Ishlab chiqarish texnologiyalari


Qurilishda montaj ishlari


Download 1.08 Mb.
bet52/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
11.опорный конспект

11.10. Qurilishda montaj ishlari.
Montaj ishlari qurilayotgan bino va inshootlarni zarur mashina hamda asbob-uskunalar bilan jihozlashda bajariladi. Shuningdek, bunda sanitariya-texnika hamda elektrotexnika jihozlari ham bir yo‘la montaj qilinadi. Lekin, hozir qurilishni industriyalashtirishning taraqqiyoti tufayli qurilish maydonlari borgan sari montaj maydonlariga aylana bormoqda. Bunday qurilishlarda bino yoki inshoot tayyor element va konstruksiyalardan yig‘ilmoqda.
Texnologik jihozlar, ko‘tarish-tashish vositalari, elektro-texnik, sanitariya-texnika jihozlari, stanoklar va boshqa jihozlarning montaji batamom qurib bitkazilgan qurilish binolari va inshootlarida bajariladi. Ba’zan sanoat obektlarini ishga tushirish muddatini tezlatish maqsadida ayrim jihozlar montaji qurilish ishlari bilan parallel ravishda olib boriladi.
Jihozlarni montaj qilish ishlari maxsus montaj tashkilotlari tomonidan bajariladi. Montaj ishlariga quyidagi operatsiyalar kiradi:
a) qurilishga keltirilgan jihozni ochish va uni tekshirish (holatini belgilash maqsadida);
b) mashinalarning alohida uzel va detallarini yig‘ish;
v) yig‘ilgan mashinaning uzel va qismlarini ularni joylashtirish yeriga yetkazib berish;
g) mashina va apparatlarni mo‘ljallangan joyiga o‘rnatish, mustahkamlash, muvozanatlash va ularni ish holatiga keltirish;
d) montaj qilingan mashina, apparat va boshqa jihozlarni kuchli va kuchsiz holatda ishlatib sinab ko‘rish;
ye) barcha montaj qilingan jihozlarni ish kuchli va kuchsiz holatda kompleks sinab ko‘rish;
j) sinab ko‘rilgan jihozlarni foydalanish uchun topshirish.
Murakkab va ishlab chiqarishda yangi o‘zlashtirilayotgan jihozlarni montaj qilish ishlari uni tayyorlovchi zavodlarning boshchiligida bajariladi. Bunday vaqtlarda shef-montajchilar montaj ishlari sifati va o‘rnatilgan jihozlarni foydalanishga topshirish mas’uliyatini o‘z zimmalariga oladi.
Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etishda montaj qilingan jihozlarni uzil-kesil tayyorlash va ishga tushirish ishlari montaj ishiga kirmaydi — bunday ishlarni qurilgan bino yoki inshootdan foydalanuvchi shaxslar bajaradi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling