Plastmassa materiali turlari Termoreaktiv plastmassalarning asosiy turlari
Download 213.78 Kb.
|
Plastmassa materiali turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolalar bilan toldirilgan qatlamli plastmassalar
- SHisha tekstolitlar
Plastmassa materiali turlari Termoreaktiv plastmassalarning asosiy turlari. Avtomobil detallarini tayyorlash va ta‘mirlashda ishlatiladigan ko’pgina plastmassalar termoreaktivdir. Ular yelimlash xossalari, issiqqa va kimyoviy tag‘sirga chidamliligi yuqoriligi, uzilishga mustahkamligi yetarli darajada bo‘lishi kerak bo‘lgan turli smolalar asosida olinadi. Smolalarga (bog‘lovchi moddalarga) tuldiruvchilar, qotiruvchilar, plastikligini oshiruvchi birikmalar (plastifikatorlar) qo‘shiladi. Bog‘lovchi moddalar va tuldiruvchilarning issiqdan kengayish koeffitsenlari taxminan bir xil bo‘lishi zarur. Faqat shundagina mexanik xossalarga ega bo‘lgan material olish mumkin. Îdatda plastmassalar 120-150 oS gacha haroratda ishlay oladi. Agar bog‘lovchi modda sifatida kremniyorganik smolalar ishlatilsa, termoreaktiv plastmassalar uzoq muddat 300-350 oS haroratga, hatto 400 oS haroratgacha (qisqa vaqt) chidash berishi mumkin. Tolalar bilan toldirilgan qatlamli plastmassalar. Ular anchagina nagruzka tushadigan konstruktsiyalarni tayyorlashda ishlatiladi. qatlam-qatlam qilib yotqizilgan tuldirgich listlari ularning mustahkamligi va egiluvchanligini oshiradi. qatlamli plastmassalar, listlar plitalar, trubalar kurinishida chiqariladi. Ularning massasi katta bo‘lmagani o‘zida mustahkamligi yuqori bo‘lgani uchun texnikada keng ishlatiladi. Kelgusida bu plastmassalardan avtraktorlarning qopqoqlar, panellar, kabina va kapotlar, Yoqilg‘i baklari, suv radiatorining kollektorlari kabi yirik gabaritli yupqa devorli detallar tayyorlanishi mumkin, chunki ularning mustahkamligi metall buyumlarniki bilan bir xil, lekin tannarxi uch-etti marta arzon. SHisha tekstolitlar yuqori bikrlik va mustahkamlikka ega bo‘lgan plastmassalardir. Ularda tuldiruvchi sifatida shisha tola ishlatiladi. Epoksid smolalar asosida olingan shisha tekstolitlarning mexanik xossalari eng yaxshi. Ulardan tayyorlangan detallarning mustahkamligi pulat detallarnikidan qolishmaydi, lekin ulardan uch marta yengil bo‘ladi. SHisha buz epoksid va poliefir smolalar asosida olingan shisha tekstolitlar yirik kuzov detallarini tayyorlashda ishlatiladi. Yuqori haroratda (suvda 120 oS gacha, dizel yoqilg‘isida 80 oS gacha) va past haroratda (-60 oS gacha) uz xossalarini uzgartirmaydi. SHisha tekstolitdan tayyorlangan suv radiatorlarining kollektorlarida chukindi (o‘trindi) hosil bo‘lmaydi, material elastik deformatsiyalanishi tufayli suv muzlaganda ham detallar yorilmaydi. Download 213.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling