17.2.2.Paxta chigiti sheluxasidagi efirda eruvchi moddalarning
massa ulushini to'liq ekstraksiya usuli bilan aniqlash
Apparat, reaktiv va materiallar: 2-sinf laboratoriya tarozisi; quritish shkafi; maydalagich; Sokslet apparati (bundan tashqari Zaychenko yoki Naab apparati ham bo’ladi); suv hammomi; 250 sm3 sig’imli konussimon kolba; dietil efiri; petroley efiri; filtr qog’oz; gigroskopik paxta.
Ishning bajarilishi. Diagonal bo’lish usuli bilan ajratib olingan, tarozida 0.001gr aniqlikda tortilgan, 5-6 gr paxta chigiti sheluxasidan olinadi va hovonchada yoki mexanik maydalagichda maydalanadi (maydalanish tartibi boshqa urug’lar po’chog’ini maydalash kabi bo’ladi). Olingan mahsulotni ekstraksion patronga o’tkaziladi va uni Sokslet, Zaychenko yoki Naab apparatiga joylashtiriladi. Ekstraksiyani 40-45°C haroratda haydalgan petroley efiri bilan amalga oshiriladi.
Qolgan jihatlar bo’yicha tajriba, urug’dagi moyning massa ulushini aniqlash tajribasi kabi bo’ladi.
Moyni to’liq ajralganligini tekshirish, ekstraksiya Sokslet apparatida amalga oshirilganda 5 soatdan so’ng, Zaychenko apparatida amalga oshirilganda 3 soatdan so’ng, Naab apparatida amalga oshirilganda esa 3-4 soatdan so’ng amalga oshiriladi. Natijalar hisobi (5.6) formulalar bo’yicha amalga oshiriladi.
Parallel aniqlashlar orasidagi farq 0,15% dan oshmasligi kerak.
17.2.3.1.Kungaboqar po’chog'idagi xom yog’ning massa ulushini refraktometrik usul bilan aniqlash
Umumiy tushunchalar. Usul mohiyati, namunadagi moy va maxsus erituvchi (monobromnaftalin yoki monoxlornaftalin)dagi moy miqdorini tezda muvozanatga kelishi va erituvchini nur sindirish ko’rsatkichlari farqi bo'yicha moyni eritnaga o’tgan miqdorini aniqlashga asoslangan.
Apparat reaktiv va materiallar: 2-sinf laboratoriya tarozisi; 4-sinf laboratoriya tarozisi, refraktometr; siqish qurilmasi; stakancha chinni hovonchada, monobromnaftalin yoki monoxlornaftalin, filtr qog’ozi.
Do'stlaringiz bilan baham: |