Ishlab chiqarish texnologiyalari


Qurilishda yer, g‘isht-tosh va beton ishlari


Download 1.08 Mb.
bet51/55
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1468510
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
11.опорный конспект

10.9. Qurilishda yer, g‘isht-tosh va beton ishlari
YE r i sh l a r i. Barcha turdagi binolarni va inshootlarni qurishda doimo yer ishlari bajariladi. Yer ishlari ko‘p mehnat talab qiladigan ishlardan bo‘lib, ba’zi bir qurilishlarda ularning hajmi umumiy mehnat sarfining 15% ini tashkil qiladi. Ba’zi yirik gidrotexnik va gidroenergetik inshootlar, irrigatsion va melioratsion sistemalar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari qurilishida esa yer ishlari asosiy ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Fuqaro va sanoat binolari hamda inshootlar qurilishida yer ishlariga: maydonchani tekislash; bino yoki inshootning podval va poydevorlari uchun kotlovan yoki transheya qazish; vodoprovod, kanalizatsiya, gazoprovod, kabel va boshqa tarmoqlarni o‘tkazish uchun transheya qazish; tuproqli zaminni, qayta to‘kilgan gruntni shibbalash; ortiqcha tuproqni qurilish obektidan maxsus yerlarga olib borib tashlash va hokazolar kiradi.
Qurilishda yer ishlari kuyidagi asosiy operatsiyalardan iborat: gruntni yumshatish, qazib olish, tashish (ortish, tashish, to‘kish), ko‘tarmaga to‘kish yoki yotqizish. Bu ishlarni bajarishda mehnat hajmi, mashina hajmi va mo‘ljallanilgan yer ishlarining qiymati gruntning xarakteriga, gidrogeologik sharoitga va bu ishlarni bajarish usullariga bog‘liqdir.
Beton va temir-beton konstruksiyalar hamda inshootlarning sifatini tekshirish
Beton konstruksiyasining loyihadagi mustahkamligini ta’minlash uchun qorishma qolipga quyilgandan keyin uning qotish jarayoni normal sharoitda borishi (muhitning haroratsi 15— 20 °S, namligi esa 80—100% bo‘lishi) kerak. Beton konstruksiyasining notekis qurishi natijasida mayda darzlar, uvalanish singari nuqsonlar hosil bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish uchun birinchi kundan boshlab konstruksiya sirtida nam hosil qilish kerak. Ayniqsa, O‘rta Osiyo sharoitida beton konstruksiyalarni namlab turish juda zarur.
Oddiy portlandsementli betonning turli sharoitlarda qotishining uning siqilishdagi mustahkamligiga ta’siri 1-jadvalda keltirilgan.
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni tashish yoki montaj qilish uchun uning mustahkamligi loyihada belgilanganidan 70% kam bo‘lmasligi kerak.
Oddiy sharoitda beton konstruksiya bunday mustahkamlikka 7 kundan keyin erishadi. Bu esa juda ko‘p miqdorda qoliplar va katta ishlab chiqarish maydonini talab etadi, bundan tashqari ish unumi juda past bo‘ladi.
Inshootdagi betonning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash uchun beton aralashma tayyorlash va yotqizish paytida uning tarkibini va yoyiluvchanligini muntazam tekshirib turish kerak. Beton konstruksiyalar ko‘tariladigan har bir qurilishda beton ishlariga oid alohida jurnal tutiladi. Jurnaldagi yozuvlarga qarab, ishlar texnik jihatdan qanchalik to‘g‘ri bajarilganligi tekshirilib turiladi. Shu bilan birga betonlash paytida qolip va armaturanning holati uzluksiz kuzatib boriladi. Qolipdagi nuqsonlar va armaturaning surilganligi sezilsa, sement qotmay turib, bu nuqsonlar darhol tuzatilishi kerak.
Qoliplar ajratib olingandan keyin beton tashqi tomondan ko‘zdan kechiriladi, betonning ichida g‘ovak joylar bor-yo‘qligi, armaturalar ochilib qolmaganligi, yirik toshlar ko‘rinib turmaganligi va oq dog‘lar bor-yo‘qligi (suv kamroq sepilganda oq dog‘ hosil bo‘ladi) aniqlanadi.
Beton konstruksiyaning ma’lum qismini buzmasdan ham uning puxtaligini taxminiy topish mumkin. Buning uchun impulsli ultratovush usuli va radiometrik usul qo‘llaniladi. Keyingi vaqtlarda ultratovushli defektoskop nomli apparat yordamida beton tanasidagi kamchiliklarni topish usuli ham qo‘llanilmoqda.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling