16-LABORATORIYA ISHI
PAXTA CHIGITI SHELUXASIDAGI BUTUN CHIGIT VA MAG’IZNING
MASSA ULUSHINI ANIQLASH
Asboblar: 2-sinf laboratoriya tarozisi; 4-sinf laboratoriya tarozisi; pichoq yoki scalpel, ajratish taxtasi.
Ishning bajarilishi. Sheluxa namunasidan diagonal bo’lish usuli orqali 100gr atrofida tortma ajratib olinadi 0,0lgr aniqlikda tarozida tortilgandan so’ng, uni teshklarining diametri 2mm bo’lgan elakda elanadi. Elakdan o’tgan va elakda qolgan fraksiyalarni ajratish taxtasida sheluxa, mag’iz (butun va bo’lakchalar) va moyli changga ajratiladi. Elakda qolgan sheluxadan esa qo’shimcha, paypaslash orqali butun chigitlar ajratib olinadi. Ajratib olingan butun chigitlarni 2-sinfga mansub tarozida 0.001gr aniqlikda tortiladi. Shundan so’ng chigitlar ikkiga bo’linadi va ularning ichidan mag’zi ajratib olinadi. Uni elakdan o’tgan va elakda qolgan fraksiyalardagi mag’iz, shuningdek moyli chang bilan qo’shib tortiladi.
Sheluxadagi butun chigit va mag’izning massa ulushi X alohida-alohida namuna og’irligiga nisbatan foizlarda (9) formula orqali aniqlanadi.
Ikkita parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,2% dan oshmasligi kerak.
17-LABORATORIYA ISHI
QOBIQDAGI NAMLIK,EFIRDA ERUVCHI MODDA(XOM YOG’)NING MASSA ULUSHINI ANIQLASH
17.1.Qobiqdagi namlikning massa ulushini aniqlash
Asboblar: quritish shkafi; 2-sinf laboratoriya tarozisi; sayqallangan qopqoqli stakanchalar; eksikator.
Ishning bajarilishi. Quritilgan va laboratoriya tarozisida tortilgan stakanchaga 3-5gr maydalanmagan qobiqdan solinib, 130°C da 40 minut davomida quritish shkafida quritiladi va tortiladi. Barcha tarozida tortib olish amallari 0,00lgr aniqlikda olib boriladi.
Namlikning massa ulushi X (%da) (1) formula bo’yicha aniqlanadi. Ikkita parallel aniqlashlar orasidagi farq paxta chigiti uchun 0,3% dan, qolgan urug’lar qobiqlari uchun 0,5% dan oshmasligi kerak.
17.2.Qobiqdagi efirda eruvchi moddalar xom yog’larning massa
Do'stlaringiz bilan baham: |