Ishlab chiqarish texnologiyalari


Kimyoviy tolalar, ularning xossalari va ishlatilishi


Download 1.08 Mb.
bet33/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

10.3. Kimyoviy tolalar, ularning xossalari va ishlatilishi
XX asrning boshlariga qadar deyarli barcha tola va matolar olish uchun faqat tabiiy tolali materiallar: paxta, jun, lub, tabiiy ipak, kanop ishlatilib. kelingan. Lekin bular zamov ta­lablariga sifat va miqdor ko‘rsatkichlari jihatidan tula javob bera olmas edi. Shuning uchun sun’iy va sintetik tolalarolish usullari ishlab chiqildi. Bunday tolalar, odatda, sun’iyva sintetik tolalar deb yuritiladi.
Tabiiy tolalar yuqori molekulyar tabiiy organik moddelar­dan usimlik organlari va hayvonlar juni hamda momig‘idan, shuningdek, tut va eman ipak qurti iplaridan olinadi. Bundan tashqari, tabiiy tolalar yuqori molekulyar anorganik moddalar­dan ham (masalan, asbest) ishlab chiqariladi.
Ximiyaviy tolalar esa uz nav6atida sun’iy va sintetik bo‘ladi. Sun’iy ximiyaviy tolalar - tabiiy polimerlardan (viskoza, mis-ammiak, sellyuloza atsetatlari hamda oqsyllardan tayyorla­nadigan tolalar) ximiyaviy ishlov berish orqali olinadi. Sintetik ximiyaviy tolalar esa sintetik polimerlar (poliamid, poli­efir, poliakrilonitril, polivinilspirt, poliolefin va shu ka­bila r) dan olinadi.
Hozir 500 ga yaqin ximiyaviy tolalar ma’lum bo‘lib, ulardan 40 ga yaqini sanoat ishlab chiqarishiga joriy etilgan. Tola olish uchun ishlatiladigan polimerlar uta yuqori molekulyar, ipsimon shaklda bo‘lishi, organik erituvchilarda oson eriydi yoki qizdiril­ganda parchalanmasdan suyuqlanishi kerak.


10.4. Kauchuk va rezina ishlab chiqarish, xossalari va ishlatilishi
Rezinaning muhim xossalari quyidagilar: yuqori darajada elastiklik (cho‘zishdagi uzayishi 700...800%). titrashga juda yax­shi qarshilik kursatishi (tebranishlarni sundirishi) , ishqor, kis­lota va boshqa agressiv moddalar ta’siriga chidamli, yuqori mexanik mustahkamlikka ega (cho‘zilishdagi mustahkalik chegara­si 200...250 kg/sm). Shuningdek, rezina ishqalanishga, ko‘p marta egilishga chidamli, gaz va sun o‘tkazmaydi, yuqori dielektriklik xossasiga ega, issiqlik utkazish darajasi juda kam.
Rezinadan tayyorlangan buyumlar avtomobil, samolyotsozlik va qishloq xo‘jalik mashinalari shinalarini tayyorlashda keng ishlatiladi. Mashinasozlikda rezina harakatlanuvchi qurilmalar (tasmalar, lentalar, uzatish qurilmalari), basim xosil qilish va surish yenglari, birlashtirish shlanglari uchun ishlatiladi; rezinadan nagruzka ostida ishlaydigan osmalar, tayanchlar, bu­ferlar yoki zichlagich-salniklar, manjetlar, qistirma plas­tinkalar xamda xalqalar yoki izolyatsiyalar va shunga o‘xshash bu­yumlar tayyorlanadi.
Kauchuk. Rezinaning xossasini belgilovchi asosiy material kauchukdir. Kauchuk rezinaning 10 - 98 %ni tashkil etadi. Sanoatda tabiiy va sintetik kauchuklar ishlatiladi.
Tabiiy kauchuk - o‘simliklarda uchraydigan yuqori molekulyar to‘yinmagan uglevodoroddir. U to‘yinmagan uglevodorod izopren (S5N8)ning polimeridir, ya’ni (S5N8)n . U asosan, Braziliyadagi geniya daraxtining sutsimon shirasi - lateks va kauchukli usim­liklardan olinadi (butun dunyoda ishlatiladigan tabiiy kauchuk­ning 95%ini braziliya geniya daraxtidan, 5 %i esa boshqa lateksli daraxtlar va kauchukli o‘tlardan olinadi). Olin­gan lateks o‘sha joyning o‘zida qayta ishlanib undan xom texnik kauchuk hosil qilinadi. Tovar holidagi tabiiy kauchuk tarkibida 93...94% kauchuq 2,4...2,9% oqsil; 0,3% kul; 0,3 % qand moddalarva 2,5...3 % smola bo‘ladi. Indoneziya, Malayziya, Shri Lanka va Vetnamda tabiiy kauchuk ko‘p ishlab chiqariladi. Bizning vatanimizda tabiiy kauchuk ishlab chiqaril­maydi (umuman dunyo buyicha tabiiy kauchuk resurslari uncha ko‘pemas) .

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling