Nazorat va muhokama uchun savollar
O‘zbekiston yengil sanoatining asosiy tarmoqlari va rivojlanish omillari.
To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan xom ashyolar, to‘qimachilik tolalari, tasnifi, tuzilishi va texnologik xossalari.
Chigitli paxtaga dastlabki ishlov berish (quritish, tozalash, tola ajratish operatsiyalari). Paxta zavodida Fan-texnika taraqqiyoti va paxta zavodining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
Paxta va kimyoviy tolalarni yigirish sistemalari (kard, apparat, qayta tarash)
Kalava ipni to‘qishga tayyorlash, to‘qimachilik, gazlamalarni pardozlash
Yigirish va to‘qish sexlarida Fan-texnika taraqqiyoti va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
10-MAVZU. Polimerlar va plastmassa tovarlarini ishlab chiqarish texnologiyalari
Reja:
10.1. Polimerlar va palstmassa tovarlarini ishlab chiqarish
10.2. Organik birikmalar ishlab chiqarish sanoatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
10.3. Kimyoviy tolalar, ularning xossalari va ishlatilishi
10.4. Kauchuk va rezina ishlab chiqarish, xossalari va ishlatilishi
10.5. Kauchuk va rezina ishlab chiqarish sanoatining samaradorligini oshirish yo‘llari
10.1. Polimerlar va plastmassa tovarlarini ishlab chiqarish
P o l i m ye r l a r - plastik massalar, sintetik tolalar, kauchuk va rezinalar, himoya qoplamalar, ion almashinuvchi smolalar, sintetik yelimlar, shimdiriladigan moddalar - bularning hammasi turmush, texnika, qurilish, qishloq xo‘jaligi va meditsinada keng qullaniladi.
Polimer molekulalari - gigantlardan, makromolekulalardan tuzilgan bo‘lib, bu moddalar umumiy nom bilan yuqoru molekulyar birikmalar deb ataladi.
Polimerlar elastik yoki qattiq, tiniq yoki nur o‘tkazmaydigan, ximiyaviy, biologik va boshqa agressiv ta’sirlarga chidamli, korroziyabardosh, oson qayta ishlanadigan, bo‘yaladigan bo‘ladi. Shuning uchun polimerlar va udar asosida ishlab chiqarilgan plastmassa mahsulotlari iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida juda keng qullanilmoqda. Hozir iqtisodiyotning polimer materiallari ishlatilmaydigan sohasini topish qiyin. Bundan tashqari, polimerlar ishlatilganda har doim yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishiladi. Masalan, plastmassadzn tayyorlangan detallar, mustahkamligi bir xil bo‘lgan holda, metallardan yasalgan, detallarga qaraganda ancha yengil bo‘ladi (masalan, 1000 m uzunlikdagi vodoprovod trubasi tayyorlashga plastmassadan 250 kg, metalldan esa 2 t ketadi). Bu narsa plastmassa detallar ishlatiladigan mashina va buyumlar kontruksiyasini yengillashtirishga, ularni remont qilishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga, xizmat qilish muddati va mustahkamligini oshirishga imkon beradi. Bundan tashqari, plastmassalardan detallar tayyorlashga metallardan tayyorlashdagiga qaraganda 7-10 marta kam mehnat sarflanadi.
Qizdirganda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga qarab polimerlar uch guruhga: termoreaktiv, termoplastik va termostabil polimerlarga bo‘linadi.
Termoreaktiv nolumerlar qizdirilganda qovushoq-oquvchan xolatga o‘tadi, sungra o‘sha temperaturaning o‘zida ximiyaviy uzaro ta’sir natijasida qotib, erimaydigan bo‘lib qoladi.
Termoplastik polimerlar temperatura ta’sirida o‘z xossalarini yo‘qotmaydi: qizdirilganda plastik bo‘lib qoladi, sovitilganda esa yana elastik-qattiq holatga qaytadi, erish xususiyati ham o‘zgarmaydi.
Termostabil polimerlar qizdirilganda o‘z fizik-mexanik hossalarini termik parchalanish temperaturasigacha saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |