Ishlab chiqarish texnologiyalari
Qurilishni industriyalashtirish
Download 1.08 Mb.
|
11.опорный конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.7. Bino va inshootlarning tasnifi binolarning elentlari va binolarga qo‘yiladigan talablar
11.6. Qurilishni industriyalashtirish
Qurilishni industrial usulda qurish zavodlarda tayyorlab keltirilgan ayrim konstruktiv elementlar va bino hamda inshoot qismlarini montaj qilishga asoslangan. Quruvchilarning ishi bu detallardan bino va inshootlar yig‘ish-montaj qilishdan iborat bo‘ladi. Qurilishda yig‘ma elementlardan tayyorlangan konstruksiyalar qancha ko‘p ishlatilsa, qurilishning industrlashtirilish darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Qurilish materiallari va detallarini tayyorlash sanoatida yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan korxonalar juda ko‘p bo‘lib, ularda asosan, yirik o‘lchamli: yuzi 16—20 m2 keladigan yopma plitalar, devor va pardevorlar uchun yuzi 15—20 m2 gacha bo‘lgan panellar, yaxlit zina marshlari va supachalari kabi buyumlar tayyorlanadn. Ixtisoslashtirilgan korxonalarda uzluksiz prokatka qilish usulida gips-betondan yirik panel pardadevorlar ishlab chiqarilmoqda. Mamlakatimizning juda ko‘p rayonlaridagi sanoat korxonalarida silikalsit, gips va boshqa materiallardan ishlanadigan konstruksiyalarning yirik o‘lchamli elementlari tayyorlanmoqda. Konstruktiv elementlar va detallar nomenklaturasi cheklangan turar joy, jamoat va sanoat binolarini tipaviy loyihalarga binoan qurish usulini qo‘llash qurilishni industriyalashtirishning muhim shartlaridandir. Bunda qurilish industriyasi zavodlarini ma’lum tipdagi buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish mumkin bo‘ladi, korxonalarning ish unumi oshadi va mahsulot arzonga tushadi. 11.7. Bino va inshootlarning tasnifi binolarning elentlari va binolarga qo‘yiladigan talablar Kishilarning yashashi, ishlashi va boshqa faoliyati uchun mo‘ljallangan xonalardan iborat imoratlar binolar deb ataladi. Maxsus imoratlar inshootlar deb yuritiladi, inshootlarda kishilar uchun mo‘ljallangan xonalar ham bo‘lishi mumkin, lekin ular inshootning asosiy vazifasiga kirmaydi. Bunday inshootlar (masalan, ko‘prik, machta, to‘g‘on, tonnel, gaz-neft quvurlari, suv olish nnshootlari va shlyuzlar) muhandislik inshootlari deyiladi. Foydalanish maqsadlariga qarab, binolar quyidagi asosiy guruhga bo‘linadi: — uy-joy binolari — turar joy binolari, yotoqxonalar, mehmonxonalar; — jamoat binolari—davlat va jamoat muassasalari hamda tashkilotlari, o‘quv yurtlari, shuningdek, teatr binolari va shunga o‘xshash boshqa binolar; — sanoat binolari — zavod va fabrika sexlari, elektr stansiyalari, omborlarning va boshqa binolar; — qishloq xo‘jalik binolari — mollar va parrandalarny asrash, qishloq xo‘jalik mashinalari va inventarni ta’mir qilish hamda saqlash uchun foydalaniladigan binolar va hokazo. Binolar qanday maqsadda foydalanishiga va qurilish rayonining iqlim sharoitiga qarab, isitiladigan va isitilmaydigan binolarga bo‘linadi. Devor materialining turiga qarab, binolar shartli ravishda g‘ishtin, yog‘och-taxta, aralash va boshqa xil binolarga bo‘linadi. Yer ustidagi qavatlarining soniga qarab, binolar bir kavatli va ko‘p qavatli bo‘ladi; ba’zan binolarda sokol va podval qavatlari qilinadi. Truboprovod va turli muhandislik inshootlarini o‘rnatish uchun texnik qavatlar yoki pol osti texnik qavati quriladi. Ularning balandligi, odatda, normal qavat balandligidan kam bo‘ladi. Bino konstruksiyalarining uzoqqa chidamliligini oshirish uchun ular fizik, ximiyaviy, biologik va boshqa ta’sirlardan himoya kilinadi. Uzoqqa chidamliligi bo‘yicha qurilish konstruksiyalari uch darajaga bo‘linadi: birinchisi — xizmat muddati kamida 100 yil, ikkinchisi — kamida 50 yil, uchinchisi — kamida 20 yil. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling