Ishlab chiqarish texnologiyalari


Download 1.08 Mb.
bet32/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Bog'liq
11.опорный конспект

Plastik massalar. Asosiy komponenti sintetik polimer bo‘lgan materiallar plastik massalar (plastmassalar) deyiladi.
Plastik massalar tarkibi jihatidan oddiy va kompozitsion bo‘lishi mumkin.
Oddiy plastmassalar faqat polimerning uzidan iborat bo‘ladi, masalan, polietilen, polistirol va boshqalar. Kompozitsion plastmassalar esa ko‘p komponentli bo‘ladi, ularda polimerdan tashqari, to‘ldirgichlar, plastifikatorlar, buyoqlar armirlovchi elementlar stabilizatorlar ham bo‘ladi.
To‘ldirgichlar - tarkibi jihatidan organik va anorganik, strukturasi jihatdan esa tolali va donador (ba’zan kukunsi­mon) bo‘lishi mumkin. Odatda, to‘ldirgichlar sifatida yog‘och ku­kuni, yog‘och sellyulozasi, yog‘och shponi (yupqa taxtalar), paxta taramlari, ip-gazlama, sintetik tolalardan tuqilgan mato, asbest tolasi va tuqimasi, shisha tolasi, shisha tolasidan to‘qilgan ma­ta, qisqa tolali asbest, kaolin, slyuda, kvars kukuni, talk, ohak va boshqalar ishlatiladi. Plastmassalar tarkibiga kirgan to‘ldirgichlar ularning xossalarini yaxshilaydi, bundan tashqari nisbatan arzon bo‘lgani uchun ulardan tayyorlangan buyumlarni ar­zonlashtiriladi.
Armirlovchi elementlar mustahkam tolalar (tabiiy va sintetik), pulat simlar, tuqilgan matolar sifatida ishlab chiqari­layotgan plastmassalar skeleti bo‘ylab joylashtirilib, ular buyumlarning asosan mustahkamlik xossalarini oshiradi. Bunday plastmassa buyumlar armirlangan plastmassalar deb ataladi (masalan, avtomobil shinalari, po‘lat simlar, mustahkam kord iplari bilan, qurilish materiali linoleum esa, qanop to‘qima­lari bilan armirlanadi).
Hozir sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan eng muhim polimerlar hamda ular asosida olingan plastmassalarning asosiy xossalari va ularning ishlatilish sohalari haqida qisqacha ma’­lumot 9.3- jadvalda keltirilgan.


10.2. Organik birikmalar ishlab chiqarish sanoatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Organik birikmalar ishlab chiqarish canoatining muhim texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari quyidagi omillar orqali xarakterlanadi:
1) xarajat koeffitsentlari va olingan mahsulot miqdori;
2) mahsulot sifati;
3) asbob – uskunalarning unumdorligi va quvvati;
4) asbob – uskunalar yoki jarayonlarning tezligi;
5) mehnat unumdorligi;
6) mahsulot tannarxi;
Bu ko‘rsatkichlar boshqa maxsus fanlarda kengaytirilgan holda o‘tiladi. Shuning uchun biz bu yerda mazkur ko‘rsatkichlar haqida asosiy tushunchalar berib o‘tamiz.
Mehnat unumdorligini oshirishning asosi texnika taraqqiyoti, ishchi va xizmatchilarning malakasi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ilg‘or tajribalarni keng tarqatishdan iborat.
Mahsulotning tannarxi – ishlab chiqarish jarayoni davomida bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo‘ladigan pul hisobidagi hamma xarajat shu mahsulotning tannarxini belgilaydi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling