Ishlab chiqarish texnologiyalari
Noto‘qima materiallarni olinishi
Download 1.08 Mb.
|
11.опорный конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.6. Noto‘qima materiallar ishlab chiqarish sanoatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va ilmiy texnik-taraqqiyot.
Noto‘qima materiallarni olinishi
Noto‘qima materiallarning asosi tkurli tolalardan tayyorlanadi. Ular tabiiy yoki kimyoviy tolalar bo‘lishi mumkin. Noto‘qima materiallarni ishlab chiqarishining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyati shundaki, bu usulda past sifatli xom ashyolar, ishlab chiqarish chiqindilari, kalta tolalar (3 mm gacha bo‘lgan) xom ashyo sifatida ishlatiladi. Tolali xom ashyoni tayyorlashdan maqsad bir tarkibli tola aralashmasini hosil qilishdan iborat. Tolani tayyorlash jarayonida tola titiladi va natijada u o‘simlik va mineral qo‘imchalardan tozalanadi. Komponentlar tanlanib, ulardan zarur bo‘lgan sifatdagi bir xil aralashma hosil qilinadi. Noto‘qima materiallarni olish uchun tolali xolstni tayyorlab olish kerak, ularda tola bog‘lovchi kuchlar orqali ushlanib turiladi. Xolstni shakllantirishning quyidagi usullari mavjud: mexanik, aerodinamik, elektrostastistik va gidravlik usullari mavjud. Yelimlash usulida noto‘qima materiallarni olishning ikki varianti mavjud, ya’ni tolani quruq va ho‘l usul yordamida amalga oshiriladi. Birinchi usulda quruq bog‘lovchi materiallardan, ya’ni termoplastik shtapel tolalari va iplaridan (atsetat, polimvinel xlorid) kukunlar, plenkalar ishlatiladi. Ularning erish temperaturasi asosiy tolalning erish temperaturasidan ancha past bo‘ladi. Ho‘l usulda yelimlashda suyuq bog‘lovchi moddalr ishlatilib, ular polimerlarning suyuq dispersiyasi sifatida bo‘ladi. Ularga polivinel spirti ksantogenat sellyulozasi va boshqalar ishlatiladi. Bog‘lovchi moddalarning qotishi natijasida tolalar orasida bog‘lanish hosil bo‘ladi. 9.6. Noto‘qima materiallar ishlab chiqarish sanoatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va ilmiy texnik-taraqqiyot. Noto‘qima materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi yangi texnologiyalarga asoslangan bo‘lib, ko‘p mehnat sarf qilinadigan jarayonlarni kamaytirishga olib keladi. Bu yo‘l bilan yigirish, to‘qishjarayoniga sarflanadigan xarajatlarini anchaga qisqartirish mumkin. Mehnat unumdorligini oshirish, jarayonlarni avtomatlashtirish va arzon xom ashyolardan foydalanish imkoniyatini beradi. YA’ni bu usulda to‘qimachilik sanoati chiqindailari va ikkilamchi xom ashyolardan mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish mumkin. Gazlamalar ishlab chiqarishning klassik usullariga nisbatan noto‘qima materiallari ishlab chiqarish usuli bir qator afzalliklarga ega. Bu usulda mehnat unumdorligi 1,5-5 martagacha oshirishga erishish mumkin. Ilab chiqarish maydonining 1 m2 joydan olinadigan mahsulot miqdorini 1,3-3 martagacha oshirish mumkin. Texnologik sikldagi jarayonlarni 12-13 dan 4-5 martagacha qisqartirish mumkin. To‘qimachilik noto‘qima materiallarining tannarxini o‘rtacha 32%ga kamaytirsh mumkin hamda bu yo‘l bilan arzon xom ashyolardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin (ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy tolalar). Hozirda sanoat miqyosida turli xildagi maishiy va texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan noto‘qima materiallar ishlab chiqarilmoqda. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling