Ishlab chiqarish texnologiyalari


Bo‘yoqchilik va boshqa pardozlash ishlari


Download 1.08 Mb.
bet54/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
11.опорный конспект

Bo‘yoqchilik va boshqa pardozlash ishlari. Bo‘yoq ishlari bino va inshootlarning ishlov berilayotgan konstruksiyalariga tashqi chiroy berish uchun, shuningdek, ularni atmosfera, olov, kislota ta’siridan himoya qilish uchun hamda ularning chirimasligi va zanglamasligi uchun bajariladi. Undan tashqari, binolarning ichki sathlari sanitariya-gigiyena maqsadlari uchun ham bo‘yaladi.
Sathlarni bo‘yash oddiy va yuqori sifatli xillarga bo‘linadi. Oddiy bo‘yash – sathlarni bir xil rangdagi oddiy suvli yoki moyli buyoklar bilan bo‘yashdan iboratdir.
Yuqori sifatli bo‘yashda turli rangdagi bo‘yoqlarni puflash orqali, valslar yoki trafaretlar yordamida bo‘yaladi. Bo‘yoqlar erituvchi xarakteriga qarab, suvli, moyli, alangaga chidamli, tez quruvchan (nitro bo‘yoqlar) va lakli xillariga bo‘linadi.
Suvli bo‘yoqlar – biror pigmentni suvda eritib hosil qilingan bo‘yoq, masalan, bo‘r yoki ohak (oq rang uchun); oxra, ultramarin va boshqa pigmentlar – rangli bo‘yoqlar uchun hosil qilingan bo‘yoq qatlamining mustaqkamligini (ishqalashga va yuvishga nisbatan) oshirish maqsadida bo‘yoqqa bo‘yoqchilik, duradgorlik yoki kazein yelimidan qo‘shiladi. Ohak eritmasiga esa bu maqsad uchun 0,5-1,0% miqdorida osh tuzi qo‘shiladi.
Yeg‘li bo‘yoqlar bo‘yoq hosil qiluvchi moddalarni (oxra, surik, belila va shu kabilar) o‘simlik moylarida — alifda ishqalab eritiladi.
So‘nggi yillarda qurilish ishlarida nitrobo‘yoklar va laklar, shuningdek, alangaga chidamli bo‘yoqlar keng qo‘llanilmoqda. Bu xildagi bo‘yoqlar qurilishga ximiyaviy zavodlardan tayyor holda keltiradi.
Turli xil sathlarni bo‘yashdagi bo‘yoqchilik ishlari, asosan, qo‘lda bajariladi. Devor, xonalar, shiplar, binolarning tunuka tomlari, fasadlarni bo‘yashda ularning sathlari bo‘yoq purkagichlar, kompressorli bo‘yash pistoletlari yordamida bo‘yaladi. Bo‘yoqlarni tayyorlashda esa bo‘yoq aralashtirgich maxsus mashinalardan foydalaniladi.
11.12. Qurilish ishlarining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
Qurilishni industrialashtirish hamda uning texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: qurilishi lozim bo‘lgan bino va inshootlar loyiha yechimlarini takomillashtirish, ularning iqtisodiy samaradorligini hamda ekspluatatsion sifatini oshirish, qurilishi lozim bo‘lgan obektlarning yig‘iluvchanligini yaxshilash, unifikatsiyalangan detallar, mahsulotlar va konstruksiyalarni zavodlardan tayyor holatga keltirishni oshirish, temir-beton, metall polimer va shunga o‘xshash boshqa xildagi yangi samarali qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ishlatishni rivojlantirish hamda ularning sifatini oshirish, qurilish ishlab chiqarishining kompleks mexanizatsiyalashtirilish darajasini oshirish, qurilishlarni yangi, yuqori unumdor va samarador asbob va mashinalar bilan jihozlash, qo‘l mehnatini yo‘q qilish setkali grafiklar va hisoblash texnikasini qo‘llash orqali qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va uni boshqarishning ilg‘or usullarini joriy etish.
Turar joy binolarining konstruktiv va hajmiy-planlashtirilishini takomillashtirish, uylarni to‘la yig‘ib qurishni yanada rivojlantirish yo‘lidan bormoqda. To‘la yig‘ib quriladigan industial uyning asosiy turi bu yirik panelli uylar bo‘lib, ularning konstruktiv yechimlari tobora takomillashtirilib borilmoqda. Tashqi devorlar keramzit-betonli, keramzit-perlit-betonli va shlak-pemza-betonli yengil, qalinligi 30 sm panellardan hamda qalinligi 25 sm bo‘lgan yacheykali betondan yasaladi. Panellarning qalinligini 25-30 sm gacha kamaytirish 1 m2 umumiy sath og‘irligini 1100 N ga kamaytiradi, 8 kg sementni, 0,2 kg po‘latni tejab qolib, qurilishning smeta qiymatini 3 so‘mga kamaytiradi. Turar joy binolarining ichki devorlaridagi armaturalarning faqat panel konturida bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda, bu esa xar 1 m2 da po‘lat sarfini 2,4 kg va smeta qiymatini 0,5 so‘mga kamaytiradi.
Qurilish ishlarini bajarish uslublari va ishlab chiqarish vositalari turlichadir. Yer ishlarini bajarish uchun turli xil yer qazish mashinalari — ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar, greyderlar va boshqalar; konstruksiyalarni montaj qilishda esa — turli xil kranlar ishlatiladi. Qish faslida betonni qotirish bug‘, elektr energiya yoki ximiyaviy qo‘shimchalar yordamida amalga oshiriladi. Ish bajarishning samarali variantini tanlab olish uchun ishlarning har biri shu ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt, mehnat va vositalar bilan xarakterlanuvchi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkich orqali baholanadi.
Ishlab chiqarishning samaradorligini belgilovchi asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagilardir:
— ish kuni bilan belgilanadigan ish vaqtining muddati; binoni qurish, qurilish ishlari, mashinalarning ishlash muddatlari;
— kishi-kun bilan ifodalanadigan ishning mehnat hajmi, umumiy sarflangan mehnat yoki alohida mehnat hajmi (bir birlik qurilish mahsuloti uchun sarflangan mehnat, masalan, 1 m2 turar joy sathi yoki 1 m3 qurilish hajmi va h. k. uchun);
— so‘m hisobida ifodalanadigan, ishlab chiqarish qiymati; ishlarning yalpi qiymati yoki bir birlik qurilish mahsulotining qiymati (masalan, 1 m3 qurilish hajmi, 1 t metallkonstruksiyani montaj qilish va h. k.).
Solishtirilayotgan variantlar xarakteriga qarab ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlari xususiy ko‘rsatkichlar (omillar) bilan to‘ldirilishi mumkin. Masalan, bir birlik mahsulot uchun sarflangan mehnat; bir ishchining bir soat yoki bir kunda bajargan ishi; ish bajarish normasining foiz hisobidagi ko‘rsatkichi; mashinalar vaqtidan foydalanish ko‘rsatkichi va hokazolar.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling