Nazorat va muhokama uchun savollar
O‘zbekiston Respublikasi sanoati iqtisodiyotida kimyoviy sanoatning o‘rni, ahamiyati va rivljlanish omillari.
Anorganik kislota (sulfat kislota, xlorid kislota)larni ishlab chiqarish, ularning xossalari va ishlatilishi.
Polimer materiallari ishlab chiqarish, sohalari va ishlatilishi.
Organik birikmalar ishlab chiqarish sanoatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
11-MAVZU. Qurilish tovarlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
Reja:
11.1. Qurilishni davlatning moddiy-texnika bazasini jadallashtirishga bo‘lgan ta’siri, qurilishning roli.
11.2. Qurilish materiallarining tasnifi va asosiy xossalari
11.3. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida ilmiy texnik-taraqqiyot va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar, qurilish materiallari uchun davlat standartlari va texnik shartlari
11.4. Qurilish ishlarini tashkil etish, qurilish ishlarini texnik-iqtisodiy asoslash
11.1. Qurilishni davlatning moddiy-texnika bazasini jadallashtirishga bo‘lgan ta’siri, qurilishning roli.
Turar joy binolari, maktablar, klublar, kasalxonalar, zavodlar, fabrikalar, to‘g‘onlar, ko‘priklar, elektr stansiyalari va ko‘pgina boshqa binolar hamda inshootlar xilma-xil qurilish materiallari va buyumlaridan quriladi. Vatanimizda qurilish industriyasiga ajratilgan mablag‘larning taxminan yarmi qurilish materiallari ishlab chiqarishga sarflanishi hisobiga olinsa, davlat iqtisodiyotida qurilish materiallarining salmog‘i qanday ekanligini yaqqol tasavvur qilish mumkin.
Qurilish materiallaridan tayyorlangan mahsulot qurilish buyumlari yoki konstruksiyalari deb ataladi, chunonchi g‘isht bloklari, temir-beton buyumlar va konstruksiyalar, yog‘och fermalar hamda boshqalar shular jumlasidandir. Hukumatimiz tomonidan qurilish materiallari, yig‘ma temir-beton konstruksiyalar va qurilish buyumlari zavodlarida tayyorlanadigan boshqa buyumlar ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan ko‘rilgan tadbirlar industrial usullarga asoslangan qurilishni joriy qilish va keng ko‘lamda taraqqiy ettirishni ta’minlaydi. Industrial usullar bino va inshootlarning ko‘pchiligini yig‘ma buyumlardan qurishni ko‘zda tutadi. Bu esa qurilishdagi texnika taraqqiyotining eng muhim shartlaridan biridir.
Respublikamiz qurilish materiallari va buyumlari sanoatining tez taraqqiy etishni ta’minlay oladigan juda boy xomashyo bazasiga ega. Lekin shu bilan birga qurilish materiallaridan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq foydalanish, ularni tejamli sarf qilish hamda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka ham katta ahamiyat beriladi. Ana shuning uchun qurilish materiallarini, ularni ishlab chiqarish texnologiyasini va ulardan yasalgan buyumlarni har taraflama o‘rganish har bir iqtisodchi uchun g‘oyat zarurdir. Shu bilan birga, iqtisodchi: materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo, xomashyoni ishlash va buyum tayyorlash jarayonini, qurilish materiallarining xossalari, ularni sinash va qabul qilish, tashish va saqlash usullarini, materiallarning qurilishda kerakli joylarda ishlatilishi va ularni tejash yo‘llarini yaxshi bilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |