Ishlab chiqarish texnologiyalari


Download 26.5 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1143552
Bog'liq
3.noyabr bayonnomasi 2


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASIDA IJRO INTIZOMINING BAJARILISHI YUZASIDAN O’TKAZILGAN YIG’ILISH
BAYONNOMASI № 9


3.11.2022 yil Guliston


Qatnashdilar:kafedra mudiri
va kafedra professor-o’qituvchilari.


KUN TARTIBI:


1.Yuqori tashkilotlar va fakultet dekani tomonidan kelgan xat va farmoyishlar ijrosi mazmunini o’rganish to’g’risida.


2. Kafedrada ish yuritish va ijro intizomini bajarilishi muxokomasi.

Ushbu masala yuzasidan yig’lish raisi, kafedra mudiri, t.f.n. dotsent


K.K.Sattarov so’zga chiqib, 2022-yil oktabr oyi mobaynida kafedraga yuborilgan O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Vazirlikning buyruqlari, modemlari va fakultet dekanati tomonidan jo’natilgan farmoyishlarning mazmuni bilan kafedra jamoasini tanishtirdi.Jamoa a'zolari farmoyishni diqqat bilan tingladilar.O'zlarini qiziqtirgan yoki tushunmagan savollarini berdilar.Va savollariga javob oldilar.
2.masala yuzasidan xam kafedra mudiri K.K.Sattarov so’z olib kafedraga ushbu hafta moboynida fakultet dekanati tomonidan 2 ta farmoyish kelgan bo’lib, ularning ijrosi quydagicha bajarilganligini bayon etdi:

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, kafedrada talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida kafedra qoshida mutaxasisliklar bo’yicha to’garaklar ish faoliyati yo’lga qo’yildi.To'garaklar va ularning faoliyati haqida talabalar o'rtasida kichik yig'ilish o'tkazilib tushuntirish ishlari olib bordilar.Talabalar bu yangilikni katta qiziqish bilan kutib olishdi va to'garaklarda hozirgi kunda ham faol ishtirok etmoqdalar.




2. “Oziq-ovqat texnologiyalari” yo’nalishida o’qiyotgan talabalarni ijtimoiy ma’naviy muxitini yaxshilash.Bu bo'yicha turli tadbirlar,suhbatlar o'tkazish.Ularni o'rtasidagi do'stona muhitni shakllantirish va rivojlantirish.




3.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Yashil makon” umummilliy loyixasini e’lon qildi. Kafedraning barcha o’qituvchilariga “Yashil makon” umummilliy dasturi bilan tanishtirildi va amalga oshirish lozim bo’lgan ishlar .ko’chat ekish va ekilgan ko’chatlarni parvarish qilish vazifasi topshirildi.Barcha o'qituvchilar faol ishtirok etishmoqchiligini bildirishdi.


4.2022/2023-o’quv yili uchun shartnoma asosida o’qiyotgan talabalarga to’lov shartnoma asosida kontraktlarning 50%ni to’lashning oxirgi muddati 1-noyabrgacha ekanligi to’g’risida ma’lumot etkazildi.
.
Shu bilan birga kafedra mudiri barcha kelgan farmoyish va buyruqlarning ijrosini o’z vaqtida ta’minlanishi lozimligini o’z so’zida bildirib o’tdi.
Yuqoridagi masala yuzasidan yig’ilish


QAROR QILADI:

1.Kafedra mudiri K.Sattarovning Yuqori tashkilotlar va fakultet dekani tomonidan kelgan xat va farmoyishlar ijrosi mazmunini to’g’risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2.Kafedraga yuqori tashkilotlardan kelgan barcha xat va farmoyishlar ijrosi ta’minlashni kafedraning kabenet mudiri Samatova M zimmasiga yuklatilsin.

3.Kafedrada ijro intizomini o’z vaqtida bajarilishini nazorati kafedra mudiri K.Sattarov zimmasida qoldirilsin.


nazorat qilish kafedra mudiri K.Q.Sattarov zimmasida qoldirilsin.




Yig’ilish rahbari; K.Q.Sattarov
Yig’ilish kotibasi: G.To’xtamishova
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling