 21.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling