Ishlab chiqarish texnologiyalari


Qurilishda tashish va ortish-tushirish ishlari


Download 1.08 Mb.
bet50/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
11.опорный конспект

11.8. Qurilishda tashish va ortish-tushirish ishlari
Har bir qurilish obektiga ko‘plab qurilish materiallari va jihozlari keltiriladi. Qurilish qiymatini va mehnat xarajatlarini tahlil qilinganda, ba’zan transport hamda ortish tushirishdagi mehnat hajmi va qiymati qurilishnnng umumiy mehnat hajmi va qiymatining 40—50% ini tashkil etadi. Shuning uchun tashish va u bilan bog‘liq bo‘lgan ortish-tushirish ishlarini ratsional tashkil etish qurilish ishlarini tezlatishda va uni arzonlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Qurilishda foydalaniladigan transport tashqi va ichki transportga bo‘linadi.
Tashqi transport bilan qurilish maydonchasidan ancha uzoqda joylashgan ishlab chiqarish korxonalaridan material va buyumlar tashib keltiriladi.
Ichki transport bilan qurilish maydonchasidagi ichki yuklar, ya’ni qurilish qurilmalari va omborlaridagi buyumlar qurilayotgan binoga yetkazib berib turiladi.
Tashish transportining turi tashish yo‘lining masofasiga, yuk xarakteriga, qurilish muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Bazalardan yuklarni tashishda asosan ikki xil: relsli va relssiz transport turlaridan foydalaniladi.
Hozirgi zamon qurilishida, asosan, avtomobil transportidan keng foydalaniladi, chunki bu xil transport qurilish obektiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bora oladi va ortiqcha ortish-tushirish ishlari sarflanmaydi. Bundan tashqari, bu transport turining tezligi katta va turli xil yo‘llardan yura oladi. Hozir ishlatilayotgan avtomobillar — bortli, samosval, sementovoz, panelovoz, trubovozlardan iborat bo‘lib 1,5 tdan 40 tgacha yuk ko‘tara oladi. Qurilishda ishlatiladigan avtomobillarning yuk tashish masofasi 1,5 km dan kam bo‘lmasligi kerak. 1,5 kmdan kam masofalarda va yo‘lsiz yerlarda yuk traktorlar va turli xil pritseplar yordamida tashiladi.
Yuklarni temir yo‘l transporti orqali tashishda keng izli va tor izli temir yo‘llardan foydalaniladi. Buning uchun turli konstruksiyali platformalar ishlatiladi. Tor izli temir yo‘llarida ko‘proq motovozlar va elektrovozlar qo‘llaniladi.
Tuproq, qum, tosh, shag‘al va shu kabi materiallarni yuklashda bir kovshli ekskavatorlar hamda kovshlari katta sig‘imli qo‘zg‘aluvchan yuklagichlar keng ishlatiladi. Bu materiallarni temir yo‘l platformalaridan tushirishda osma jihozli traktorlardan foydalaniladi.
Qurilishlarda ortish-tushirish vositalarining turi, har bir konkret holda qurilishning mexanik imkoniyatlarini hisobga olgan holda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini e’tiborga olgan holda tanlanadi. Qurilishda ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish ishchilar sonining kamayishiga, transport vositalarining bekor turish vaqtini kamaytirishga va tashish qiymatini kamaytirishga olib keladi.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling