Ishlab chiqarish texnologiyalari
Download 1.08 Mb.
|
11.опорный конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekis suvoq.
11.11. Pardozlash ishlari
Qurib bitkazilgan turar-joy binolari, inshootlar va korxonalarda foydalanishga topshirilishidan oldin, albatta, pardozlash ishlari bajariladi. Pardozlash ishlariga suvoqchilik hamda bo‘yoqchilik ishlari kiradi. Suvoqchilik. Suvoqchilik ishlari binolarning tashqi va ichki devorlarini, xona shiplarini, deraza va eshik raxlarini pardozlash uchun bajariladi. Suvoq o‘z vazifasiga ko‘ra: 1) nam va suv o‘tkazmaydigan, 2)arxitektura jihatidan inshootni bezaydigan, 3) tashqi ta’sirlardan (yomg‘ir, qor, shamoldan) saqlaydigan suvoqlarga va ishlatilishidagi holati bo‘yicha ho‘l suvoq va quruq suvoqqa bo‘linadi. Ho‘l suvoq deb konstruksiya yuzasini suyuq yoki quruq qorishma bilan suvashga aytiladi. Bunda qorishma sement, alebastr, ohak kabi qurilish materiallaridan tayyorlanadi. Suvoq qavatining qotishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri devor sathida sodir bo‘ladi. Ho‘l suvoq ma’lum qatlamda suvaladi va xarsang toshli devor suvog‘ining qalinligi 10 dan 20 mm gacha, g‘isht devor suvog‘ining qalinligi 10 dan 15 mm gacha, chetan (rezgi reyka) qoqilgan devor suvog‘ining qalinligi 20 dan 25 mm gacha bo‘ladi. Quruq suvoq deb konstruksiya yuzasiga mahkamlanadigan qoplamalarga aytiladi. Quruq suvoq katta karton listlari (qog‘oz kartonlar orasiga gips qatlami presslangan bo‘ladi), gipsli plita, poxol yoki somon aralashtirib presslangan plita, yog‘och tolali plita, presslangan payraxa aralash gipsli plita va hokazolardan iborat. Ho‘l suvoq o‘zining toza va sifatli pardozlashiga qarab; oddiy tekis (gaz cho‘p bilan suvaladigan) va yuqori sifatli (nishonlar bo‘yicha suvaladigan) suvoqlarga bo‘linadi. Oddiy suvoq. Bunday suvoq andava bilan suvaladi. Andava o‘lchamlari kichik bo‘lgani uchun suvalgan sath uncha tekis chiqmaydi. Bunday suvoq korxona, omborxona shuningdek, vaqtincha qo‘rilgan bino va sanoat inshootlarini suvashda qo‘llaniladi. Tekis suvoq. Bu suvoq gazcho‘p bilan bajarilgani uchun sifatliroq chiqadi. Undan turar joy va jamoat binolarini, koridorlarni, o‘quv xonalari va boshqa xil xonalarni pardozlashda foydalaniladi. Yuqori sifatli suvoq. Bunda mayaklar, ya’ni nishonlar bo‘yicha suvaladi. Bunday suvoq, asosan, devor va shiplarning kat’iy vertikal va gorizontal bo‘lishi talab etilgan hollarda, chunonchi, teatrlar, turar joy binolari, klublar, madaniyat saroylari, muzeylar, kinoteatrlar, sanatoriylar, vistavka zallari va turli binolarnning fasadlarini pardozlashda qo‘llaniladi. Suvash ishlarini yaxshi sifatli bajarish, ish unumini oshirishi va ish muddatini qisqartirish maqsadida turli mashinalardan foydalaniladi - qorishma tayyorlash, uni tashish va chaplash, yuzalarni suvashga tayyorlash va shu kabi boshqa sermehnat ishlar mashinalar yordamida bajariladi. Biroq hozirgi vaqtda suvoq ishlarini batamom mexanizatsiyalashtirishga erishilmagan. Masalan, rezgi taxta, reyka qoqish, qorishmani tekislash va nishonlar o‘rnatish, yuqori sifatli suvoqni ishqalash kabi ishlar qo‘lda bajariladi. Quruq usulda suvashdagi ishlarning deyarli barchasi mexanizatsiyalashtirilmagan. Maxsus zavodlarda tayyorlangan blok va panellardan kurilgan binolarning ichki va tashqi devorlari suvalmaydi. Bunday binolarning ichki devorlari uning yuklari to‘ldirilgandan so‘ng moylanadi yoki gul qog‘oz yopishtiriladi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling