Ishlab chiqarish texnologiyalari


Qurilishning texnik-iqtisodiy asoslanishi


Download 1.08 Mb.
bet48/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

Qurilishning texnik-iqtisodiy asoslanishi
Sanoat korxonalari, inshootlar, turar joy va jamoat binolari hamda boshqa obektlar loyihalar va smetallar asosida quriladi. Loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlanmagan obektlarda qurilish va montaj ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Qurilish uchun mo‘ljallangan sanoat obektining muhim texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ularning tarkibi, quvvati, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulot xili va miqdori, uning tannarxi va ishlab chiqarishning rentabilligi, ish kuchi soni va mehnat unumdorligi, umumiy va solishtirma kapital quyilmalar summasi hamda ularning qoplanish muddati va boshqalar kiradi.
Amalga oshirilayotgan qurilishlarning keng ko‘lami katta pul mablag‘lari va material-texnika resurslari sarflashni talab etadi. Qurilishda standart va unifikatsiyalangan materiallar, detallar va konstruksiyalardan, tipik loyiha yechimlaridan foydalanilsa, ishlarni loyihalash va bajarish yagona normalar va qoidalar bo‘yicha yuritilsagina, bu mablag‘lardan samarali foydalanish mumkin.
11.5. Qurilish jarayoni va ishlari hakida tushunchalar
Obektlar qurishga har xil qurilish materiallari, detallari, konstruksiyalari kerak bo‘ladi, turli-tuman qurilish-montaj ishlarini bajarishga to‘g‘ri keladi.
Obektni qurish jarayoni qurilish ishlab chiqarishi deb ataladi.
Qurilish-montaj ishlari har xil qurilish jarayonlaridan tashkil topadi. Bunday ishlar natijasida konstruksiyalar, bino va inshootlar paydo bo‘ladi.
Qurilish jarayoni bir necha operatsiyalar majmuidan iborat bo‘lib, ularni bajarish natijasida konstruktiv element yoki uning qismi tarzidagi tugal mahsulot (masalan, g‘isht devor, suvoq va h. k.) hosil bo‘ladi. Qurilish jarayonlari oddiy va murakkab (kompleks) bo‘lishi mumkin. Oddiy jarayonlarni bir kasbdagi ishchilar, murakkab jarayonlarni esa har xil kasbdagi ishchilar bir vaqtda bajaradi. Masalan, g‘isht teruvchilar zvenosi oddiy jarayonni bajaradi, ya’ni g‘isht terishadi, faqat g‘isht teruvchilardangina emas, balki boshqa kasbdagi ishchilar jamoasidan tuzilgan kompleks brigada esa murakkab (kompleks) qurilish jarayonini bajarishadi, ya’ni binoning g‘isht devorini ko‘tarishadi.
Qurilish ishlari nimaga mo‘ljallanganiga qarab asosiy, yordamchi va transport jarayonlariga bo‘linadi.
Asosiy jarayonlar deganda ularni bajarish natijasida inshoot yoki konstruksiyalarning bir qismi, ya’ni qurilish mahsuloti yaratiladigan jarayonlar tushuniladi.
Yordamchi jarayonlar natijasida esa qurilish mahsuloti yaratilmaydi, lekin ular asosiy yumushlarni bajarish uchun zarur bo‘ladi. Masalan, yer ishlarini bajarishda transheya yoki kotlovanlarning devorini mustahkamlash, suvoq va g‘isht terish ishlarini bajarishda suvoqchi va g‘isht teruvchilar uchun havozalar qurish va hokazolar shular jumlasiga kiradi.
Transport jarayonlariga materiallar va tayyor detallarni qurilayotgan obekt yoki ish o‘rniga tashishga oid ishlar kiradi.
Shu bilan birga, qurilishdagi barcha ishlar shartli ravishda umumqurilish va maxsus ishlarga bo‘linadi.
Umumqurilish, qurilish-montaj ishlariga, odatda, bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalarini ko‘tarishga oid ishlar kiradi. Ularning asosiylari quyidagilar: yer ishlari, ustun qoziq-qoqish ishlari, g‘isht-tosh ishlari, beton va temir-beton ishlari, qolip va armatura ishlari, konstruksiyalarni montaj qilish ishlari, duradgorlik ishlari, tom yopish ishlari, pardozlash ishlari va hokazolar bo‘lib, bular haqida batafsil keyiigi bobda so‘z yuritiladi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling